• Operatsion tizim funksiyalari
  • Foydalanuvchi interfeysi
  • Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar




    Download 7,8 Mb.
    bet12/28
    Sana13.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #228141
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talabl

    Operatsion tizimlari
    Har qanday kompyuter uchun eng muhim tizimli dasturiy ta’minot paketi uning operatsion tizimi hisoblanadi. Operatsion tizim protsessor amallarini boshqaruvchi programmalarning integrallashgan tizimi boʻlib, kirish/chiqish va resurslarni saqlashni va kompyuter tizimi ishini nazorat qiladi hamda foydalanuvchilarning amaliy dasturlarini kompyuter qanday bajarganligini qoʻllab-quvvatlovchi har xil xizmatlarni koʻrsatishdan iborat.
    Operatsion tizimining asosiy maqsadi kompyuter tizimini - eng yuqori darajasiga chiqarish va tizimdan maksimal darajada samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi. Operatsion tizim bu axborotni qayta ishlash jarayonida zarur amallarni bajaradi va inson tomonidan bajariluvchi amallar sonini keskin qisqartirish bilan foydalanuvchiga katta yordam beradi. Masalan, sizning ilovalaringiz, tarmoqqa kirish uchun umumiy operatsiyalarini bajarish, ma’lumotlarga kirish, ularni saqlash va fayllarga yuklash, bosib chiqarish , interfeys bilan ta’minlash yoki tarmoqdan chiqish vazifalarini bajarishga sizga juda katta yordam beradi. Agar siz kompyuter bilan ishlash amaliy tajribasiga ega boʻlsangiz, bilasizki, operatsion tizim yuklangan va boshqa vazifalarni bajarishdan oldin yoqilgan boʻlishi kerak. Kompyuter tizimining foydalanuvchilari va aparatlari oʻrtasidagi bogʻlanishni ta’minlash uchun operatsion tizimlar talab etiladi va u eng zaruriy vosita boʻlib hisoblanadi.
    Operatsion tizim funksiyalari
    Operatsion tizimi kompyuter tizimi ishida beshta funksiyalarni bajaradi: foydalanuvchi interfeysini ta’minlash, resurslarni boshqarish, vazifalarni boshqarish, fayllarni boshqarish, utilitalar va qoʻllab-quvvatlash xizmati. 4.15-rasmga qarang.
    Foydalanuvchi interfeysi. Foydalanuvchi interfeysi operatsion tizimining bir qismi boʻlib bu siz tizim bilan muloqotda boʻlishingiz uchun xizmat qiladi, bunda siz dasturlar bilan ishlashingiz, fayllarga kirishingiz, ma’lumotlar yuklashingiz va boshqa vazifalarni bajarishingiz uchun intefeys sizga imkon yaratadi. Foydalanuvchi interfeysi uch asosiy turlarga boʻlinadi - bular menyu buyruqlari, boshqariladigan buyruqlar va foydalanuvchi grafik interfeyslari hisoblanadi.
    Operatsion tizimlar uchun foydalanuvchi interfeysi boshqa dasturlar va qisqa buyruqlarga kirib soʻnggi foydalanuvchi chiqishi yoki
    tanlov variantlaridan birini tanlash yoʻlini koʻrsatadi. Odatda, dasturiy ilovalarning foydalanuvchi grafik interfeysida (FGI), foydalanuvchiga qulay boʻlishi uchun belgilar, barlar, tugmalar, qutilar va boshqa tasvirlardan foydalaniladi. Bu (FGI) elektron sichqoncha yoki koʻrsatgich qurilmasi boʻlib, ushbu aloqa vositasi har bir narsani tanlashga yordam beradi. Ayni paytda, FGI da koʻp e’tirof etiladigan va eng koʻp tarqalgani bu ishchi stoli, ya’ni Microsoft Windows.

    4.14-rasm. Foydalanuvchi va kompyuter jihozlari oʻrtasidagi tizimli va amaliy dasturiy interfeysi.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




    Download 7,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar

    Download 7,8 Mb.