• 2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish Qaror
  • Kreativ fikrlash




    Download 199,17 Kb.
    bet23/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)

    Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo`llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog`langan bo`lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo`lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma`nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o`ynagan bo`ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak - teatrgami yoki o`rtog`ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo`lgan joyi haqida qarorga keladi.
    Qat`iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo`ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish - qat`iyatni namoyon qilish demakdir.
    Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o`zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yohud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo`sh qaror deb ataladi. Qat`iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir.
    Qarorni ijro etish. qaror unga muvofiq keladigan choralar ko`rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o`tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
    Irodaviy harakatlar ikki xil bo`ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o`yin, sport mashg`ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko`p vaqt takrorlanib, o`zlashib ketgan ko`nikma va odat bo`lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.


    2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish
    Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz.


    Download 199,17 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




    Download 199,17 Kb.