Kuch transformatorlari tuzilishi




Download 259,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.05.2024
Hajmi259,46 Kb.
#237364
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kuch transformatorlari tuzilishi

k
yuqori va past kuchlanish chulg‘amlarining nominal kuchlanishlari 
nisbatidan iborat bo‘ladi: 
nomYuK
nomPK
U
k
U


(8.4) 
Uch chulg‘amli transformatorlarda chulg‘amlarning har bir jufti uchun transformatsiyalash 
koeffitsienti aniqlanadi: YuK va PK; YuK va O‘K; O‘K va PK. 
Transformatorning istalgan chulg‘amining nominal toki uning nominal quvvati bilan nominal 
kuchlanishi bo‘yicha aniqlanadi. 
Ikki chulg‘amli transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi u

uning ikkilamchi chulg‘ami 
qisqa tutashtirilgani holda chulg‘amlardan nominal tok o‘tishini ta’minlovchi birlamchi chulg‘am 
kuchlanishidir. 
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator kuchlanishining pasayish kattaligini aniqlab, uning 
chulg‘amlaridagi to‘la qarshilikni xarakterlaydi. 
Uch chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv kuchlanishi uning bittadan chulg‘amini 
navbatma-navbat uzib qo‘yib, qolgan juft chulg‘amlar uchun aniqlanadi. Shunday qilib, uch 
chulg‘amli transformator 
u
k
ning uchta qiymatiga ega bo‘ladi. 
Hamma transformatorlar uchun qisqa tutashuv kuchlanishi nominal kuchlanishga nisbatan foiz 
hisobida ifodalanadi. 
Transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi aktiv va reaktiv tashkil etuvchilardan iborat 
bo‘lib, ular orasidagi munosabat qo‘yidagicha: 
2
2
k
a
r
U
U
U



(8.5) 
Bu yerda 
u
a
- transformatorning aktiv qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan qisqa tutashuv 
kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi; 
u
r
- transformatorning reaktiv (induktiv) qarshiligiga bog‘liq 
bo‘lgan qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi. 
Chulg‘amlarning induktiv karshiligi aktiv qarshilikka qaraganda ancha katta (uncha katta 
bo‘lmagan transformatorlarda 2-3 marta, yiriklarida esa 15-20 marta) bo‘lganligi uchun 
u
k
asosan 
reaktiv qarshilikka, ya’ni chulg‘amlarning o‘zaro joylashishiga, ular orasidagi kanalning eniga, 
chulg‘amlarning balandligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Salt ishlash toki 
I
c
, po‘latdagi aktiv va reaktiv isroflarni xarakterlaydi va po‘latning magnit 
xossasiga, magnit o‘tkazgichning tuzilishi va uni yig‘ish sifatiga, hamda magnit induksiyasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Salt ishlash tokining kattaligi transformatorning nominal tokiga nisbatan foiz hisobida 
ifodalanadi. Sovuqlayin prokatlangan po‘latdan yasalgan hozirgi transformatorlarda salt ishlash 
toklarining qiymati katta bo‘lmaydi. 
3


Salt ishlashdagi 
ΔR
c
va qisqa tutashishdagi 
ΔR
k
isroflar transformatorning qanchalik darajada 
tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar po‘latning o‘ta magnitlanishi hamda uyurma 
toklarni hosil bo‘lishidan kelib chiqadigan isroflar yig‘indisidan iborat.
Qisqa tutashuv isrofida chulg‘amlardan yuklama toki o‘tganda hosil bo‘ladigan isroflar, 
transformator chulg‘amlari va tuzilishidan kelib chiqadigan qo‘shimcha isroflar kiradi. Sochilish 
magnit maydonlari chulg‘amning chekka o‘ramlari hamda transformator tuzilishlari (bak devorlari, 
yarmo balkalari va hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qo‘shimcha isroflarni keltirib chiqaradi. 
Ularni kamaytirish uchun chulg‘am ko‘p tomirli transpozitsiyalangan simdan tayyorlanib, bak 
devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (to‘siladi). 
Transformatorlarning chulg‘amlari, odatda, yulduz 
Y,
chiqarilgan neytralli yulduz 

Download 259,46 Kb.
1   2   3   4   5




Download 259,46 Kb.
Pdf ko'rish