O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#145392
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rashidova Aziza Xo\'jamberdi qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
9-sinfda Ikrom Otamurodning “O‘rin” dostonini ifodali o‘qishga o‘rgatishda olam 
va odamning yaralishi, hayotda har kimning o‘z o‘rni borligi yoki aksinchaligi 
anglanishiga erishiladi. 
Shoir kun va tun, yer va osmon, botin va zohir, sobitlik va lafzsizlik, diyonat va 
nafs, ibtido va intiho, toqatsizlik va chidam, keksa va yosh kabi bir-biriga zid 
tushunchalarni yonma-yon qo‘llash orqali inson hayotining dramatik holatlarini aks 
ettirishga harakat qilganiga e’tibor qilaylik: 
Andisha nochor kibor tovidan. 
Qadr dog‘lanadi ilashsa jabr. 
Burd yo‘qolgaydir beburd sovidan. 
Dilga madaddir dildagi sabr
147

Dostonda lirik qahramon yuragini qiymalab og‘riq berayotgan dard-alamlar 
qisqagina “... Nimadir... ... Qachondir... ... Kimdir...” misralariga mohirlik bilan 
singdirilgan. 
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida ifodali o‘qish rejasi o‘qituvchining 
yoddan o‘qishi, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida suhbat o‘tkazish, nutq 
kompozitsiyasi ustida ishlash, intonatsiya va maromni aniqlash, qayta hikoyalash kabi 
faoliyat turlarini ko‘zda tutgan holda tuziladi. 
Asarni ifodali o‘qish doim uning tahlili bilan bog‘liq. Tahlil badiiy asarning o‘ziga 
xosligi haqida o‘quvchilar tasavvurini chuqurlashtiradi, undagi nafosatni his qilishga 
imkon beradi.
148
Masalan, 6-sinfda o‘quvchilarni Hamid Olimjon ijodi bilan chuqurroq 
tanishtirishga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarda adabiyotshunos olim N.Karimovning 
“Hamid Olimjon” nomli ma’rifiy-biografik romanidan unumli foydalanish o‘quvchini 
shoir shaxsiyatining noma’lum qirralaridan voqif etadi.
149
O‘qituvchining kirish so‘zi “Eng gullagan yoshlik chog‘imda”, “Xayolimda bo‘lding 
uzun kun”, “O‘rik gullaganda” kabi she’rlarning yozilish tarixi bilan boyitilsa, shoir 
ijodiy ustaxonasi haqida kengroq tushunchaga ega bo‘linadi. 
“O‘rik gullaganda” – tabiatning yaratuvchanlik qudratidan junbushga kelgan sohir 
qalb tuyg‘ulari mahsuli. She’r 1937-yilning 30-martida yozilgan, Qozog‘iston safaridan 
qaytgan kuni saharlab uyg‘ongan shoir ilohiy mo‘jiza qoshida lol qoladi. “Derazadan 
quyosh yog‘dusi emas, balki allaqanday pushtirang shu’la tushib, uning ko‘zini 
qamashtirib yubordi. 
Kuni kecha u Olmaotaga yo‘l olganida, hali mast uyquda yotgan o‘rik daraxti 
chaman bo‘lib ochilgan edi”
150
. Shoirni to‘lqinlantirgan bu latiflikdan ohorli tashbehlar 
dunyoga keladi: “Novdalarni bezab g‘unchalar, Tongda aytdi hayot otini...” Ushbu 
voqea hikoya qilingach, she’r yoddan ifodali o‘qilishi, unga bastalangan qo‘shiq 
eshittirilishi o‘quvchilarni xayolan lirik qahramonning o‘sha paytda tuygan holatni 
147
Ikrom Otamurod. O‟rin. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013. №3, – 32-bet. 
148
S.I. Kambarova. Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil. –T.: “Fan va texnologiya”, 2016. – 140 b. 
149
Karimov N. Hamid Olimjon. –T.: Sharq, 2013. –144-bet 
150
Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. 



Download 0,99 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish