Yo
va
uchburchak
Δ
ko‘rinishidagi sxemalar bo‘yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning
EYuK lari (
E
1
va
E
2
) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul
qilingan.
Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini turlicha ulash yo‘li bilan ulanishlarning o‘n
ikkita turli guruhini hosil qilish mumkin. Bunda chulg‘amlarni yulduz-yulduz sxemasida ulashda
istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruh, yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda
istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 toq guruh hosil qilinadi.
Chulg‘amning ulanish sxemasi belgisining o‘ng tomoniga uning ulanish guruhi yoziladi.
Chulg‘amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg‘am neytrali yerga
tutashtirilishi zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 330 kV va undan yuqori kuchlanishli
transformatorlar va barcha avtotransformatorlarda YuK chulg‘amlari neytralini yerga samarali
tutashtirnsh shart. 110, 150 va 220 kV kuchlanishli tizimlar ham asosan neytrali yerga samarali
tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar
neytralining bir qismi yerga ulanmaydi. Chunki, chiqarilgan nol simlarning izolyasiyasi, odatda, to‘liq
kuchlanishga mo‘ljallanmaydi, shuning uchun neytrali yerga ulanmagan ish rejimida hosil bo‘lishi
ehtimoli bor o‘takuchlanishlarni transformatorning nol nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish
yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Shuningdek, to‘rt simli 380/220 va 220/127 V tarmoqlarni
ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amidagi neytral ham yerga tutashtiriladi. 10-35
kV li kuchlanishdagi chulg‘amlar neytrali yerga ulanmaydi yoki ular liniyalarning sig‘im toklarini
kompensatsiya kilish uchun yoy so‘ndiruvchi g‘altak orqali yerga ulanadi.
Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarning asosiy texnik ma’lumotlari, ularning
ulanish guruhlari sxemalari amaldagi standartlar bilan belgilangan.
Yuqori kuchlanish va quvvatli transformator murakkab qurilma bo‘lib, ko‘p sonli konstruktiv
elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari qo‘yidagilar: magnit tizimi (magnit o‘tkazgich),
chulg‘amlar, izolyasiya, chiqqichlar, bak, sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash mexanizmi,
himoyalash va o‘lchash qurilmalari hamda aravachalar.
Magnit o‘tkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi hisoblanadi. Magnit
o‘tkazgich bir-biridan izolyasiyalangan elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan alohida-alohida
listlardan yig‘iladi. Transformatorning po‘lat listlari bir-biridan puxta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak.
Hozir 0,01 mm qalinlikda lak surkab, listlarni izolyasiyalash keng qo‘llanilmoqda. Lak pardasi listlar
orasida yetarli darajada ishonchli izolyasiya hosil qiladi, magnit o‘tkazgichning yaxshi sovishini
ta’minlaydi, qizishga chidamliligi yuqori va yig‘ish paytida buzilmaydi.
Magnit o‘tkazgich va uning konstruktiv detallari transformator asosini tashkil etadi. Asosga
chulg‘am o‘rnatiladi va chulg‘am bilan kirish simlari o‘tkazgichlar yordamida ulanib, asosga
mahkamlanadi. Shu tariqa transformatorning aktiv qismi hosil qilinadi.
Transformatorlarning chulg‘amlari yetarli elektrik va mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi
kerak. Chulg‘amlar va ulardan chiqqan simlar izolyasiyasi kommutatsiya va atmosfera
o‘takuchlanishlariga buzilmasdan chidashi zarur. Chulg‘amlar qisqa tutashuv toklari o‘tishida hosil
bo‘lgan elektrodinamik kuchlarga bardosh bera olishi lozim. Izolyasiya yo‘l qo‘yilganidan ortiq qizib
ketmasligi uchun chulg‘amlarni ishonchli sovitish tizimi ko‘zda tutilishi zarur.
Chulg‘am mis yoki alyuminiy simlardan yasaladi. Ma’lumki, mis kichik elektr qarshilikka ega,
uni kavsharlash oson, mexanik jihatdan mustahkam, bu esa transformator chulg‘amlarini tayyorlashda
misni keng qo‘llashga imkon beradi. Alyuminiy arzon, zichligi kichik, ammo solishtirma qarshiligi
katta bo‘lganligi sababli undan chulg‘amni tayyorlashda yangi texnologiya talab etiladi.
Hozirgi transformatorlarda chulg‘am uchun parallel bog‘lam tarzidagi alohida o‘tkazgichlar o‘z
holatini davriy o‘zgartirib turadigan transpozitsiyalangan sim qo‘llaniladi. Bu elementlar
o‘tkazgichlar qarshiligining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi, mexanik mustahkamligini orttiradi,
izolyasiya qalinligini va magnit o‘tkazgich o‘lchamlarini kichiklashtirish imkonini beradi.
Transformatorning izolyasiyasi uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning ishonchli
ishlashi asosan uning izolyasiyasining ishonchliligiga bog‘liq. Izolyasiyaning tuzilishi va
xususiyatlari boshqa fan dasturiga muvofiq holda o‘rganiladi.
Kuchlanishni rostlash uchun mo‘ljallangan qayta ulagich qurilmalar va transformatorning aktiv
qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning asosiy qismlari - devorlar, tagi va
qopqoqdir. Bak qopqog‘idan kirish simlarini, chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi
elementlarni, termometrlar va boshqa detallarni o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga
sovitgich qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi.
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib tayyorlanadi: chunki
tuzatish ishlarida transformatorning qopqog‘ini olish, so‘ngra aktiv qismini bakdan ko‘tarish zarur
bo‘ladi.
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq bo‘lsa, u bakning tubiga o‘rnatiladi,
so‘ngra bakning qo‘ng‘iroq shaklli yuqori qismi bilan yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi
ajraladigan bunday transformatorlarning aktiv qismini chiqarish uchun og‘ir yuk ko‘taruvchi
qurilmalarga hojat yo‘q, chunki remont paytlarida moy chiqarilib, bakning yuqori qismi ko‘tarilsa,
chulg‘am va magnit o‘tkazgichlarga qo‘l bemalol yetadigan bo‘ladi.
Transformatorning kengaytirgichi
bak bilan quvur orqali tutashtirilgan silindrik idishdan iborat
bo‘lib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning
baki moy bilan to‘ldirilgan bo‘lib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining o‘zgarishi
kengaytirgichdagi moy sathining o‘zgarishiga olib keladi. Bunda havo kengaytirgichdan siqib
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich atmosfera bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashgan bo‘lsa, unda havoning nami moyga o‘tib, uning izolyasion xossalarini
keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich
orqali bog‘lanadi. Selikagel so‘rilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin o‘zgarib tursa,
selikagelli filtr havoni to‘liq quritishga ulgurmaydi, natijada kengaytirgichda havoning namligi asta-
sekin orta boradi. Bunday hollarda kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini olish uchun inert
gazdan iborat yostiqli germetik bak qo‘llaniladi yoki kengaytirgichdagi erkin bo‘shliq maxsus elastik
hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan to‘ldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana
qo‘llash mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlatgichlar yordamida quritish mumkin.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-o‘lchash va himoya qurilmalari
ko‘zda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy ko‘rsatkich va termometr kiradi. Moy ko‘rsatkich
kengaytirgichga, termometr bakning qopqog‘iga o‘rnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining
pasayishini nazorat qilish relesi va gaz relesi kiradi.
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi.
Transformatorning ishlashi jarayonida uning chulg‘amlari va magnit o‘tkazgichi qiziydi.
Transformator qismlarining qizish chegarasini izolyasiya belgilaydi, chunki uning ishlash muddati
qizish haroratiga bog‘liq. Transformator quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish tizimi shuncha
intensivroq bo‘lishi zarur.
Elektr mashinalaridagi singari transformatorlarning sovitish tizimlari, ulardagi ishchi massaning
turi va ishlash prinsiplari ham turlicha. Hozirgi davrda turli transformatorlarda havo bilan tabiiy
sovitish, moy bilan tabiiy sovitish, moyni puflash va tabiiy sirkulyalash yo‘li bilan sovitish, moyni
puflash va sun’iy sirkulyasiyalash yo‘li bilan sovitish, moy sun’iy sirkulyasiyalanigan moy-suvli
sovitish tizimlaridan foydalaniladi.
|