• 1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash. Maqsad
  • Harakat motivlari va motivlar kurashi.
  • Tizim muammolariga yondashish




    Download 199,17 Kb.
    bet22/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)

    2. Tizim muammolariga yondashish

    8-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati.(4 soat)
    1-ma’ruza mashg‘uloti

    1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash.

    2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish
    2-ma’ruza mashg‘uloti

    3. Tegishli qaror qabul qilish.



    4. Amalga oshirish va baholash
    Tayanch so‘z va iboralar:maqsad, ma’lumotlar, axborot, ehtiej, ish-harakat motivlari, qaror, mehnat operatsiyalari, huquq, majburiyatlar, operativ, konsensus
    1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash.

    Maqsad-kishining shu paytda ma`qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir.
    Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yo`l-yo`riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas.
    Ehtiyoj ko`ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o`z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yo`llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to`la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba`zan zo`r xayol surish bilan, ba`zan esa cheksiz orzu bilan bog`liq bo`ladi. Ba`zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko`ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi.
    Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo`lib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng to`g`ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo`lgan hamma harakatlar, mumkin bo`lgan qiyinchiliklar va to`siqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega bo`lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin.


    Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga yetish uchun biron yo`l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, huddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo`llar bilan emas, balki mana shu yo`llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko`ngildan o`tkazadi. Maqsadni va unga yetish yo`lini tanlash jarayonida unga ma`qul yoki noma`qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
    Maqsadni va unga yetishish yo`llarining ma`qulligi yoki noma`qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki huddi shu vositalar bilan ish ko`rishni, yoki ish ko`rmoqchi bo`layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi.
    Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo`l bo`lgan taqdirda ularning ma`qul yoki noma`qul ekanligi chamalab ko`riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo`llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi.

    "Motiv - deb yozadi I.P.Ivanov - kishi nima uchun o`z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni qo`yishi kerak, nima sababdan u o`z maqsadiga erishmoq uchun boshqa bir yo`llar bilan emas, balki huddi shu yo`l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir".
    Maqsad va unga erishish yo`llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur va hissiyot ishtirok etadi.
    Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu yerda asosan har bir motivga "qarshi "yoki "tarafdor"likni muhokama qilib asoslashdan iborat bo`ladi. Kishi motivlarni muhokama qilishda va asoslab berganda odatda ayni hodisa yuzasidan yoki o`zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma`lum bir faktlardan tamoyil va qoidalardan foydalanadi. Motivni shu tariqa muhokama qilish va asoslab berish motivatsiyalash deb ataladi.
    Maqsadlarga erishish yo`llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba`zan ichki kurash xarakteriga ega bo`ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo`lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi.
    Motivlardan biri ko`proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba`zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan maydonga chiqsa, ba`zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi.
    Ko`pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o`rtasidagi kurashdan iborat bo`ladi. Odam ba`zan "ikkiga bo`linib" qoladi: "Aql uni desa, hissiyot (ko`ngil) buni deydi".



    Download 199,17 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




    Download 199,17 Kb.