I BOB – FIZIK MAYDONLAR HAQIDA TUSHUNCHA




Download 97,08 Kb.
bet4/12
Sana17.05.2024
Hajmi97,08 Kb.
#240435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi mavzu

I BOB – FIZIK MAYDONLAR HAQIDA TUSHUNCHA.
Fizik maydonlar - materiyaning alohida shakli; cheksiz katta erkinlik darajasiga ega boʻlgan fizikaviy tizimlar. Fizik kattaliklarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi va cheksiz erkinlik darajalari soniga ega boʻladi. Elektromagnit va gravitatsion maydonlar, yadro kuchlari maydoni, turli zarralarga tegishli toʻlqin (kvant) maydonlar Fizik maydonlar hisoblanadi. Maydon tushunchasini birinchi marta 19-asr 30-yillarida M.Faradey elektr va magnit maydonlarga nisbatan ishlatgan. M.Faradeyning elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi gʻoyasini 19-asr 60-yillarida J.K.Maksvell rivojlantirgan. Hozirgi zamonaviy elementar zarralar nazariyasida oʻzaro taʼsirlashuvchi kvant Fizik maydonlar (elektronpozitron, foton, mezon) va boshqa maydonlar oʻrganiladi. Maydon (fizikada) — fizikaning asosiy tushunchalaridan biri. Fizik hodisalar maʼlum kattaliklar bilan tavsiflanadi. Fazoviy nuqtalarning har birida maʼlum bir qiymatga ega bulgan bu kattaliklar holisalarni miqdoriy tskshirish uchun zarur funksiyalardir. Fazolagi yeki uning ayrim qismilagi biror fizik kattalikning taqsimot sohasi my fizik kattalikning maydoni buladi. Fizik kattalikning tabiati (matematik maʼ-nosi)ga qarab, skalyar maydon. Fazodagi taqsimlangan fizik kattaliklar xususiyatlarini tekshiruvchi nazariya maydon nazariyasi deyiladi.
Maydon soʻzining fizik maʼnosi materiya tushunchasi bilan bogʻliq,. Fizika tekshiradigan qolisalarda materiya, umuman, ikki shaklda — modda va maydon shakllarila uchraydi. Modda va Maydon tafovutlarini ifolalashla tinch holatdagi massa, erkinlik darajalari soni tushunchalari muqimlir. Fizik maydonlar jumlasidan elektromagnit maydonnni koʻrsatish mumkin. Modla massaga, energiyaga, harakat miqdoriga, harakat miqdori momentiga ega boʻlgani singari, elektromagnit maydon ham elektromagnit massaga. elektromagnit energiyaga, elektromagnit harakat miqdoriga, elektromagnit harakat miqdori momentiga ega.Klassik fizikada modda uzluksiz (diskretlik, zarralik) xususiyatiga, maydon esa uzluksiz (toʻlqinlik) xususiyatiga ega, ular oʻzaro boglanmagan holda mavjud, deb hisoblanadi. Atom yadrolari, elementar zarralar fizikasining rivojlanishi natijasida modda va maydonning oʻzaro bogʻlanishi, yaʼni ularda ham toʻlqinlik, ham zarralik xususiyatlari borligi, yetarli sharoitlar mavjud bul ganda, moddaning maydonga aylanishi yoki maydonning moddaga aylanishi mumkinligi aniqlandi.




    1. Download 97,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 97,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB – FIZIK MAYDONLAR HAQIDA TUSHUNCHA

Download 97,08 Kb.