|
Kurs ishi baraban vakuum-filtr hisobi 11a-20 kt bajardi: Xolmatov Davron Qabul qildi: Olmaliq 2023 yil
|
bet | 3/10 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 280,47 Kb. | | #261056 |
Bog'liq Xolmatov korxona jixozi kurs loyihasi1.2 Filtrlash turlari
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida filtr to‘siq turi va suspenziya xossalariga qarab, filtr to‘siq yuzasida cho‘kma hosil qilish, filtr kovaklarini to’ldirish va ham birinchi, ham ikkinchi hodisalar birgalikda kelgan (oraliq) holatlarda filtrlash jarayoni sodir bo'lishi mumkin.
Filtr to‘siq yuzasida cho'kma hosil qilib filtrlash jarayoni qattiq jism zarrachalarining diametri , kovak diametridan katta bo’lganda ro‘y beradi (3.14a-rasm). Bu usul suspenziya tarkibidagi qattiq faza konsentratsiyasi 1 % (mass) dan ortiq boʻlganda qoʻllaniladi, chunki bunda filtr to‘siq kovagiga kirish joyida gumbazchalar hosil boʻlishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Gumbazchalar hosil bo‘lishi, cho‘kish tezligi va suspenziya konsentratsiyasining ortishiga imkoniyat tug‘diradi.
Filtrlash sxemasi:
a – cho’kma hosil qilib filtrlash;
b – to’siq kovaklarini to’ldirib filtrlash.
Kovaklarni to’ldirish usulida filtrlash (3.14b-rasm) filtr to‘siq kovaklariga qattiq zarrachalar kirib toʻldirganda ro‘y beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, filtrlash jarayonining boshlangʻich davridayoq, qattiq zarrachalar to‘siq kovaklarini to'ldira boshlaydi. Bu hodisa, albatta filtr qurilmalar ish unumdorligini pasaytiradi. Jarayonni kerakli darajada ushlab turish uchun filtr to‘siqni birinchi holatini tiklash, ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. Buning uchun to‘siqlar suyuqlik oqimi bilan yuviladi yoki to‘siq metalldan yasalgan bo'Isa qizdirib kuydiriladi.
Oraliq filtrlash usuli bir vaqtning o‘zida ham filtr to‘siq yuzasida cho‘kma hosil qilish, ham kovaklarni to‘ldirib, filtrlash usullari ro‘y berganda amalga oshadi. Ushbu usulda kichik konsentratsiyali suspenziyalami filtrlash jarayoni tezligini oshirish uchun qo'shimcha moddalar ishtirokida olib boriladi. Jarayondan avval filtr to‘siq yuzasi qo‘shimcha modda bilan qoplanadi. Qo‘shimcha moddalardan qilingan qoplama to‘siq kovaklarini to‘lib qolishdan saqlaydi. Qo‘shimcha moddalar sifatida o‘ta mayin ko‘mir, perlit, asbest, kizelgur, fibroflo, askanit va boshqa materiallar qoʻllanilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, filtrlash jarayoni intensivligi va filtr qurilmaning ish unumdorligi filtrlash tezligiga bog’liqdir.
|
| |