|
Kurs ishining predmeti va mazmuni
|
bet | 2/9 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 50,51 Kb. | | #263242 |
Bog'liq Kurs ishi Mavzu Ayollar liboslarini modellashtirishni mavzusin-www.fayllar.orgKurs ishining predmeti va mazmuni: ushbu kur ishi orqali biz Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash o’rganish orqali kiyimga qo’yiladigan talablarni, modellashtirishning maqsad va vazifalari shuningdek ayollar yozgi fasondagi bluzkasini modellashtirish o`rganamiz.
Kurs ishining maqsad – biz “ayollar kiymini modellashtirish” mavzusini chuqquroq o’rganish orqali kiyimga qo’yiladigan talablar shuningdek modellashtirishning maqsad va vazifalari o`rganish.
Kurs ishining vazifasi – Bia ushbu kurs ishida oldimizga quydagi vazifalarni qo’yib oldik :
Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash.
Kiyimga qo’yiladigan talablar.
Modellashtirishning maqsad va vazifalari.
Ayollar yozgi fasondagi bluzkasini modellashtirish.
Ayollar liboslarini modellashtirishni mavzusini oʻqitish metodikasi
2.1 Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash. Ayollar ko‘ylagini loyihalash.
Konstruksiya lotincha so‘z bo‘lib, aniq bir narsani qurish ma’nosini bildiradi. Kiyim konstruksiyasini quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha ta’riflash mumkin: tashqi tuzilishi (silueti va bichimi), detallarning konstruktiv qurilishi, biriktiruvchi choklar turiga va materiallariga qarab.
Agar kiyimni ishlab chiqarish — bu mavjud bo‘lgan texnik yozuv asosida uni tayyorlash bo‘lsa, shunday yozuvni vujudga keltirish jarayoniga loyihalash deyiladi. Loyihalash bo‘lg‘usi obyektning mo‘ljallanishi va uning xossalariga qo‘yilgan talablari ifodalangan boshlang‘ich yozuv mavjud bo‘lgan holdagina boshlanadi. Boshlan- g‘ich yozuv texnik topshiriq (TT) shaklida rasmiylash- tiriladi.
Texnik topshiriq bir qator loyihaviy jarayonlar va muolajalarni amalga oshirish yo‘li bilan loyihaviy konstruktorlik hujjatlariga aylanadi va bu loyihaviy konstruktorlik hujjatlar, konstruktor va ishlab-chiqarish o‘rtasida vositachi rolini o‘ynaydi.
1971-yilda sobiq Sovet ittifoqida qabul qilingan Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (ESKD) loyihaviy ishlarni tartibga solish maqsadida qilingan bo‘lib, Davlat standartlarining majmuasidan iboratdir. Bu standartlar loyihaviy-konstruktorlik hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish va ular bilan muomalada bo‘lish to‘g‘risida yagona uzviy bog‘langan qoidalarni ifodalaydi.
|
| |