|
Foydalanuvchi uchun amaliy dasturiy ta’minot
|
bet | 3/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablFoydalanuvchi uchun amaliy dasturiy ta’minot
4.1-rasm amaliy dasturiy ta’minot umumiy foydalanishga moʻljallangan va konkret funksiyalarni bajaruvchi dasturiy ilovalar kategoriyalariga boʻlinadigan koʻplab dasturlarni oʻz ichiga olishini koʻrsatadi. Umumiy foydalanishga moʻljallangan amaliy dasturlar foydalanuvchilar uchun umumiy ma’lumotlar bilan ishlashni bajaruvchi programmalar hisoblanadi. Masalan, matnlar bilan ishlash, elektron jadvallar, berilganlar bazasini boshqarish hamda grafikaviy programmalar uyda, ta’limda, biznesda, ilmiy va qator boshqa maqsadlarda mikrokompyuter foydalanuvchilari uchun mashhurdir. Chunki ular foydalanuvchilar ish unumdorligini keskin oshiradi. Boshqa misollar ishchi guruhlar va komandalar orasida aloqa va oʻzaro muloqotni qoʻllab-quvvatlash uchun web-brauzerlar, elektron pochta va boshqa jamoaviy ishni oʻz ichiga oladi.
Dasturiy ta’minotni qoʻshimcha klassifikatsiyalash usuli dasturiy ta’minotni qanday maqsadda ishlab chiqilganligiga asoslangan. Dasturiy ilovalarni identifikasiyalash uchun foydalanadigan foydalanuvchi dasturiy ta’minoti termini tashkilotda foydalanishi moʻljallangan tashkilot doirasida ishlab chiqiladi. Boshqa soʻz bilan aytganda dastur kodini yozuvchi tashkilot bir vaqtning oʻzida ham dasturiy ta’minot dasturiy ilovalarini foydalanuvchi tashkilotidir. Bunga qarama-qarshi COTS (commercial off-the-shelf) dasturiy ta’minoti tijorat maqsadlarida bir nechta nusxada sotish uchun ishlab chiqilgan (odatda, daromad olish uchun). Bunday hollarda dasturiy ta’minotni ishlab chiqqan tashkilotning oʻzi uni ishlatmaydi.
COTS dasturiy ta’minotini tavsiflashda ba’zi xarakteristikalari muhim hisoblanadi. Birinchidan, ta’rifida koʻrsatganimizdek, COTS dasturiy mahsulotlari rejalashtirilgan yangilash relizlari doirasidan tashqarida minimial oʻzgarishlar bilan koʻplab nusxalarda sotiladi. COTS dasturiy ta’minot xaridorlari uning spessifikasiyasi, grafigi yoki ixtiyoriy dastlabki kodi yoki ichki hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. COTS mahsulotlari sotiladi, ijaraga beriladi yoki keng jamotchilik uchun litsenziyalanadi, ammo deyarli barcha hollarda mahsulotni yetkazib beruvchi dasturiy ta’minotga intellektual mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bundan farqli ravishda ixtisoslashgan dasturiy ta’minot odatda uni ishlab chiqqan (yoki ishlab chiqishni moliyalashtirgan) tashkilotga tegishli boʻladi hamda texnik xarakteristikalari, funksionalligi va mahsulotga egalik huquqi ishlab chiqqan tashkilot nazoratida boʻladi.
4.1-rasm. Kompyuter dasturiy ta’minotining obzori.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda eng yangi innovatsiyalar ochiq kodli dasturiy ta’minot deyiladi.
Bunday yondoshuvda ishlab chiquvchilar dasturlash standartlaridan foydalanadigan dasturiy ilovalarni ishlab chiqishda hamkorlik qilib, ixtiyoriy ishlab chiquvchiga dasturiy ta’minotga oʻz ulushini qoʻshishga imkon beradi. Bundan tashqari, har bir ishlab chiquvchi oʻzini loyihasini nihoyasiga yetkazishi bilan dasturiy ilova kodi barcha xohlovchilar uchun bepul ishlatish imkoniyati paydo boʻladi. Biz ushbu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yangi yondashuvini batafsilroq hozirgi bobning 2-seksiyasida muhokama qilamiz.
|
| |