|
O ‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 211,2 Kb. | | #257131 |
Bog'liq Bektemirova Nafisa
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI NAZARIY FIZIKA KAFEDRASI «ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: __________________________________________________________
Bajardi: ______ guruh talabasi ___________________________
Kurs ishining rahbari: __________________________
Kurs ishining himoyasi komissiya a’zolari: __________________________
__________________________
TERMIZ 2024
KIRISH…………………………………………………………………………… 3
1. Yadroning qobiq modeli………………………………………………………... 9
2. Atom yadrosi va izoton, izotop va izobarlar………………………………….. 15
3. Bog’lanish energiyasi…………………………………………………………. 22
Xulosa……………………………………………………………………………. 26
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………... 28
KIRISH
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab Oʻzbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari хalqaro mukofotlarga sazovor boʻldi va хorijiy akademiyalar a’zolari boʻlib saylandi. Eng muhim ilmiy yoʻnalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim oʻrin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim oʻtkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qoʻshdi.
Sh.Mirziyoyev
Yadro fizika – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va yadro ichida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganuvchi fandir. XIX asr oxirlariga qadar atom tuzilishi haqida hyech narsa ma’lum emas edi.
1896 yil A.Bekkerel (1852-1908) radioaktivlikni kashf etdi. Radioaktiv nurlanishlarning fotoplastinkaga ta’sir etishligini va ionlash xususiyatlarini aniqladi. Ikki yildan so‘ng Per Kyuri (1859-1906) va Mariya Skladovskaya Kyuri (1867-1934) uran tuzlarining ham radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqlashdilar. Radioaktivlik vaqtida uch xil (, , ) nurlanish vujudga kelib, nurlanish intensivligi tashqi ta’sirlarga (temperatura, elektromagnit maydon ta’siri, deformasiya) boq’liq emas ekanligi aniqlandi. 1900 yili Kyuri, E.Rezerford, F.Soddilar radioaktiv namunalardan chiquvchi nur ikki marta ionlashgan geliy atomi, nur tez elektronlar oqimi, esa qisqa elektromagnit to‘lqin ekanligini aniqladilar. Shuning uchun, radioaktivlikni atom, molekulalarda bo‘ladigan jarayonlar deb tushuntirib bo‘lmaydi, balki yangi bir soha yadroda deyishlikni taqoza etadi.
J.J.Tomson 29 aprel 1897 yilda elektronni kashf etdi. 1904 yili esa o‘zining atom modelini tavsiya etdi, bunga ko‘ra atom o‘lchami R=10-8 sm bo‘lgan musbat va manfiy zaryadlarga aralash neytral shar deb, atom nurlanishini kvazielastik kuchlarga ko‘ra tebranishi tufayli deb qaradi. Atomdagi musbat va manfiy zaryadlarning taqsimlanishi xarakterini o‘rganish maqsadida E.Rezerford va uning xodimlari -zarrachalarning moddalarda sochilishini o‘rganishdilar. Tajriba natijasida -zarralar o‘zlarining dastlabki yo‘nalishini turli burchak ostida o‘zgartirgan. Ba’zilari juda katta (deyarli 1800 gacha) burchakka sochilgan. Olingan natijalarga asoslanib Rezerford atom ichida juda kichik hajmga to‘plangan va katta massaga tegishli kuchli musbat elektr maydon (yadro) mavjud bo‘lgandagina -zarralar shunday katta burchakka sochilishi mumkin, degan xulosaga keladi va 1911 yili o‘zining planetar modelini yaratdi. Bu modelga ko‘ra elektronlar yadro atrofida joylashadi. Elektronlar soni esa shundayki, ularning yig‘indi manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadini neytrallab turadi. Atomning bunday yadroviy modeliga ko‘ra uning deyarli butun massasi kattaligi taxminan 10-12 sm ga teng bo‘lgan atomning markazi yadrosida to‘plangan. Rezerford -zarralar sochilishini atom markaziy yadro zaryadi Ze ni -zarraning zaryadi Ze ni nuqtaviy deb, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvni Kulon qonuni
(1)
ga bo‘ysunadi deb hisobladi, bunda r-zaryadlar orasidagi masofa. Energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga ko‘ra sochilish uchun quyidagi formulani yaratdi
(2)
Bu yerda: dN-sochilish nuqtasidan r masofada d jismoniy burchakka to‘g‘ri kelgan va burchak ostida sochilgan -zarralar soni; --zarraning sochilishdan oldingi va keyingi yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak; No-sochuvchi yaproqchaga tushayotgan dastadagi -zarralar soni; t-sochuvchi yaproqcha qalinligi; no-sochuvchi moddaning 1 sm3 dagi yadrolar soni; m , v -mos ravishda zarraning massasi va boshlanq’ich tezligi.
(1) formulada.
Tajribalar (2) formulaning to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi, ya’ni -zarralar moddadan o‘tayotganda og‘ir zaryadli zarralardan kulon kuchi ta’sirida sochilishligini, hamda -zarralar bilan sochuvchi yadro orasidagi masofa 10-12 sm bo‘lganga qadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Rezerford taklif etgan atomning planetar modeli atomning barqarorligini, spektrning diskretligini tushuntira olmaydi. Chunki atom qobig‘ida elektron yadro atrofida aylanib turar ekan. Zaryadli zarra elektrodinamika qonunlariga ko‘ra o‘z energiyalarini nurlab borishligi lozim va nihoyat elektron yadroga kelib tushishligi kerak.
Bu qarama – qarshilikni 1913 yili daniyalik olim N.Bor o‘z postulatlari bilan bartaraf etdi. N.Bor postulatalariga ko‘ra atomda elektronlar aniq barqaror orbitalarda (K, L, M,...) harakatlanadilar. Har bir orbita bir-birlaridan muayyan masofada joylashgan aniq energiyaga egadirlar, bunda energiya yutmaydi yoki chiqarmaydilar. Energiya yutish va chiqarish faqatgina elektronning bir orbitadan ikkinchisiga o‘tishida ro‘y beradi. N.Bor o‘z postulatalari bilan atom yadrosidagi jarayonlarni klassik tasavvurlashdan kvant tasavvurlashga asos soldi. Shunday qilib, klassik fizika qonunlaridan kvant fizikaga o‘tish davri boshlandi.
1926 yili Geyzenberg, Shredingerlar mikrodunyo jarayonlarini kvant mexanikasi qonunlariga ko‘ra tushuntira boshladilar. Kvant mexanikasiga ko‘ra zarralar harakatini o‘rganishda ularning harakat trayektoriyasini, bir vaqtda turgan joyi va tezliklarini aniq bilish mumkin emas.
Geyzenberg noaniqlik prinsipini, Shredinger kvant fizikaning to‘lqin nazariyasini ishlab chiqdi. 1919 yil Aston mass-spektograf yaratdi va atomning massalarini aniq o‘lchash imkoniyatini berdi. Element massalari har xil bo‘lgan izotoplar aniqlandi. Rezerford birinchi marotaba alfa-zarralar bilan azot yadrosini bombardimon qilib yadro reaksiyasini amalga oshirdi. Bu hodisa insoniyatning tabiat kuchlari ustidan erishilgan dastlabki g‘alabasi edi. Reaksiyada vujudga kelgan vodorod atomining yadrosi barcha yadrolar tarkibiga kiruvchi elementar zarra ekanligi aniqlandi va proton (p) deb nom berildi. Proton birinchi degan (yadro tarkibiga kiruvchi birinchi zarra) ma’nosini anglatadi. Proton massasi mp=1836,1 me, zaryadi qp=1,6*10-19 Kl elektron zaryadiga teng ishorasi qarama-qarshi.
Proton kashf etilgandan so‘ng yadroning proton-elektron modeli yaratildi, lekin bu model yadro momentlarini tushuntira olmadi.
Yadro ichki sirlarini o‘rganish uchun yuqori energiyali tezlatgichlar qurila boshlandi. Shu maqsadda elektrostatik generator Van-de-Graf: E.Lourens tomonidan siklotron yaratildi. 1932 yili D.Chedvik (1891-1974) zaryadsiz massasi proton massasiga yaqin mn=1838,6 me neytral zarra neytronni kashf etdi.
Neytron kashf etilgach, D.D.Ivanenko, Geyzenberglar atom yadrosining proton-neytron modelini tavsiya etishdilar. Bu modelga ko‘ra atom yadrolari proton va neytronlardan tashkil topgan deb qaraladi. Hozirgi kungacha ham shunday tasavvur saqlanib kelmoqda. D.Kokroft, E.Uoltonlar sun’iy tezlashtirilgan protonlar bilan birinchi yadro reaksiyasini amalga oshirdi. K.Anderson kosmik nurlar tarkibida pozitron (e+) ni kashf etdi. Kosmik nurlar va yadro nurlanishlarni o‘rganish uchun Vilson kamerasi va fotoemulsiya usullari yaratildi. Yadro tarkibini o‘rganish bilan bir vaqtda yadro kuchlar xususiyatlari aniqlashga jiddiy e’tibor qaratildi. I.E.Tamm 1895-1971, D.D.Ivanenko va 1907-1981, keyinchalik 1935 yillarda yapon olimlaridan X.Yukavalar yadro kuchlar oraliq mezon zarralar yordamida amalga oshadi deb qarab o‘zlarining mezon nazariyasini ishlab chiqishdilar.
1934 yili I.Kyuri va F.Jolio-Kyurilar su’niy radioaktivlik hodisasini E.Fermi -yemirilish nazariyasini yaratdi.
1937 yil K.Anderson, S.Nedermeyerlar kosmik nurlar tarkibida -mezon zarralar ochildi. Bu vaqtga kelib ko‘plab elementar zarralar va bu zarralarning bir-birlariga o‘tishliklari o‘rganila boshlandi.
1939-1945 yillar og‘ir yadrolarning neytronlar ta’sirida bo‘linishini bu bilan katta energiya ajralishini, ya’ni yadro zanjir reaksiyalari amalga oshirildi.
Yadro bo‘linish nazariyasini 1939yil Ya.I.Frenkel, N.Bor va J.Uylerlar tomchi modeliga asosan ishlab chiqishdi. E.Fermi boshchiligida AQSh da 2-dekabr 1942 yil atom reaktori ishga tushdi. 1944-1945 yillarda V.I.Veksler, E.Mak-Millan zaryadli zarra tezlatgichlariga avtofazirovka prinsipini ishlab chiqdilar bu esa o‘z navbatida tezlatgichlar energiyasini bir necha tartib oshirish imkoniyatini berdi.
1946 yildan boshlab ko‘plab (betatron, sinxrotron, sinxrofazotron, chiziqli rezonans) tezlatgichlar qurila boshlandi.
Tezlatgichlar yaratilishi ko‘plab elementar zarralar (mezonlar, adronlar, giperonlar, rezonans zarralari) ochilishiga va ularning xususiyatlarini o‘rganish, bundan tashqari, turli yadro reaksiyalarini o‘tkazish imkoniyatini berishdi.
Bu davrga kelib ko‘plab yadro modellari yaratildi. 1954 yil 27 iyunida sobiq SSSRda birinchi atom elektro-stansiyasi (AES) ishga tushirildi. Bu bilan yadro energiyasidan tinchilik maqsadida foydalanish davrini boshlab berdi, hozirgi vaqtda yuzlab (AES) lar ishlab turibdi. Yadro ichki energiyalardan foydalanishning yana bir turi yengil yadrolar qo‘shilishi (sintez) reaksiyalari ya’ni termoyadro reaksiyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda termoyadro reaksiyasini boshqarish eng aktual muammo, bu muammo hal etilsa, insoniyatning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘la qondirilgan bo‘lur edi.
|
| |