• KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
  • Mahsulotning kreativlik elementlari




    Download 199,17 Kb.
    bet19/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)

    2. Mahsulotning kreativlik elementlari.
    Shaxsning ijodiy fikrlay olish qobiliyatining eng keng tarqalgan
    koʻrsatkichi – bu ko‘pincha gʻoyaviy sermahsullik deb ataladigan, inson
    ishlab chiqishga qodir bo‘lgan g‘oyalar miqdoridir. Darhaqiqat, gʻoyaviy
    sermahsullik shaxsning ijodiy faollikka moyilligini aniqlashda eng koʻp
    ishlatilgan oʻlchamdir.

    Gʻoya ishlab chiqishni baholayotganda yaqqol farq qiladigan toifalar


    doirasida berilgan gʻoyalar ayni toifa doirasidagi gʻoyalardan yuqoriroq
    baholanishi kerak (Guilford, 1956 [46]). Masalan, vazifada bir parcha
    qogʻozdan foydalanishning ehtimoliy variantlari soʻralganda, «yozish,
    truba yasash, qogʻoz samolyotini yasash, izolatsiyalovchi modda sifatida
    ishlatish» deb javob bergan o‘quvchi «yozish, chizish, printerdan chiqarish»
    (yaʼni, bularning barchasi ayni, «qogʻoz tasvir sifatida», toifasida) deb
    javob bergan o‘quvchiga qaraganda gʻoya berish koʻnikmasining yuqoriroq
    darajasini namoyish qiladi.

    Kreativ fikrlash testining turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihati


    o‘quvchilarning turli sohalar uzra qayishqoqlik bilan fikrlash qobiliyatiga
    diqqatni tortadi: masalan, muammoga turli yechim topish, hikoya uchun
    turli gʻoyalar berish yoki gʻoyani turli usulda ifoda etish orqali. Ushbu
    jihatga aloqador vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq ssenariy taqdim etiladi,
    ulardan bir-biridan farqli ikki yoki uchta javob berish soʻraladi. Shuni
    taʼkidlash lozimki, o‘quvchi bergan gʻoyalarning turfaligini baholash
    javoblar muayyan vazifaga mosligiga bogʻliq boʻladi.

    KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
    Kreativ fikrlash niyat bilan boshlanadi va joʻyali mahsulot yoki

    gʻoya bilan tugaydi. Kreativlik borasidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar


    orasidagi tafovutlarga qaramay, umuman olganda ilmiy adabiyot ijodiy
    mahsulot ham yangicha, ham foydali ekanligi masalasida yakdildir.
    Lekin kreativ gʻoyalarni baholashdagi ushbu «foydali va yangicha»
    mezon izohtalabdir. Birinchidan, adabiyotda «yangicha» deganda butkul
    yangi narsani anglatadimi yoki faqatgina aʼlosinimi, ijodiy mahsulot
    faqatgina ijodkor uchun yangi boʻlishi kerakmi yoki butun jamiyat uchunmi
    degan noaniqliklar mavjud (Batey va Furnham, 2006 [115]). 15 yoshlilarning
    gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiyqabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholashnooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga
    olinadigan yangilikni baholashning «originallik»mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydalikonsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan
    «statistik nomuntazamlik» deb taʼriflanganushbu mezon oʻz ichiga yangilik, noodatiylik,muddatlilik sifatlarini qamrab oladi va joriypopulatsiya ichida kuzatilgan muntazamliklardan ogʻishga aytiladi.
    Ikkinchidan, kreativ gʻoyalarning «foydali va yangicha» taʼrifi bar cha

    domenlarga birdek tegishliligi masalasi ham mavjud. Yangilik talabi baʼzi


    ilmiy faoliyatlarga kamroq tegishli boʻlishi mumkin. Xuddi foydalilik ta labi
    sanʼatdagi ijodiy faollikning asosiy talabi boʻlmaganidek, ilmiy faoliyatlarda ham samara va tatbiq etish imkoniyati hamda bilimni rivojlantirish
    borasidagi muvaffaqiyat yangilikdan qadrliroq boʻlishi mumkin (Batey
    va Furnham, 2006 [117]). Bu tafovutlar test vazifalarini tuzayotganda
    inobatga olinishi zarur: masalan, original boʻlmagan javoblar eng maʼqul
    variant boʻlib turganda, yangicha (original) ilmiy yechim qidirishning
    ahamiyatini oʻquvchilarga ochiq-oydin tushuntirib berish muhim.
    PISA testining kreativ gʻoyani ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning
    turli sohalar bo‘yicha munosib hamda original gʻoyalarni topish (masalan,
    original hikoya gʻoyasi, gʻoyani oʻziga xos usulda vizual ifodalash, ilmiy
    yoki ijtimoiy muammoning oʻziga xos yechimi) qobiliyatiga e’tibor qaratadi.orallik tamaliBoshqacha aytganda, o‘quvchilar oldiga boshqa insonlar, hattoki oʻylab
    koʻrmagan munosib yechimni taqdim etish vazifasi qoʻyiladi. Munosiblik
    mezoni javob vazifaning asosiy talablariga mos boʻlishi vazifa cheklovlariga
    (mavjud boʻlsa) rioya etishi hamda minimal tarzda foydalilikning aks etishi
    kerak degani. Ushbu jihatga oid vazifalarda, talabalarga ochiq ssenariy
    beriladi va ular birmuncha batafsil shaklda yangicha gʻoyani taqdim etishi
    lozim.


    YOʻquvchi berilgan shaklga(ma salan, rasm, karikaturayoki surat) turfa sarlavhalaryozadi, bu oʻsha shaklning
    turlicha izohini anglatadi.





    Download 199,17 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




    Download 199,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotning kreativlik elementlari

    Download 199,17 Kb.