O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#145392
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rashidova Aziza Xo\'jamberdi qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi muammoli vaziyatlar yaratishga yo‘naltirilgan 
dastlabki savollardanoq asarda qo‘yilgan asosiy muammo mohiyatini ochishni nazarda 
tutishi zarur. 
O‘quvchilar javobini o‘z vaqtida umumlashtirish, aniqlik kiritish va to‘ldirishga 
qaratilgan suhbat o‘qituvchidan alohida diqqat-e’tibor talab etadi. Suhbat erkin bahs-
munozara tarzida o‘tkazilib, jarayonda o‘quvchi javoblariga mustaqil fikrlash sifatida 
qaraladi: unda tezis (isbotlanayotgan narsa) va isbot bo‘ladi. 
Agar o‘quvchi o‘rganilayotgan asar janrini aniqlashga doir savolga javob berish 
topshirig‘ini olgan bo‘lsa, eng avvalo, tezis tarzidagi fikrini aytishi kerak. 
O‘quvchining izohi, isbotlari uning haqiqiy bilimini aniqlashga yordam beradi.
O‘quvchini baholashda javobning to‘g‘riligi, fikrini izchil bayon etishi, o‘rganilgan 
materialni tushunish darajasi (isbot uchun keltirgan fikrlarining aniqligi) hisobga 
olinishi zarur. 
Xulosa o‘rnida shuni takidlash kerakki, Har qanday mamlakatning jahon 
hamjamiyatida tutgan o‘rni, e’tibori va istiqboli intellektual salohiyati bilan belgilanadi. 
Ахborot-kоmmunikatsiya asrida, inson huquqlari va erkinligini himoya qiladigan 
demokratik, huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyati barpo qilayotgan hozirgi davrda 
intellektual salohiyatga bo‘lgan talab yanada oshdi. 
Mazkur muammo yuzasidan ushbu maqolada sinfdan tashqari o‘qitish, 
integratsiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘rganilgan yangi mavzu va mustaqil ishlarning 
mazmunini takomillashtirish, badiiy asar matni ustida individual va jamoa bo‘lib 
ishlashga yo‘naltiruvchi texnologiyalarni samarali qo‘llashga doir qarashlar ilgari 
suriladi. 
Mustaqil o‘qib-o‘rganishsiz adabiy ta’limda muhim natijaga erishish mumkin 
emas. Maktab paytida mutolaa ko‘nikmasi shakllantirilmas ekan, o‘quvchida kitob 
o‘qishga bo‘lgan qiziqish asta-sekinlik bilan yo‘qolib, keyinchalik butunlay so‘nadi. 
Bugun maktablarda adabiyotdan sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etishda 
yoppasiga qoloqlik mavjudligi barchaga ayon. Maktablarning kitob fondi zarur 
adabiyot namunalari bilan to‘ldirilmaganligi, aksariyat kutubxona xodimlari aynan 
sinfdan tashqari o‘qish mashg’ulotlariga yordam berish uchun tayyorgarlik ko‘rmasligi, 
bu boradagi malakasizliklar o‘quvchilarni mutolaaga qiziqtira olmaslik kabi 
nuqsonlarni keltirib chiqarmoqda. Binobarin, bularning bari o‘quvtarbiya jarayoni 
tizimida metodik jihatdan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligini ko‘rsatib turibdi. 
Umuman, ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishishda pedagogik vazifalar 
aniqlashtirilib, islohotlarda hujjatlashtirilib borilmas ekan, sinfdan tashqari o‘qishni 
tashkil etish usullari ham takomillikka muhtoj bo‘lib qolaveradi. 

Download 0,99 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish