O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
17-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.03.2023
SINFDAN TASHQARI DARSLARDA BADIIY ASARLARNING O‘RGANILISHI
Rashidova Aziza Xo'jamberdi qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish, layoqatlarini shakllantirish, ta’limning eng dolzarb
masalalarini e’tirof etish, o’quvchilarda sinfdan tashqari mashg’ulotlar ko’nikmasini
shakllantirish, mazkur maqolaning mazmuni hisoblanadi.
Kalit so’zlar: metodlar, intonatsiya, ifodali o‘qitish uslubi, saviya.
Adabiyot o‘qitishda ma’ruza, suhbat, ijodiy o‘qish, reproduktiv, evristik, tadqiqot,
ekskursiya, mustaqil ish metodlaridan keng foydalaniladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro aloqasi xususiyatiga ko‘ra ko‘rgazmali
tushuntirish, ijodiy o‘qish, reproduktiv va tadqiqot metodlariga taqsimlanadi. Tabiiyki,
bu metodlarning barchasi alohida-alohida, sof holda qo‘llanilmaydi. Mustaqil o‘qishni
tashkil etishda ulardan kompleks foydalanib kelinishi tabiiy zaruratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ko‘p yillik pedagogik faoliyatimiz davomida
o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish murakkab jarayon bo‘lib,
asar janri, tavsif
uslubi, yozuvchi nuqtai nazari bilan bog‘liq usullarni qo‘llash
ijobiy samara beradi,
degan xulosaga keldik.
O‘qituvchining ifodali o‘qishi o‘quvchilar faoliyatida o‘z aksini topishi uchun
quyidagi usullarni qo‘llash samarali hisoblanadi: – audio
va video yozuvlar orqali
yozuvchi yoki badiiy so‘z ustalari tomonidan o‘qilgan badiiy matnni tinglash; (Zulfiya,
E.Vohidov, A.Oripov, O.Hojieva, O.Matjon, M.Yusuf, S.Sayyid, F.Afro‘z, E.Shukurlarning
radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda o‘qigan she’rlaridan foydalanish mumkin).
146
– o‘zaro bog‘liq matnlarda nutqning to‘g‘ri ohangini ishlab chiqish (intonatsiya,
marom, pauzalarni o‘z o‘rniga qo‘yish, mantiqiy urg‘ularni aniqlash);
– ko‘chirmalar, maqollar, matallar, aforizmlarni yoddan ifodali o‘qishga o‘rgatish;
(televidenie orqali ko‘rsatuvlar oralig‘ida o‘zbek xalq maqollari, iboralar ma’nosi
yuzasidan beriladigan sharhlardan foydalanish shaklida. Masalan, 5-sinfda maqollarga
bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda ko‘chma ma’no bu janrning
yetakchi xususiyatlaridan
biri ekanliliga e’tibor qaratiladi.
Jumladan, “Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi” maqoli zamirida
insonning sadoqatli do‘stlari ko‘p bo‘lsa, ularning qo‘llab-quvvatlashi,
yordami bilan
mushkullari oson bo‘lishi, har qanday qiyinchilikni osonlikcha yengib o‘tishi haqidagi
fikr ilgari surilgan. Aslida ham shunday: katta karvon hamrohligida safarga chiqqan
kishi ko‘zlagan manziliga hech bir talofatsiz yetib olishi shubhasizligi o‘z ma’nosida
qo‘llangan.
146
Yo‟ldoshev J., Usmonov S.А. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – Т.:
Fan va
texnologiya, 2008. – 25-bet.