|
Kun boʻyi ishdaman, farzandim esa
|
bet | 1/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 16,96 Kb. | | #238937 |
Bog'liq Esse
Kun boʻyi ishdaman, farzandim esa...
Bolalarni tarbiyalash tamoyillari tubdan o‘zgarmoqda. Farzandingiz rivojlanishining ilk davrlaridayoq "raqiblari"ga mag‘lub bo‘lmasligi uchun nima qilish kerakligini bilasizmi? "Layfxaker" bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshilikni ravo ko‘radi. Biroq bolani kelajakka tayyorlashni chin dildan orzu qilib, unga tajribamiz to‘g‘ri deb topgan narsalarni o‘rgatamiz. Bu tajriba qanchalik tez eskirib borayotgani haqida esa kamdan-kam holatlarda o‘ylanamiz.
Nima uchun ta'limga yondashuvni o‘zgartirish vaqti keldi?
Sotsiologlarning ma'lum qilishicha, yaqin 10-15 yilda mavjud kasblarning 20 foizi yo‘qolish xavfi ostida qoladi. Biroq, shu bilan birga, yana shuncha yangi kasb paydo bo‘lishi ham kutilmoqda. McKinsey Global Institute tadqiqot tashkiloti ekspertlari 2030 yilga borib, mehnat bozoridan 375 million ishchi o‘rnining yo‘qolishini taxmin qilishmoqda. Bugungi kunda odamlar bajarayotgan ishlar robotlar zimmasiga yuklatilmoqda. Hatto sizning kasbingiz yo‘qolish xavfi ostidagi kasblar sirasiga kirish-kirmasligini aniqlashga doir maxsus servis ham bor.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarishda davom etayotgan hozirgi davrda biz bolalarni avvalgidek XX asrdagi hayotga tayyorlayapmiz.
Siz erta rivojlanish, matematikaga ixtisoslashtirilgan litsey va poytaxtdagi biror oliygohning nufuzli iqtisodiy fakultetiga o‘qishga kirish bolaga kamida buxgalter, ishlari o‘ngidan kelganda esa, yirik korporatsiyaning moliyaviy direktori lavozimini kafolatlaydi, deb o‘ylaysizmi? Ko‘zingizni oching! 2016 yilda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida iqtisodchi va buxgalterlar asosiy "luzer" kasblar qatorida sanab o‘tildi: yaqin yillarda bu sohalarda katta qisqarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ertangi robotlashtirilgan davrda ishga qabul qilishda hal qiluvchi rol o‘ynovchi ko‘nikmalar bugun katta rol o‘ynamaydi, biz ularni inkor etamiz. Bu vaqtda esa odamlar yangi dunyoda o‘zlarini yo‘qotmaslik uchun aql ishlatishlariga to‘g‘ri keladi, bu borada ular avvalgidek robotlardan oldinda. Aynan shu jihat ta'lim va tarbiyaning yangi tamoyillarini belgilab beradi.
Afsuski, zamonaviy standart maktablar avvalgidek bolalarga o‘tmish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda. Shunday ekan, har bir ota-ona farzandiga oddiy besh narsani tushuntirishi muhim.
|
| |