• 8-rasm. Yorug’likning ikkita turmalin plastinkasi orqali o’tishi
  • Yorug’likning turmalin orqali tarqalishi




    Download 0.57 Mb.
    bet7/14
    Sana04.11.2022
    Hajmi0.57 Mb.
    #29074
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    Rivojova Gulzira 02074 — копия
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    Yorug’likning turmalin orqali tarqalishi.
    Shunday bir tajriba qilib ko’ramiz. Turmalin kristalidan T1 plastinka kesib olamiz; bu plastinkaning tekisligi kristall panjaraning o’q deb ataladigan tayinli yo’nalishlaridan biriga parallel bo’lsin; plastinka orqali uning sirtiga perpendikular yo’nalishda yorug’lik o’tkazamiz.

    8-rasm. Yorug’likning ikkita turmalin plastinkasi orqali o’tishi

    Kristallni yorug’lik nuri yo’nalishi atrofida bursak, turmalin orqali o’tgan yorug’likning intensivligida hech qanday o’zgarish sezmaymiz, vaholanki turmalin dastlabki yorug’lik dastasini ikki marta susaytiradi. Shunday qilib, odatdagi yorug’lik manbayidan (masalan, L elektron yonidan) turmalinga tushayotgan yorug’lik to’lqini o’zining tarqalish yo’nalishiga nisbatan asimmetriklik qilmaydi.Biroq nur yo’liga yana huddi shunday T2 turmalin plastinkasi birinchi plastinkaga parallel qilib qo’yilsa , u holda manzara murakkablashadi.


    Ikkala plastinkaning bir-biriga nisbatan tutgan vaziyati qanday bo’lishiga qarab ulardan o’tuvchi yorug’likning intensivligi o’zgaradi. Agar ikkala plastinkaning o’qi o’zaro parallel bo’lsa, intensivlik (ya’ni plastinkalar orqali o’tgan yorug’likning intensivligi) eng katta bo’ladi: agar plastinkalar o’qi bir-biriga perpendikular bo’lsa, intensivlik nolga teng (ya’ni yorug’lik butunlay yutilib qoladi), plastinkalarning bu aytilganlardan oraliq vaziyatida intensivlik ham eng katta qiymati bilan nol orasidagi qiymatga ega bo’ladi. Tajribaning ko’rsatishicha, intensivlik ga proporsional, bu yerda- ikkala plastinka o’qlari orasidagi burchak.
    Agar quyidagi gipotezalarni qabul qilsak, bu hodisalarni to’la izohlab berish mumkin. Birinchidan, yorug’lik to’lqinlarini ko’ndalang to’lqinlar deb faraz qilamiz, biroq manbaidan chiqayotgan yorug’likda tebranishlar ustun qiladigan yo’nalish yo’q, ya’ni tushuvchi yorug’likda to’lqin yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan hamma tebranish yo’nalishlari bor. Yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar degan farazga qaramay, birinchi tajribaning sababi ana shu. Ikkinchidan, turmalin ko’ndalang vektorlaridan biri, masalan, E vektori kristall o’qiga parallel yo’nalgan qo’shuvchiga ega bo’lgan to’qinlarnigina o’tkazadi, deb hisoblaymiz. Turmalin plastinkasi dastlabki yorug’lik dastasini huddi shu sababdan ikki marta zaiflashtiradi. Yorug’lik to’lqini bunday kristalldan o’tganda yorug’lik energiyasini bu qo’shuluvchiga tegishli qismigina o’tkaziladi. Kristallda elektr vektorlari xilma-xil joylashgan elektomagnitik yorug’lik to’lqinlari tushganda kristall orqali yorug’likning bir qismigina (yarmi) o’tadi, shuning uchun elekrt vektorining yo’nalishi kristall o’qiga parallel bo’lgan to’lqinlar kristalldan o’tadi. Shunday qilib, E vektorining vaziyati xilma-xil bo’lgan yorug’likdan E ning ma’lum bir yo’nalishiga mos qismini kristall ajratib oladi. Bundan buyon biz E vektorining va demak, H ning ham vaziyati xilma-xil bo’lgan yorug’likni tabiiy yorug’lik deb, E vektorining (demak, H ning ham) yo’nalishi yagona bo’lgan yorug’likni yassi qutblangan yoki chiziqli qutblangan yorug’lik deb ataymiz. Shunday qilib, turmalin tabiiy yorug’likni chiziqli qutblangan yorug’likka aylantirib, uning yarmini tutib qoladi, tutib qolgan yarmi elektr vektorining kristall o’qiga perpendikular bo’lgan tashkil etuvchisiga mos keladi.[9]

    Download 0.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 0.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug’likning turmalin orqali tarqalishi

    Download 0.57 Mb.