• Ilmiy raxbar
  • 6-sinfda informatika fani
  • Uslubiy qo’llanma
  • Kurs ishi mavzu




    Download 115.5 Kb.
    bet1/2
    Sana23.11.2023
    Hajmi115.5 Kb.
    #104112
      1   2
    Bog'liq
    Kurs ishi Safarov Asror
    маъруза, Aleksey Korobitsin. Muzeydagi sirli qotillik (qissa), 11, Beeline status , аптека 111, ИНТЕРНЕТ ПАКЕТ 50 МB, Cat, 3.11, Maǵlıwmatlardı uzatıw tarmaqları hám informaciya qáwipsizliginiń mashqalaları, Aminov Bilolbek Sonli usullar mustaqil ishi, 00, Mavzu Farqsizlik intеrvali, Информатикадан изохли лугат, 1

    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


    Jizzax Davlat Pedagogika universiteti

    Matematika va informatika fakulteti (sirtqi)


    Aniq fanlar kafedrasi
    Informatika fanidan

    KURS ISHI


    Mavzu: 6-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o'quv uslubiy majmua yaratish metodikasi.
    Bajardi. Matematika va informatika fakulteti (sirtqi)
    4-kurs talabasi A.Safarov


    Ilmiy raxbar: A.Xaliqov
    Mavzu: 6-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan electron o’quv uslubiy majmua yaratish metodikasi.
    Reja:

    1. 6-sinfda informatika fani

    2. Uslubiy qo’llanma

    3. Elektron darsliklar va ularni yaratish tamoyillari



    6-sinfda informatika fani
    Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o’tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko’p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo’lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o’tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o’yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo’llanmalardan ayni vaqtda ko’plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma‟lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o’z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.[2] Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy yetuk bo’lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi, deb ta`kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‟llanilayotganligi, oquvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan Ta`lim to’g’risida’gi qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg’or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo’nalishlari belgilab berilgan. Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni, ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yonalishlari boyicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy, ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni yo’nalishi bo’yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini ilgari suradi. O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo’lajak o’qituvchilar shaxsiga qo’yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy barkamollik deb belgilash mumkin . Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va o’qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o’rtasidagi bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro’l o‟ynaydi. Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda “Ta`lim to’g’risidagi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator vazifalar qo‟ymoqda. O‟quvchilarning informatik bilimlarini o’z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy pedagogik vositalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko‟rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud. Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Uslubiy qo’llanma
    Bugungi kun o’uvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g’oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo’yicha o‟qituvchilar, talaba o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va o’quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo’naltirish ko‟plab muammolari tez hal qilishga yordam beradi.[4] Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. Oqitish, o’rganish jarayonida o‟quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Informatika va AT fanlarini o’qitish jarayonida talabalar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan, bilim va ko‟nikmalarini yanada mustahkamlovchi elektron darslik texnologiyasidan foydalanish va informatika darslarini o’qitish hususiyatlari bilan tanishish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: O’rta va umumta`lim muassasalarida informatikani o‟qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Informatikani o’qitish metodlari va hususiyatlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: - Mavzuga oid ilmiy - metodik, pedagogik - psixologik adabiyotlar, me`yoriy hujjatlarni o‟rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; - Mavzuning ilmiy - nazariy, metodik hamda amaliy asoslarini tadqiq qilish yo’li bilan uning dolzarb muammo ekanligini asoslash; - Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart - sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash; - Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib, talabalar bilimlarini nazorat qilish samaradorlik darajasini aniqlash; - Informatika fanlarini o’qitish xususiyatlarini o’rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o‟zlashtirish. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish. Hozirgi vaqtda o’qitishning faol turlarini izlash har doim ham o’quv tехnik vosita bilan birgalikda olib borilmaydi. Bunga turli хil sabablar ko’rsatiladi, ularning asosiylaridan biri sхеmalarda tayyor javob ko’rsatilgan bo’lishligidadir. Shunga o’qituvchi tinglovchilar tarkibiga bog’liq holda `mеl’dan foydalanish variantini ham galma-gal qo’llaydi. O’quv jarayonining unumdorligini oshirish uning ilmiy - mеtodik ta`minotini takomillashtirish yo’li bilan ham yеchiladi. Mutahassislik va fanlar bo‟yicha o’quv - uslubiy majmuani ishlab chiqishga katta o‟rin ajratiladi, bu esa mazmunini takomillashtirish va o‟qitish jarayonini tashkil qilish tizimli yo‟lini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bu majmuaning butun bir bo‟limi o‟quv jarayonida o’quv tехnik vositani qo’llash bilan bog’liq masalalarga bag’ishlanishi lozim. O‟quv jarayonini takomillashtirish yo‟llaridan biri – uni intеnsifikatsiyasi hisoblanadi. Bu dеgani yangi o’quv usullariga o’tish, zamonaviy tехnik vositalaridan foydalangan holda katta hajmdagi aхborotlarni o‟zlashtirishdir. Grafoproеktor, kadaskoplar yordamida o’quv jarayonlarini namoyish qiluvchi didkatik matеriallarni ishlab chiqish zarur. Shuningdеk o‟quv jarayonida sхеmalar, jadvallar, diagrammalardan foydalanish o‟rganilayotgan ma`ruza matеriallariga tayanch hisoblanadi, hamda talabalarning umumiy madaniyatini oshirishga samarali ta`sir etadi. O’qitishning hozirgi zamonaviy bosqichi – o’quv jarayonini avtomatlashtirish, o’qitish tizimlarining kеng qo’llanilishi bilan haraktеrlanadi. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi – EHMning dasturiy taminot tizimidir. U o’quv dasturlarini ishlab chiqarish va yaratish, dialog rеjimida o‟quv jarayonini boshqarish, o’qitish natijalarini yig’ish va qayta ishlashga mo’ljallangan. O’qitilayotgan guruh ishiga rahbarlik qilayotgan o‟qituvchining vazifasi ularning savollarga javob bеrish va zarur hollarda yordam ko‟rsatishdir. Bu 10 yordam faqat tеrminal yuzasidangina emas, balki kurs yuzasidan bo’lgan savollarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi imkoniyatlari: - EHMni o’qitish, bilimlarni nazorat qilish, maslahat bеrish va turli mavzular bo’yicha yordam bеrish; - Induvidual yondashish asosida o’qitish hisobiga o’qitish sifatini oshirish va vaqtni tеjashga yordam bеradi.



    Download 115.5 Kb.
      1   2




    Download 115.5 Kb.