• 1.2. Chizmachilik darsida burchaklarni teng bo’laklarga bo’lish va o’lchamlardan foydalanish.
  • O‘lchamlar
  • Kurs ishi mavzu: Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish. Abduraxmonova Zebo. Qo’qon – 2024 Mundarija




    Download 1,41 Mb.
    bet4/9
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #263628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    abduraxmonovaZebo


    Buning uchun aylana dastlab teng olti bo‘lakka bo‘lib olinadi (8.3-chizma, a). So‘ngra gorizontal markaz chizig‘i va uning aylana bilan kesishayotgan 4- hamda 10- nuqtalaridan sirkulda aylana radiusiga teng yoylar chizilsa, aylana o‘zaro teng 12 bo‘lakka bo‘linadi (8.4-chizma, a). Barcha nuqtalar ketma-ket o‘zaro tutashtirilsa, muntazam o‘n ikki burchak yasaladi (8.4-chizma, b). Aylanani teng besh bo‘lakka bo‘lish. Aylana radiusi OA teng ikkiga bo‘lib olinadi.
    Buning uchun A nuqtadan sirkulda aylana radiusiga teng yoy bilan aylana kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan B va C nuqtalar tutashtiriladi, shunda OA radiusda E nuqta aniqlanadi. E nuqta OA radiusni teng ikkiga bo‘ladi (8.5- chizma, a). E nuqtadan E1 radiusda yoy chizilsa, gorizontal markaz chiziqda K nuqta hosil bo‘ladi. 1 va K nuqtalar tutashtirilsa, aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi kesma, ya’ni aylananing beshdan bir bo‘lagi (vatari) hosil bo‘ladi (8.5-chizma, b). 1K kesma bilan aylana chizig‘i beshga bo‘lib chiqiladi (8.5-chizma, d). Barcha nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, beshburchak yasaladi (8.5-chizma, e). Aylanani transportir yordamida ham teng besh bo‘lakka bo‘lib chiqish mumkin. Ma’lumki, aylana 360° ga teng. aylanani beshga bo‘lmoqchi bo‘lsak 360:5=72° li markaziy burchak hosil bo‘ladi. Aylana markazi O dan boshlanuvchi bu markaziy burchaklarni transportir yordamida yasash mumkin. Aylanani teng yetti bo‘lakka bo‘lish. Bu yerda aylanani teng uchga bo‘- lishdagi usul qo‘llaniladi. Muntazam uchburchak bir tomonining teng yarmi muntazam yettiburchakning bir tomoniga to‘g‘ri keladi (8.6-chizma, a). Yoki aylanani teng beshga bo‘lishdagi usuldan ham foydalanish mumkin. Undagi BE kesma muntazam yettiburchaklikning bir tomoniga to‘g‘ri keladi.


    1.2. Chizmachilik darsida burchaklarni teng bo’laklarga bo’lish va o’lchamlardan foydalanish.

    Buyumning chizmalariga o‘lcham qo‘yishda O‘zDSt:2.307-68 da belgilangan qoidaga amal qilish kerak. Ularning asosiylari §-5 da bayon qilingan. Ish chizmasiga taluqli bo‘lgan asosiy qo‘shimcha qoidalarni ko‘rib chiqamiz. Buyumning ish chizmasiga o‘lcham qo‘yish buyumning yig‘ma birlikda ishlash sharoiti uning tayyorlash texnologiyasi bilan bog‘langan.


    O‘lchamlar: chizmalardagi o‘lchamlar uch guruxga bo‘linadi:
    1. Gaborit ya’ni (yeng katta) buyumni uzunligi, bo‘yi va yeni (yoki qalinligi). 2. Buyumning yelementlari.
    3. Buyumning yelementlarini o‘zaro joylashuvini aniqlovchi.
    Buyumning elementlarini o‘zaro joylashuvi holatini aniqlovchi o‘lchamga, aylanalarni markazi orasidagi o‘lcham, aylaning markazidan buyumning qirrasi va ko‘ndalang kesimigacha, teshikni devorigacha, o‘yiqgacha, tirqichgacha, teshikgacha, turtib chiqqan joyigacha va boshqa yelementlargacha bo‘lgan o‘lchamlar kiradi. Bundan tashqari o‘lchamlar bog‘langan va yerkin o‘lchamlarga ajratiladilar. Bog‘langan o‘lchamlar, o‘lcham zanjiriga kiradilar va buyumdagi detalni holatini aniqlaydilar. Erkin o‘lchamlar zanjir o‘lchamiga kirmaydilar, lekin bir-biriga tegib turmagan boshqa buyumlar sirtlarini muvofiqlashtiradilar. Chizmada o‘lchamlarni soni kam bo‘lishi kerak, lekin buyumning tayyorlash va nazorat qilish uchun yetarlik bo‘lishi zarur. Tasvirlarda bir xil yelementlarni o‘lchamlarni qaytarishga ruxsat berilmaydi. Buyumning tayyorlash va nazorat qilish qulay bo‘lishi uchun o‘lchamlar aniq yuzadan, chiziq va nuqtadan ko‘rsatilishi kerak. Lekin chizmalarda qo‘yiladigan hamma o‘lchamlar standart bilan belgilangan normal sonlar qtorida tanlanadi. Chiziqli o‘lchamning normal sonlar qatori O‘zDSt:6635-69, radiuslarni yumaloqlash normal qatori O‘zDSt:10948-64, burchaklarni normal soni O‘zDSt:8908-81, rezbani chiqishi, sbegi, kesilmay qolgan qismi, xalqasimon o‘yiq v faska O‘zDSt:10549-63, “Kalit-uchun” normal o‘lcham (kvadrat va oltiburchak yelementlarni alohida o‘lcham)- O‘zDSt:6424-73, umumiy belgilangan normal diametr O‘zDSt:6636-69, konuslik O‘zDSt:8593-86 lar bilan belgilangan.

    Download 1,41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish. Abduraxmonova Zebo. Qo’qon – 2024 Mundarija

    Download 1,41 Mb.