|
Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar
|
bet | 6/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablWeb-brauzerlar va boshqalar
Bugungi kunda kompyuterlarning koʻplab foydalanuvchilari uchun dasturiy ta’minotning muhim komponentalaridan biri web-brauzerlar hisoblanadi. Microsoft Explorer, Netscape Navigator, Firefox, Opera yoki Mozilla kabi brauzerlar navigatsiya va WWW, Internetning boshqa resurslari, korporativ intranet tarmogʻi va ekstranetni qoʻllab-quvvatlash uchun dasturiy ilovalar hisoblanadi. Brauzerlar universal dasturiy platformaga aylanmoqda, unda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni izlash, elektron pochta, muhokama guruhlari va boshqa koʻplab internet dasturiy ilovalari mavjud.
4.4-rasm NETSCAPE.COM web saytida qidirish tizimlari bilan ishlash uchun Microsoft Internet Explorer brauzeridan foydalanish namoyish etilgan. Netscape qidirish tizimi sifatida top reytinga ega boʻlgan Googledan foydalanadi, shu bilan birga Ask Jeeves, Look Smart, Lycos va Overture kabi qidirish instrumentlariga ham havola qiladi. Qidirish tizimlari yordamida ma’lumot qidirish Internet, intranet va ekstranet dasturiy ilovalarining ajralmas qismiga aylandi.
Soha ekspertlari bashorat qiladi: aksariyat odamlar kelajakda tarmoq kompyuterlaridan foydalanishi uchun web-brauzer model boʻlib qoladi. Hattoki, bugungi kunda video koʻrmoqchi boʻlsangiz, telefon qilmoqchi boʻlsangiz, programma yuklamoqchi boʻlsangiz, video konferensiya oʻtkazmoqchi boʻlsangiz elektron pochtangizni tekshirmoqchi boʻlsangiz yoki komandangiz biznes reja elektron jadvali bilan ishlamoqchi boʻlsangiz, bunday dasturiy ilovalarni yuklash va joylashtirish uchun oʻzingizni brauzeringizdan foydalanishingiz mumkin. Aynan shu sababli ba’zan brauzerlarni universal mijoz deb nomlashadi, ya’ni butun korxona boʻylab mijozlarning (foydalanuvchilar) barcha tarmoq hisoblash va kommunikatsiya qurilmalarida oʻrnatilgan dasturiy ta’minot komponentasi.
Elektron pochta, lahzali xabar va webbloglar
Birinchi navbatda koʻplab odamlar ishlarini oʻzlarining elektron pochtalarini tekshirishdan boshlashadi. Elektron pochta odamlarni ishlashi va bir-biri bilan aloqa usulini oʻzgartirib yubordi. Millionlab foydalanuvchilar bugungi kunda biri-biri bilan muloqot qilish maqsadida elektron xabarlar va ichiga joylashtirilgan fayllarni Internet, intranet va ekstranet yordamida uzatish va qabul qilish uchun elektron pochta dasturiy ta’minotiga bogʻlanib qolganlar. Elektron pochta tarmoq pochta serverlarida saqlanadilar. Siz xohlagan vaqtingizda elektron pochtangizni oʻqishingiz mumkin. Bir necha minut yoki sekundlarda bitta yoki koʻp odamlarga xabar tayyorlab yuborish yoki olish mumkin.
Oldin eslatganimizdek, bugungi kunda elektron pochta dasturiy ta’minoti web-brauzerlar va dasturiy ta’minot top-komplekslarining asosiy komponentasi hisoblanadi. Internet foydalanuvchilari uchun Internet-xizmatlari va internet provayderlari tomonidan taqdim etiladigan Microsoft Hotmail, Yahoo! Mail va Netscape WebMail kabi bepul elektron pochta paketlari mavjud. Microsoft Outlook Express, Windows Mail yoki Netscape Messenger kabi aksariyat elektron pochta dasturiy ta’minoti oldindan aniqlangan yetkazib berish roʻyxati asosida bir nechta foydalanuvchilarga xabarlarni yoʻnaltirish mumkin va parol xavfsizligini, xabarni avtomatik joʻnatishni va foydalanuvchilarni masofadan turib ishlash imkonini ta’minlashi mumkin. Ular yana xabarlarni papkalarda saqlash imkoniyatini beradi va elektron pochta xabarlariga hujjatlar va web-fayllarni biriktirish imkoniyatini beradi. Elektron pochta paketlari grafikaviy va multimediaviy fayllarni, matnni tahrir qilish va joʻnatish imkonini beradi, hamda kompyuter konferensiyalar imkoniyatini ta’minlaydi. Bundan tashqari sizning elektron pochta dasturiy ta’minoti avtomatik tarzda kiruvchi xabarlarni (hattoki, Internetdagi yangilik maqolalarini) filtrlashi va saralashi mumkin va ularni foydalanuvchilarning mos pochta yashiklari va papkalariga yoʻnaltirishi mumkin. Va nihoyat, elektron pochta koʻplab mijozlari kalendar va kontaktlarni boshqarish funksiyalaridan ham foydalanishadi.
Lahzali xabar (Instant messaging IM) almashuvi dunyodagi millionlab Internet foydalanuvchilari uchun elektron xabar standart usuliga aylandi. Lahzali xabar almashuvi yordamida biznes professionallar, oʻrtoqlar yoki hamkorlar guruhi elektron xabarni bir lahzada yuborishlari va qabul qilib olishlari mumkin, ya’ni real vaqtda va real gapirish rejimiga yaqin muloqot va hamkorlik qilishlari mumkin. Tez xabar yuboruvchi dasturiy ta’minotlarga internetdan olinadigan va IM xizmatlarini joriy qiladigan hamda mashhur IM tizimlari orqali tanlanadigan dasturlar kiradi, AOL Instant Messenger va ICQ, MSN Messenger va Yahoo Messengerlar kiradi. 4.5-rasmga qarang.
Webblog (odatda, qisqa qilib blog yoki “web-log” yoki “weblog”) shaxsiy yoki tijorat tabiatiga ega boʻlmagan web saytdan iborat boʻlib, har kun yangi ma’lumot bilan yangilanadi. Ma’lumot boshqa web saytlardan yoki boshqa manbalardan yoki foydalanuvchilar tomonidan elektron pochta orqali taqdim etilagan ma’lumotlardan shakillantirib sayt egasi tomonidan yoziladi.
Weblog tez-tez “bizning vaqtimizga mos” qarashlaridan egalik qilinadi. Umuman olganda, webloglar bir mavzu yoki fikrga qaratilgan boʻlishi kerak yoki odatda qiziqarli mavzuga qaratiladi. Umumiy ma’noda webloglar rivojlanayotgan tijorat savdolaridan, shaxsiy yoki umumiy va qisman mavzulardan tuziladi. Weblog shaxsiy fikrlardan yoki murakkab gʻoyalardan kelib chiqadi. Keyinchalik ular zamonaviy gʻoyalar ham deb ataladi.
Chunki bu yerda turli fikr va gʻoyalar mavjud, ular oson tushuniladi, ushbu atamaning ma’nosi qoʻshimcha joriy qilish deganidir. Formatlash va web saytga kirish orqali webloglar mashhur boʻlib bormoqda va kun sayin oʻzgarib bormoqda. Bunda ular web saytlar va ularning qatnashchilariga javob beradilar.
4.5-rasm. Yahoo! Lahzali xabarlar almashuvi tizimi elektron pochta funksiyalaridan foydalanish.
|
| |