|
Flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi
|
bet | 5/10 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 280,47 Kb. | | #261056 |
Bog'liq Xolmatov korxona jixozi kurs loyihasiFlotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi:
1-o'zi to'nkariladigan vagon; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-plastinkasimon
ta'minlagich; 4-panjarali g'alvir; 5-yirik maydalash uchun konusli maydalagich;
6 va 9-vibratsion g'alvirlar; 7-o'rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va
11-tasmali konveyer; 10-mayda maydalash uchun konusli maydalagich; 12-
bo'shatuvchi aravachali tasmali konveyer; 13-maydalangan ruda bunkeri; 14-
maydalangan ruda ta'minlagichlari; 15- va 16-yig'ma tasmali konveyerlar; 17-qiya
lentali konveyer; 18-konveyer tarozlari; 19-sharli tegirmon; 20-spiralli
klassifikator; 21,25,34,35-qum nasoslari; 22 va 26-boʻtana bo'luvchilar; 23 va 24-
flotatsiya mashinalari; 27-barabanli vakuum-filtr; 28-barabanli quritgich; 29-
batareyali tsiklonlar; 30-elektr filtr; 31-ko'pikli chang ushlagich; 32-tutun
soʻruvchi; 33-quyultirgich.
Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maydoniga to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha kamaytiriladi, fabrika oqava suvlarini tabiiy suv xavzalariga tashlashda yoki fabrikada qaytadan ishlatishdan oldin tozalanadi. Boyitish fabrikasida foydali qazilma uchratiladigan operatsiyalarning ketmaketligi boyitishning texnologik sxemalarini tashkil qiladi. Odatda sxemada dastlabki va boyitish mahsulotlarining sifati va miqdoriga doir ma’lumotlar, shuningdek alohida operatsiyalardagi qayta ishlash tartibi keltiriladi. Bunday sxemalar sifat-miqdor sxemalari deyiladi. Alohida operatsiyalarga va mahsulotlarga qo‘shiladigan, va alohida operatsiya va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema suv sarfi (shlam) sxemasi deyiladi. Texnologik sxemadan tashqari apparatlar zanjiri sxemasi ham tuziladi, unda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining apparatlar bo‘ylab xarakatlanish yo‘nalishi grafik tarzda ifodalanadi. Sxemada apparatlarning turi, o‘lchami va soni ko‘rsatiladi. Misol tariqasida 1-rasmda texnologik sxema, 2-rasmda esa flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi keltirilgan.
|
| |