O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#145392
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rashidova Aziza Xo\'jamberdi qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
chuqurroq anglashga, asar g‘oyasini idrok qilishga yordam beradi. Turli janrdagi 
asarlarni idrok etish asosida o‘quvchi so‘z zamiridagi ma’no tovlanishlaridan 
zavqlanadi, inson ruhiyati bilan bog‘liq sir-sinoatlarni anglash sari qadam qo‘yadi. 
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida badiiy asar yoki undan parchalar 
o‘rganishning yakuniy bosqichida leksikani sharhlash elementlari bilan suhbat 
o‘tkazish matn mazmunini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Sinfdan tashqari 
o‘qish mashg‘ulotlarida suhbat. Suhbat jarayonida adabiy material mohiyati o‘qituvchi 
bergan savollarga o‘quvchilarning javoblari orqali ochib beriladi. 
Metodist olima Q. Husanboeva har tomonlama puxta tuzilgan savollar mazkur 
metodning muhim xususiyati ekanligini alohida e’tirof etgan holda “tafakkurning 
bilmaslikdan bilishga, bilishning chalaligi yoki noaniqlikdan to‘liq va aniq shakliga 
o‘tkazadigan samarali vosita”
151
sifatida baholaydi. 
Mashg‘ulotga tayyorgarlik chog‘ida savollarning xususiyatini o‘ylab ko‘rish, 
maqsadini aniqlab olish muhim. Suhbat mantiqiy izchilligi, aniqligi va mazmuni bilan 
ajralib turadi. 
Savollar o‘rganilayotgan asarni anglashga yo‘naltirilishi, o‘quvchilar faoliyatini 
jadallashtirishi, mustaqil xulosa chiqarish va umumlashtirishga harakat qildirishi 
lozim. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash va umumlashtirish jarayonida 
uyushtiriladigan suhbat o‘quvchilarning bilim darajasini baholashga yordam beradi. 
Ulug‘bek Hamdamning 8-sinflarga mustaqil o‘qishga tavsiya etish mumkin 
bo‘lgan “Na’matak” mini romani butun borliq sinoatlarini o‘zida jo etgan Ism, uning 
mohiyatini anglatish muammosiga bag‘ishlangan. 
“Har qanday hikmatning ibtidosida fikr turadi, fikr o‘zlashgach, hikmat 
maqomlarining pillapoyasi boshlanadi. Maqomlar hududiga o‘tgan shaxs oqimlar 
shamolida g‘ildirab ketavermaydi, har on, damning ASL mazmunini uqib, Ismlar siriga 
boraveradi”
152
. Asar yuzasidan quyidagicha savollar tuzish adib g‘oyasi, 
maqsadmuddaosini tushunishga imkon yaratadi: 
1.Na’matak obraziga qanday g‘oya singdirilgan? (Insonning O‘zligini anglashi) 
2. Bobolar o‘rtasidagi nifoqning asl sababi nimada edi? (Nafs) 
3. Ajdodlar adovatiga nima barham beradi? (Avlodlar muhabbati) 
4. Inson qachon Asliga yetishadi? (Ismini topganida) 
5. Asarda qo‘llanilgan hikmatning kaliti qaysi satrlarga yuklangan? (“Qanday ko‘z-
la boqsa, odam olamga, shunday javob aylar olam odamga, degan ekan donishlar, 
degan ekan, degan, to‘liq hukm shaklida)
153
3.Suhbat chog‘ida muomala madaniyatiga o‘rgatish ham o‘quvchilarni axloqiy-
estetik tarbiyalashga xizmat qiladi. 
151
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O‟zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 119-бет. 
152
Ulug‟bek Hamdam. Na‟matak. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 93-bet. 
153
Тurdimov Sh. Ismdagi sir. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 96-bet. 



Download 0,99 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish