|
Dasturiy ta’minot komplekslari va integrallashgan paketlar
|
bet | 5/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablDasturiy ta’minot komplekslari va integrallashgan paketlar
Dasturiy ta’minot kompleksi sifatida umumiy foydalanishga moʻljallangan mashhur amaliy dasturiy ta’minotlarni muhokama qilishga oʻtamiz. Eng koʻp foydalanadigan paketlardan Microsoft Office, Lotus Smart Suite, Corel Word Perfect Office, Star Office Sun, va ularning ochiq kodi Open Office keltirish mumkin. Ularni komponentalarini oʻrganish sizga ish unumdorligingizni oshirish uchun foydalaniladigan muhim dasturiy vositalar obzorini beradi.
4.3-rasm toʻrtta top dasturiy paketlarni tashkil qilgan asosiy programmalarni solishtiradi. E’tibor bering, har biri matnlar, elektron jadvallar, taqdimotlar, grafiklar bilan ishlash, berilganlar bazasini boshqarish va personal axborotni boshqarish uchun dasturiy paketlarni birlashtiradi. Tanlagan versiyangizga qarab Microsoft, Lotus, Corel va Sun bir nechta boshqa programmalarni bogʻlaydi. Misollar Internet bilan ishlash, elektron pochta, web-nashr, kichik nashriyot tizimlari, ovozni tanib olish, moliyani boshqarish va elektron ensiklopediya programmalarni oʻz ichiga oladi.
Dasturiy kompleks uning har bir paketini alohida sotib olishdan koʻra ancha arzon tushadi. Yana bir ustunlik jihati shundan iboratki, barcha programmalari foydalanuvchi grafikaviy interfeysi (GUI) kabi bir xil ikonkalar, instrumentlar va holat qatori, menyu va h.k. dan foydalanadi va ularni oʻrganish va ishlatish ancha qulaydir. Dasturiy komplekslar yana orfografik tekshiruv va master yordami kabi umumiy instumentlarga ega, bu esa ularni samaradorligini oshiradi. Boshqa katta ustunliklaridan ulardagi fayllarni bir-biriga osongina import qilishi mumkinligidadir. Ushbu imkoniyatlar ularni har bir paket versiyasi xilma-xilligiga qaraganda samarali va oson ishlatish imkoniyatini beradi.
Albatta, koʻp programmalarni bitta paketga birlashtirish muayyan kamchiliklarga ega. Soha tanqidchilari aytishicha koʻplab dasturiy ta’minotlar foydalanuvchilar tomonidan hech qachon foydalanilmaydi. Komplekslar diskda oʻrnatish versiyasi va funksiyalariga qarab juda koʻp joy egallaydi (koʻpincha 250 megabaytdan koʻp). Ularning narxi 100$ dan 700$ gacha boʻlishi mumkin.
Ushbu kamchiliklar Microsoft Works, Lotus eSuite WorkPlace va AppleWorks kabi integrallashgan paketlardan foydalanishni davom ettirish sabablaridan biri hisoblanadi. Integrallashgan paketlar matnlar, elektron jadvallar, taqdimotlar, grafiklar bilan ishlash, berilganlar bazasini boshqarish va personal axborotni boshqarish uchun dasturiy paketlarning ba’zi funksiyalarini bitta dasturiy ta’minot paketiga birlashtiradi.
Integrallashgan paketlarda dasturiy komplekslarning aksariyat funksiyalari mavjud boʻlmaganligi sababli ular kam kuchli hisoblanadi. Ammo lekin, ularni cheklangan funksional imkoniyatlari diskda ancha kam joy egallaydi (koʻpincha 10 megabaytdan ham kam), narxi 100 $dan kam va koʻpincha mikrokompyuterlarda oldindan oʻrnatilgan boʻladi. Integrallashgan paketlar dasturiy ta’minot komplekslarining ba’zi ustunliklarini ta’minlaydigan koʻplab kompyuter foydalanuvchilari uchun yetarli boʻlgan funksiyalar va imkoniyatlarni taklif qiladi.
4.3-rasm. Toʻrtta eng yuqori reytingdagi dasturiy ta’minot komplekslarining asosiy programmalar komponentalari.
4.4-rasm. Netscape.com web saytida Microsoft Internet Explorer brauzerdan foydalanib Google va boshqa izlash tizimlariga kirish.
|
| |