3.2 Barabanli vakuum - filtr.
Barabanli vakuum filtr asosan flotatsiya fabrikalarida bo’tanani suvsizlantirishda ishlatiladi.Bu turdagi filtrlar konsentratsiyasi 50 ... 500 kg/m3bo‘lgan suspenziyalami uzluksiz ravishda ajratish uchun ishlatiladi (3.22-rasm).
Barabanli vakuum-filtr.
1-teshikli baraban; 2-filtr to'qima;3-cho'kmani kesib turuvchi pichoq;4-seksiya; 5-tog'ora; 6-aralashtirgich;7-truba; 8-suyuqlik purkagich; 9-boshtaqsimlagich.
Qattiq zarrachalar kristall, tolali amorf va kolloid tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Filtr ish unumdorligi qattiq zarrachalar tuzilishiga bog‘liq va yuqorida keltirilgan ketma - ketlikda pasayib boradi. Filtrning asosiy qismi gorizontal baraban boʻlib, u elektr yuritkich yordamida asta - sekin aylantiriladi. Odatda uning 0,3...0,4 qismi suspenziyali tog‘oraga tushib turadi. Tog‘ora ichida silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya tarkibini bir xil boʻlishini ta’minlaydi, ya’ni uning tarkibidagi zarrachalami cho‘kmaga tushishiga to‘sqinlik qiladi. Baraban ikkita silindrdan tuzilgan boʻladi. Tashqi silindr elaksimon boʻlib, uning ustiga sim to‘r tortilgan. Sim to‘rning usti esa, filtr to‘qima bilan qoplangan. Barabanning filtrlovchi to‘siqlaridan filtrat vakuum ostida so‘rib olinadi. Filtrning ustida suspenziyadagi qattiq zarrachalar cho‘kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho‘kma pichoq yordamida barabanning ustki qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning ichki qismi to‘siqlar yordamida alohida sektorlarga boʻlingan. Kanallar esa filtrlash jarayonining hamma sikllarini bevosita filtr ishlashini boshqaruchi bosh taqsimlagich bilan biriktirilgan. Bosh taqsimlagichda ikkita disk bo’lib, biri aylanma harakat qilsa, ikkinchisi - qo‘zg‘almasdir. Qo‘zg‘almas diskdagi teshiklar trubalar orqali vakuum-nasos hamda filtratni ajratib oluvchi va yuvuvchi suyuqlik bilan cho‘kmani ajratish va filtr to‘qimani tozalash uchun siqilgan havo beruvchi kompressor bilan ulangan bo’ladi. Bo’lgan tirqishlardan cho'kma to'kiladi. Aylanuvchi diskning har bir teshigi birin-ketin qo‘zg‘almas diskning teshiklari bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir marta aylanganida, filtrlash jarayonining hamma bosqichlari bajariladi. Birinchi bosqichda baraban seksiyalari vakuum-nasos bilan ulanadi va filtrat idishga tushadi. Keyingi bosqichda baraban seksiyalari yuvuvchi suyuqlik bilan ulanadi va cho‘kma yuviladi. Oxirgi bosqichda baraban seksiyalari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho‘kma quritiladi va filtrlash yuzasi tozalanadi. Bu turdagi filtrlaming ishchi yuzasi 5...150 m3 bo’ladi.
|