Kurs ishi baraban vakuum-filtr hisobi 11a-20 kt bajardi: Xolmatov Davron Qabul qildi: Olmaliq 2023 yil




Download 280,47 Kb.
bet4/10
Sana06.06.2024
Hajmi280,47 Kb.
#261056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xolmatov korxona jixozi kurs loyihasi

Texnologik
qism


Texnologik qism.
3.1 Boyitish jarayoni texnologik sxemasi.
Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug’ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog’ jinslari deyiladi.
Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog’ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog’liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog’ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvarts keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog’ jinsi va xatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi.
Boyitish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq xo‘jaligining ma’lum xomashyoga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu foydali qazilmada mavjud bo‘lgan minerallar puch tog’ jinslari razryadidan foydali mineral razryadiga o‘tishi mumkin.
Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi mineralarning kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar qo‘yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, sement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog’liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi.
Boyitma deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi, chiqindi deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog’ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig’iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog’ jinslarini ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig’ish orqali erishiladi. Bunda qimmatbaxo komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi.
Boyitish usullari boyitish operatsiyalariga bo‘linadi. Boyitish jarayoni – minerallarni bir-biridan minerallarning xossalaridagi farq asosida ajratish. Masalan, minerallarning zichligidagi farq ularni har xil usulda ajratish uchun ishlatilishi mumkin. Turli zichlikdagi minerallarni qovushqoq muhitda tushish tezligiga qarab ajratish mumkin, lekin ularni ogʻir minerallar cho‘kuvchi, yengillari esa yuzaga qalqib chiquvchi og’ir suyuqliklarda ham ajratish mumkin. Ikkala hol ham gravitatsiya usulida ajratishga kiradi, lekin ular turli boyitish jarayonlari hisoblanadi. Boyitish jarayonlari operatsiyalardan tashkil topadi.Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bir marta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa yetarli darajada kambag’al bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘g’ri keladi. Bu maqsadda boyitmani tozalash va chiqindini nazoratlash operatsiyalari o‘tkaziladi. Shu ketma-ket jarayonlar boyitish operatsiyalari deyiladi, oldingi operatsiyadan keyingi operatsiyaga tushuvchi mahsulot oraliq mahsulot deyiladi. Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularning texnologik tsikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, boyitish va yordamchi jarayonlarga bo‘lish mumkin. Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, elashl hamda klassifikatsiya jarayonlari kiradi va ularda mineral zarrachalarning yuzasi ochiladi, foydali qazilmani boyitish muvaffiqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan yiriklikdagi sinflarga ajratiladi. Boyitish jarayonlariga foydali qazilmani boyitma va chiqindiga ajratishga imkon beruvchi minerallarni ajratish jarayonla ri kiradi.


Download 280,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 280,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi baraban vakuum-filtr hisobi 11a-20 kt bajardi: Xolmatov Davron Qabul qildi: Olmaliq 2023 yil

Download 280,47 Kb.