• yadroviy ilmlarning fundamental asoslari
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori




    Download 97,08 Kb.
    bet2/12
    Sana17.05.2024
    Hajmi97,08 Kb.
    #240435
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori:
    O‘zbekistonda yadro fizikasi tadqiqotlari o‘tgan asrning 40-yillarida boshlangan bo‘lib, 50-yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori malakali olimlarning mavjudligi, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish yo‘lida O‘zbekiston olimlarining samarali ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalari 1956 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining (keyingi o‘rinlarda – Institut) tashkil etilishiga zamin yaratdi.
    Institut o‘zining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik tadqiqot markaziga aylandi.
    O‘tgan yillar davomida Institut jamoasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi, shu jumladan:
    • atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, yadro tuzilishi nazariyasi, quyi va o‘ta past energiyalarda yadrolarning parchalanishi va qo‘shilishi fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va kosmologiya, qattiq jism radiatsion fizikasi, radiokimyoning fundamental jihatlari sohalarida yadroviy ilmlarning fundamental asoslari rivojlantirildi;
    • amaliy radiokimyo, radioizotoplar va ular asosida radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun radiatsion priborlar va uskunalar tayyorlash, opto- va mikroelektronika uchun yangi materiallar olish bo‘yicha amaliy yadro texnologiyalari yaratildi va hokazolar.

    Mavzuning dolzarbligi. Yadro fizikasi tez rivojlanib borayotgan sohadir. Keyingi yillarda texnika taraqqiyoti ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, bu bilan barcha elementlar yadrolarining kvant xususiyatlarini aniqlash asosiy masala sifatida turibdi. Bu kurs ishining dolzarbligi ham ayni shundan iboratdir. Hozirgi vaqtda yadro fizikasi fani oldida yadro kuchlar tabiatini, elementar zarralar xususiyatlarini hamda termoyadro reaksiyasini boshqarish kabi eng muhim muammolar turibdi.

    Download 97,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 97,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

    Download 97,08 Kb.