|
Bolaga nimani o‘rgatish kerak?
|
bet | 2/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 16,96 Kb. | | #238937 |
Bog'liq EsseBolaga nimani o‘rgatish kerak?
1. Yod olmaslik
Yod olish qobiliyati bo‘yicha biz - odamlar allaqachon kompyuterlardan ortda qolganmiz. Nazariy jihatdan 10 yil ichida maktab o‘quvchisi miyasiga joylashi mumkin bo‘lgan bilimlar hajmi 1 Gb'dan oshmaydi.
O‘zingiz hisoblab ko‘ring: Har biri 2400-2500 tagacha harfni o‘z ichiga olgan 150 sahifali o‘rtacha o‘quv darsligi taxminan 0,35 Mb bo‘ladi. Aytaylik, bolalar bir yilda shunday darslikdan 10 tasini o‘zlashtirishsin. U holda ular qabul qilgan matnli ma'lumot hajmi 11 yil davomida 40 Mb'dan kamroqni tashkil qiladi. Bunga qo‘shimcha sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va mutolaa, tasviriy san'at va boshqa tillarni o‘rganishni qo‘shamiz... O‘quv dasturidagi 40 Mb'ni 25 karra oshirsak ham, bor-yo‘g‘i 1 Gb ma'lumotga ega bo‘lamiz.
Endi esa taqqoslaymiz. Ming yillik davlat tarixini o‘zida saqlovchi Buyuk Britaniya arxivi taxminan 70 Tb'ga teng. Kompyuterlarga kelsak, bu yil elektron hisoblash qurilmasining xotirasi 160 Tb'ga yetdi.
Agar siz avvalgidek tarixiy sanalarni chat xotirasiga kiritishni muhim deb hisoblasangiz, bu farzandingiz hozirning o‘zidayoq mashinalarga mag‘lub bo‘lganini bildiradi. U keraksiz ma'lumotni yodlash uchun ancha vaqt va kuch sarflagan bo‘lib chiqadi. Bu vaqtda esa uning tengdosh-raqiblari boshqa, ancha kerakli ko‘nikmalarni o‘zlashtirishadi.
2. Yangilik uchun ochiq bo‘lish
"Odamlar hayotining ilk 20 yilida ta'lim olib, keyingi 40-50 yilda o‘qigan kasbi bo‘yicha ishlaydigan model buzilmoqda, - deydi ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha ekspert va McKinsey Global Institute tadqiqoti hammuallifi Syuzen Land. - Endi biz butun kareramiz davomida doimiy o‘qib-o‘rganish haqida o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi".
Bu degani, bola maktab yillaridan oladigan eng muhim ko‘nikma — o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq. Buning uchun esa ta'lim jarayonini shunday tashkil qilish muhimki, o‘qish materiallari va jarayonning o‘zi o‘quvchi uchun ortiqcha yuk bo‘lmasin.
Barcha misollarni yechib bitirmaguncha matematika darsi ustida bosh qotirib o‘tirishga hojat yo‘q. Charchadingizmi — dam oling. Chalg‘ing. O‘zingizda kuch va qiziqishni qayta sezganingizda yana matematikaga qaytasiz.
|
| |