SHaxsni maqsadga erishishning turli yo‘llarini qidirish, so‘ngra eng yaxshisini tanlashga .
Ularni etarli miqdorda qo‘llanmalar va mashqlar to‘plamlari bilan, ijodiy ko‘nikmalarni ishlatish va mashq qildirish uchun ta’minlash.
Zarur savollarni berishga va muammoning mavjudligini aniqlashga o‘rgatish.
Bo‘lajak mutaxassislarni har qanday sezgilar va emotsiyalarni fikrlashning muhim tashkil etuvchilari deb qarashga o‘rgatish.
SHaxsni eng aavalo ijodiy jarayonning o‘zidan qoniqish hosil qilayotganlarini kuzatayotib, original va foydali g‘oyalarini rag‘batlantirish. Insonni o‘z g‘oyalarini qadrlashini anglab etishlariga yordamlashish.
SHaxsga nisbatan nostandart vaziyatlarda echimlarni izlashni taklif qilish. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda izchillikni namoyon bo‘lishi muhimligini isbotlash.
SHaxsda echimlarni izlashning taxminiy rejasini tuzishni taklif qilish.
Haddan tashqari tez yorliq yopishtirishdan, masalani oldindan ma’lum masalalar toifasiga kiritishdan va shoshilib qaror qabul qilishdan qochish. CHunki, bu asosiy muammodan og‘ishlarga va fikrlash egiluvchanligining yo‘qolishiga olibkeladi.
SHaxs fikrlashidagi muhim elementlari sifatida sezgi va emotsiyalarni boshqarishga diqqatni qaratish.
G‘oyalar generatsiyalash uchun hamda ularni ob’ektiv va ratsional tashlash uchun sharoit yaratish.
“Bo‘lishi mumkin” va “Bo‘lishi kerak” iboralarini farqlagan holda, keskin fikrlash kerak.
SHaxsda uzluksiz alternativ izlanishga, yangi yondashuvlarga va yangi g‘oyalarga moyillikni shakllantirish.
Bundan tashqari, ijodiy yondashuvning yangi g‘oyalarni qabul qilish va mustahkamlanish jarayonini engillashtirishga yordam beruvchi bir nechta asosiy qoidalarga ham amal qilish lozim.