• 500 nafar
  • Kurs ishi mavzu: Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish. Abduraxmonova Zebo. Qo’qon – 2024 Mundarija




    Download 1,41 Mb.
    bet2/9
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #263628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    abduraxmonovaZebo

    25


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan,- deydi Sh.Mirziyoyev.

    “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.

    Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

    Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.Biz Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda sog‘lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz.
    Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratamiz.Dunyodagi Top-500 ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi. Bundan tashqari, bio-texnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar isteʼdodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi. Buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi. 


    Biz bugungi O‘zbekiston bu — kechagi O‘zbekiston emas, deb ko‘p gapiramiz. Buning isbotini avvalo yoshlarimiz siymosid́a, ularning yutuq va g‘alabalarida ko‘ramiz.Qadrli farzandlarim, bir narsadan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin: sizlarning qobiliyat va iste’dodingizni ro‘yobga chiqarish uchun biz bundan buyon ham barcha sharoit va imkoniyatlarni, albatta, yaratib beramiz.Men siz, azizlarning har biringizni o‘zimning o‘g‘lim, o‘zimning qizim, o‘zimning nevaram, deb bilaman.Sizlarning har bir yutug‘ingiz, g‘alabangizni o‘zimning yutug‘im, o‘zimning g‘alabam, deb qabul qilaman.Jonajon Vatanimiz, zahmatkash xalqimizning ana shunday yuksak ishonchi va mehriga doimo munosib bo‘ling, aziz o‘g‘il-qizlarim!” — dedi Shavkat Mirziyoyev. 

    Mavzuning dolzarbligi. Ta`lim jarayonini sifatli, jahon amaliyoti saviyasida tashkil etish, sifatli kadrlar tayyorlashda o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, axborot texnologiyalarini qo’llash va uni takomillashtirish, pedagogik ta`lim oluvchi shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil ravishda qidiruvchi, axborotlar to’plovchi va ulardan foydalana oluvchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida pedagogik faoliyat ko’rsatuvchi chizmachilik o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligini orttirish pedagogik tafakkurni kengaytirishda zarur bilimlarni shakllantirish va ko’nikma hosil qilish.



    Download 1,41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish. Abduraxmonova Zebo. Qo’qon – 2024 Mundarija

    Download 1,41 Mb.