|
Kurs ishi mavzu: Yadro modellari klassifikatsiyasi
|
bet | 1/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 212,71 Kb. | | #238534 |
Bog'liq yadro modellari klassifikatsiyasi
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI NAZARIY FIZIKA KAFEDRASI
«ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Yadro modellari klassifikatsiyasi
Bajardi: ______ guruh talabasi ___________________________
Kurs ishining rahbari: Yuldoshov B.A.
Kurs ishining himoyasi komissiya a’zolari: __________________________
__________________________
TERMIZ 2024
Mundarija:
KIRISH……………………………………………………………………………3
1. Yadro modellariga ko`ra klassifikatsiya …...............................................……...4
2. Qobiqli model……………………………….…………………………......……7
3. Tomchi modeli…………………………………………………………..…..….13
4. Fermi-gaz modeli………………...…………………………………………......15
5. Umumlashgan model……………………………………………………...……17
Xulosa………………………………………………………………………….…20
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………22
KIRISH
Hozirgi vaqtda dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadro reaksiyalari yengil yadrolarning bir zarrali holatlari va tuzilishlari haqidagi ma’lumotlarni olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadro reaksiyalarini tahlil qilish orqali yadro nazariyasi uchun muhim bo‘lgan va deyarli modelga bog‘liq bo‘lmagan zarrachaning yadro periferiyasida bog‘langan holatda topilish ehtimolligini tavsiflovchi kattalik - asimptotik normirovka koeffitsientlarini olish imkonini beradigan kompleks yondashuv (ya’ni takomillashtirilgan buzilgan to‘lqinlar usuli) yaratildi va sezilarli darajada rivojlantirildi. Bu tezlatgich va o‘lchash texnikasining eksperimental imkoniyatlarini kengayishi bilan birga, oddiy va ekzotik yadrolarning (galo holatlar, barqarorlik chizig‘idan uzoqda joylashgan yadrolar va hokazo) tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi [4].
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda quyi energiyali yadro fizikasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yadro fizikasida xalqaro darajadagi eksperimental va nazariy ishlarni ham tadqiq qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish va uni kelgusida amaliyotga qo‘llashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur fundamental tadqiqotlarning yo‘nalishi 2022–2026 yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish Strategiyasida [1] o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”, 2017 yil 26 maydagi PF-3012-son “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” [2] farmonlari, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” [3] qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan.
|
| |