|
Kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklari
|
bet | 2/5 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 134,97 Kb. | | #263725 |
Bog'liq diplom zashita Kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklari - Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgaritirib turaveradi.
- To’liq maxfiylik (anonimlilik). Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.
- Mayning qilish imkoniyati. Har qanday inson uy sharoitida uni qo’lga kiritishi mumkin – uy biznesini amalga oshirish imkoniyati mavjud.
- To’lovlarda ishlatilish mumkinligi. Rivojlangan mamlakatlarda kriptovalyutalarning ko’pgina turlarini bemalol ishlatish mumkin.
- Ta’minlanmaganlik. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech gap emas.
- Rasmiy ravishda ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (shu jumladan, bizning mamlakat ham) kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi.
Kriptovalyutalar turlari
Coinmarketcap 9.06.2020 yildagi ma'lumotlariga ko'ra 5549 xil kripto-valyutalar mavjud. Virtual aktivlarning umumiy kapitallashuvi 274 milliard dollardan oshdi, ushbu miqdorning taxminan 75 foizini 20 ta eng yirik blockcheyn loyihalari baham ko'rmoqda.
Eng mashhur almashinuv belgilari - Binance Coin (BNB) va EXMO Coin (EXM). Stablecoins chiqaradigan kompaniya o'z balansida token belgisining qiymatini kafolatlash uchun fiat miqdorida, masalan AQSh dollarida bo'lishi kerak. Ushbu turdagi eng taniqli tanga - Tether (USDT), ammo dollar va evro tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan boshqa barqaror tanga pullari mavjud. Utility Tokens yoki xizmat tokenlari, shuningdek App Coins deb nomlanadi. Ular cheklangan miqdorda ICO uchun chiqariladi.
|
| |