|
Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar
|
bet | 9/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablPersonal ma’lumot menedjeri
Personal ma’lumot menedjeri (PIM) foydalanuvchilarning va hamkorlikda ishlash ish unumdorligini oshirish uchun mashhur dasturiy ta’minot paketi. Lotus Organizer va Microsoft Outlook kabi har xil PIMlar foydalanuvchilarga mijozlar haqida ma’lumotlarni saqlash, tartiblash va olish hamda uchrashuvlar, majlislar va vazifalarni boshqarishda yordam beradi. Masalan, ma’lumot elektron ma’lumotlar sifatida yoki roʻyxatlar ma’lumotlari keltiriladi, uchrashuvlar yoki boshqa mahsulotlar; loyiha sifatida ishlatilishi; yoki kalitlar sifatida va xaridorlar, mijozlar yoki savdo xodimlari haqida ma’lumotlar yuboriladi. Koʻplab PIM lar hozirdaWorld Wide Web va e-mail pochtalarni boshqara oladi. Shuningdek, ba’zi PIMlar Internet va e-mail xossalariga ega, ular kontakt roʻyxatlar, vazifaviy ishlar va jadvallar PIM tarmogʻi orqali bogʻlanadi. 4.9-rasmga qarang.
Hamkorlikda ishlash dasturiy ta’minoti
Hamkorlikda ishlash dasturiy ta’minoti (Groupware) bu shunday programmaki, u guruhli topshiriqlarni bajarish uchun ishchi guruhlar va komandalar hamkorlik qilishiga yordam beradi. Masalan, Lotus Notes, Novell GroupWise va Microsoft Exchange kabi dasturiy mahsulotlar ishchi guruhlarning elektron pochta, muhokama guruhlari, vazifalar, berilganlar, audio va video konferensiyalarni boshqarish orqali hamkorlikda ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi. Hamkorlikda ishlash dasturlari Internet va korporativ Intranetga tayanadi va virtual jamoalar orqali ishlash uchun xalqaro qoʻllab-quvvatlash ekstranetlari bilan ishlaydi. Masalan, jamoa a’zolari Internetdan xalqaro e-mail sifatida foydalanishi mumkin, loyiha muhokamalari va Web ilova rivojlanishlari boʻlishi mumkin. Yoki ular korporativ internetni yangi loyihalar ishlab chiqish va Web serverlarda saqlanadigan hujjatlarda ishlash uchun foydalaniladi. 4.10-rasmga qarang.
4.10-rasm. Lotus Sametime dasturi
4.10-rasm. Lotus Sametime ishchi guruhlar va loyiha guruhlariga elektron jadvallar va boshqa ishchi hujjatlar almashuvini interaktiv onlayn hamkorlikda ishlash jarayonida amalga oshirishda imkon beradi.
Hamkorlikda qoʻllab-quvvatlash xususiyatlari boshqa dasturiy ta’minotga qoʻshiladi va hamkorlik xossalarini beradi. Masalan, Microsoft Officeda Microsoft Word har bir hujjatni tekshirib chiqadi, Excel esa jadvallar hosil qilib beradi va Outlook jamoa a’zolariga vazifalar yuklaydi. Yaqinda Microsoft Office odamlar ishlarini tahrirlash va bir xil paytda hujjatlarni ham tahrirlashga imkon beradi. Bundan foydalanib, har qanday oʻzgarishlar bir jamoa a’zosidan boshqasiga yetkaziladi.
Yaqindagi ikkita qoʻshimchalar hamkorlik dasturiy ta’minotini Microsoftning Windows taqsimlovchi xizmatlarida va IBM ning WebSpheresida joylashadi. Ikkala mahsulotlar ham jamoalarga Web saytlar yaratishga imkon beradi va hujjatlar tezda tarqatiladi. Shuningdek, bizneslar ushbu mahsulotlardan ilovalarni rivojlantirish maqsadida va tranzaksiya jarayonlarida qoʻllaniladi. Web saytlar hamkorlikni rivojlantirish va shaxsiy foydalanishni yoʻlga qoʻyadi.
|
| |