• 4. Imkoniyatlarni ko‘rish
  • Haqiqatda qiziq yo‘nalishga urg‘u berish




    Download 16,96 Kb.
    bet3/4
    Sana16.05.2024
    Hajmi16,96 Kb.
    #238937
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Esse

    3. Haqiqatda qiziq yo‘nalishga urg‘u berish
    "Bu bilan pul topa olmaysan", - deyishadi ota-onalar o‘sib kelayotgan avlodning o‘zlariga bema'ni tuyulgan qiziqishlari haqida. Shu tariqa farzandlarini majburlab huquqshunos, dasturchi, menejyer, shifokor kabi kasblarga yo‘naltirishadi. Umuman olganda, ota-onalarni tushunish mumkin: XX asr ularni qadamma-qadam vertikal kareraga tayyorlaydi - "botqoqlikdan saroyga", o‘quvchilikdan - ishchiga, ishchidan - rahbarlikka, rahbarlikdan - big boss'ga.
    Shunday bo‘lsa-da, dunyo o‘zgarmoqda va hozir birinchi o‘ringa gorizontal karera chiqmoqda. Bunday holatlarda siz yuqoriga qarab intilmaysiz, shunchaki o‘zingizga yoqqan ish bilan shug‘ullanasiz. Shu bilan birga, raqiblar bilan bellashasiz, sizning "asarlar"ingiz kunma-kun takomillashib boradi. Sizning xobbingiz atigi 500 kishini qiziqtirsa ham, bunday odamlar internet orqali bir-birini topadi. Qarabsizki, sizning ishlanmalaringizga talab orta boshlaydi, ularning narxi oshib boradi va siz usta maqomini olasiz.
    Hech bir robot inson kabi o‘z ishiga mehr bera olmaydi. Demak, aynan farzandingizning ko‘ngli chopgan ish oxir-oqibat u uchun hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotmaslikka sug‘urta bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
    4. Imkoniyatlarni ko‘rish
    Hozir 15 yoshdan kichik bo‘lgan odamlar katta ehtimol bilan bir asr yashashi mumkin. Bu esa katta muddat. Masalan, o‘zingizni va 120 yil avval yashagan yevropalik kishini taqqoslang. Qiziqishlar umumiyligi haqida nima deysiz? Aravani ta'mirlash yoki tutun quvurini tozalash tajribasi sizga kerak bo‘larmidi? Ikki sigir-chi? (120 yil avval qishloqda yashovchi kishilar uchun katta davlat hisoblangan) — bunday kapitalni qanday baholaysiz?
    Bugun biz uchun qadrli bo‘lgan qadriyatlar ertaga o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.
    Insonlar orzusidagi bir umrlik sevgi tushunchasi yo‘qoladi. 20 yoshingizda sizga qiziq bo‘lgan inson 80 yoshga kirganingizda ham shunchali qiziq bo‘ladi, deb kim kafolat beradi? Yoki Jastin Biberga fanatlik qiluvchi nafaqaxo‘rni tasavvur qila olasizmi?
    Farzandlarimizning oldida katta hayot yo‘li turibdi. Oldinda shuncha umr turganda birinchi sevgi muvaffaqiyatsizligidan qayg‘u chekishga ne hojat? Oliygohga kira olmasangiz yoki orzuingizdagi ishda ishlay olmasangiz, o‘zingizni omadsiz va baxtsiz his qilishingiz kerakmi?
    Kechagi kun kishisi uchun 1-2 yil vaqt - muhim davr, kelajak kishisi uchun esa xuddi shu 1-2 yil atrofni o‘rganib, boshqa istiqbollarni ko‘rish uchun imkoniyatdir. Uddasidan chiqa olmayotgan ishga qattiq yopishib olishdan foyda yo‘q. Yaxshisi, shu vaqtingizni haqiqatda o‘zingiz uchun qiziq bo‘lgan ishga ajrating.

    Download 16,96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 16,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haqiqatda qiziq yo‘nalishga urg‘u berish

    Download 16,96 Kb.