Elektr signali generatorlari




Download 1.58 Mb.
bet2/4
Sana23.02.2024
Hajmi1.58 Mb.
#161364
1   2   3   4
Bog'liq
KUCHLANISH VA TOK MANBALARI SXEMA VA UNING TOPOLOGIK SHAKLLARI
6- mavzu. Ikki taktli chiqish kaskadlari, 7-lab, Dasturiy injiniring 5-21 nazoart ishi 1 semestr, Mavzu Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish, Simsiz aloqa kanallari, @bankirkundaligi, 01.1. Свод пахта терим 22.10.2023 й, 1-mavzu, Document-WPS diplom, (2 Nusxa) Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi., Kozim Mazbudov, final for students, uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlari, 1-Mavzu, CHIQISH KASKADLARNI TIJAMKOR RIJIMLARDA ISHLASHI
Elektr signali generatorlari
Generatsiya shartlari

Fizikaviy tajribalar texnikasida va radioelektronikaning ko‘p sohalarida elektr tebranishlarini hosil qiladigan qurilmalar katta ahamiyatga ega.


O‘zgarmas tok manbai energiyasini biror shakl va chastotali o‘zgaruvchan tok (kuchlanish) energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma elektr signali generatori deb ataladi. Ayrim hollarda maxsus rejimda ishlovchi yuqori chastotali katta quvvatli kuchaytirgichlar ham elektr signali generatori deyiladi. Qurilmada hosil qilinayotgan tebranishning chastotasi va shakli chiziqli bo‘lmagan element xususiyatlariga va qurilmaning sxemasiga bog‘liq bo‘ladi.
Uyg‘otilish — tebranish hosil qilish usuliga qarab generatorlar tashqi va ichki turtki ta’sirida ishlovchi generatorlarga ajratiladi.
Tashqi turtki ta’sirida uyg‘onadigan generatorlar, asosan, rezonans kuchaytirgichdan iborat bo‘lib, aslida tebranish manbai bo‘lmay, balki kam quvvatli signalni kuchaytirib beradi, xolos. Ular yuqori chastotali generator hisoblanadi. Tebranish chastotasi nagruzka konturining rezonans chastotasiga teng bo‘lib, amplitudasi tashqi kuch bilan belgilanadi. Bunday generatorlarda tebranish chastotasi kvars kristali orqali berilishi mumkin (kvars generatorlari).
Ichki turtki ta’sirida uyg‘onadigan generatorlar o‘z-uzidan tebranish hosil qiluvchi generator bo‘lib, ular avtogenerator deb ham ataladi. Ularda tebranish chastotasi va amplitudasi qurilmaning xususiy parametrlari orqali belgilanadi.
Tebranish shakliga qarab generatorlar garmonik va garmonik bo‘lmagan - relaksatsion tebranish generatorlariga ajratiladi.
Tebranishining shakli sinuslar (kosinuslar) qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranish ishlab chiqaradigan generatorlar garmonik tebranish generatori deb, aks holda esa, garmonik bo‘lmagan- relaksatsion tebranish generatori deb ataladi.
Garmonik tebranish generatorlari past va yuqori chastotali generatorlarga bo‘linadi. Ularga RC va LC - generatorlar misol bo‘ladi.
Qurilmada tebranish hosil bo‘lish hodisasi generatsiya deb ataladi. Uning vujudga kelishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi kerak. Ularni generatsiya shartlari deb ataladi.
Kuchaytirgichlarda musbat teskari bog‘lanish ( = 0) bo‘lganda kuchay-tirish koeffitsiyentining teskari bog‘lanish parametri K ortishi bilan o‘sishini, kuchaytirish jarayoni stabilligi kamayishini aniqlagan edik. Ana shu nostabillik o‘z-o‘zidan tebranish hosil bo‘lishining zarur sharti deb qabul qilinadi. Haqiqatan ham
(1)
shartlar bajarilganda sistemaniig natijaviy kuchaytirish koeffitsiyenti Kт cheksizga aylanadi. Bu sistemaga chekli amplitudali signal ta’sir etganda uning chiqishida cheksiz amplitudali tebranish hosil bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Lekin cheksiz amplitudali tebranish fizikaviy ma’noga ega emas. Shuning uchun (1) ifoda qurilmaning chiqishida chekli amplitudali tebranish hosil bo‘lishi uchun kirish signalining hojati yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu sistemaning o‘z-o‘zidan uyg‘onishidir.
Demak, har bir o‘z-o‘zidan uyg‘onuvchi generator musbat teskari bog‘lanishli kuchaytirgichdan iborat bular ekan. Unda kirish signali vazifasini Uт teskari bog‘lanish kuchlanishi bajaradi (1-rasm). Shunga ko‘ra (1) ifoda generatsiya shartlari deb ataladi. Uning birinchi ifodasi fazalar balansi yoki fazalar sharti deb, ikkinchisi esa, amplitudalar balansi yoki amplitudalar sharti deb ataladi.


1-rasm. O‘z o‘zidan uyg‘otuvchi generatorning blok sxemasi.

Fazalar sharti teskari bog‘lanish zanjirining Uт chiqish kuchlanishi Uc kirish signalining o‘rnini bosa olishini ifodalasa, amplitudalar sharti bu kuchlanishning tebranishni tutib turish uchun yetarliligini ifodalaydi.


K, , к va  kattaliklar chastotaga bog‘liq miqdorlardir. Shuning uchun (1) generatsiya shartlari yo yakka chastota uchun, yoki bir vaqtda bir necha chastota (chastota spektri) uchun bajarilishi mumkin. Agar ular yakka chastota uchun bajarilsa, generator sinusoidal (kosinusoidal) tebranishlar hosil qiladi va garmonik tebranishlar generatori bo‘ladi. Agar generatsiya shartlari chastotalar spektri uchun bajarilsa, garmonik bo‘lmagan tebranishlar hosil bo‘ladi va generator relaksatsion tebranish generatori bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki (1) generatsiya shartlari tebranish hosil bo‘lishining zarur shartidir. Lekin hosil bo‘ladigan tebranishlarning statsionar amplitudasi va tebranish shaklini baholash uchun yetarli emas.
Amaliy jihatdan amplitudalar sharti birdan kattaroq qilib olinadi (K1). Bu hosil qilinadigan tebranishlar amplitudasining o‘sishini ta’minlashi kerak. Lekin generator kuchaytiruvchi elementining xarakteristikasi egri chiziqli bo‘lgani uchun uning cheksiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni amplitudaning o‘sishini chegaralaydi.



Download 1.58 Mb.
1   2   3   4




Download 1.58 Mb.