• 1. Qisqacha uslubiy qo‘llanmalar va tushuntirish xati mazmuni
  • Kurs ishi reja




    Download 0.62 Mb.
    bet1/10
    Sana30.07.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #77663
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi reja (1)
    Topshiriq-1 (2), Hayotiy faoliyat havfsizligi, 3. Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi, Abu Rayhon Beruniy, Demopdf (4)

    KURS ISHI
    REJA:
    Kirish
    1. Qisqacha uslubiy qo‘llanmalar va tushuntirish xati mazmuni
    2.Kurs ishi vazifasi
    3.Kurs ishini bajarish
    3.1. Berilgan aniqlik asosida sistemaning va oldingi kuchaytirgichning zaruriy uzatish koeffisientlarini aniqlash.
    3.2. Sistemaning uzatish funksiyalarini topish va turg'unlikning chastotaviy mezoni asosida sistemaning turg'unligini analiz qilish.
    3.3. Berilgan sistemaning logarifmik chastota xarakteristikasini qurish
    3.4.Zaruriy sistemaning LAChX va LFChXsini qurish.
    3.5.LAChXlar asosida korrektlovchi quriimani tanlash
    3.6.O'tkinchi jarayonni EHMda hisoblash.
    3.7.Berk sistemadagi qaror xatolikni xisoblash.
    4. Karrektlovchi qurilmaning parametr qiymatlarini hisoblash.
    4.1.Diffirensiallovchi uchun
    4.2.Integrallovchi uchun.
    5.Chiziqli impul's sistemaning turg'unligini analiz qilish va o'tkinchi jarayonini hisoblash
    6.Impul'sli sistemaning turg'unligini Gurvis mezoni yordamida aniqlash
    7. Nochiziqli ABSni tekshirish
    7.1. Nochiziqli ABSdagi avtotebranishlar rejimini Gol'dfarb usuli yordamida tekshirish
    8.Xulosa
    9.Adabiyotlar


    K I R I SH

    Kurs ishidan maqsad «Avtomatik boshqarish nazariyasi» kursining nazariy qismlarini mustahkamlash, avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hisoblash usullarini egallash va shu sistemalarni elektron hisoblash mashinalarida (EHM) tekshirishni o‘rganishdir.


    Kurs ishining mazmuni chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqarish sistemalarini EHM yordamida hisoblash va tekshirishdan iboratdir. Bunday sistemalar xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida texnologik jarayonlarni va obektlarni boshqarishda keng qo‘llaniladi. ABSni tekshirishning samaradorligi oshirish uchun hisoblash ishlarida EHMni keng qo‘llash zarur.


    1. Qisqacha uslubiy qo‘llanmalar va tushuntirish
    xati mazmuni


    1. Sistema aniqligiga qo‘yilgan talab asosida berilgan strukturaviy sxema uchun kuchaytirgichning kerakli uzatish koeffitsienti hamda ochiq va berk sistema uchun uzatish funksiyalari aniqlansin. Turg‘unlikning chastotaviy mezoni yordamida berk sistemaninig turg‘unligi EHMda aniqlansin hamda ochiq sistemaning LAX va LFXsi orqali o‘tkinchi jarayon sifatiga baho berilsin.

    2. Sistema sifatiga qo‘yilgan talablar orqali ochiq va zaruriy sistemaning LACHXsi hamda LFCHXsi qurilsin.

    3. Korrektlovchi elementning LAXsi topilsin; prinsipial sxemasi tanlansin va parmetrlari hisoblansin.

    4. Korrektlangan ochiq sistema LACHXsi va LFCHXsi qurilsin va ular asosida o‘tkinchi jarayon sifati baholansin. Struktur sxema qurilsin va EHMda o‘tkinchi jarayon hisoblansin. O‘tkinchi funksiya orqali sistemaning sifat ko‘rsatkichlari hisoblansin.

    5. Korrektlangan sistemaning xatolik bo‘yicha uzatish funksiyasi topilsin va qaror rejimda xato quyidagi kirish ta’sirlarida hisoblansin.


    a) x(t)=1(t); b) x(t)=t; v) x(t)=t2


    1. Nochiziqli sistemaning strukturaviy sxemasi tuzilsin (Berilgan chiziqli sistemadagi kuchaytirish elementi tegishli statik xarakteristikali nochiziqli element bilan almashtiriladi). Sistemaning chiziqli qismi uchun AFXsi va nochiziqli zveno uchun ekvivalent AFXsi hisoblanadigan ifoda topilsin (1-ilova).

    2. Sistemada avtotebranishlar hosil bo‘lish imkoniyati hamda uning amplituda va chastotasi topilsin. Avtotebranishlar turg‘unligi va parametrlarini aniqlash uchun Goldfarb usulini qo‘llash mumkin. Hisoblash aniqligini oshirish uchun va xarakteristikalar kesishish nuqtalari atrofida kattaroq masshtabda alohida qurilishi lozim.

    Hisoblarni tushuntirishda fikrni aniq ifodalashga alohida e’tibor berish zarur. Qisqartma nomlar birinchi marta ishlatilishida to‘liq yozilishi kerak. Rasmlar tagida ularning mazmunini aks ettiruvchi yozuvlar hamda ketma-ketlik tartibi bo‘lishi shart. Masalan, 2-rasm. Berk sistemaning o‘tkinchi jarayon grafigi. Adabiyotlarga ilova [1] tarzida beriladi.
    Tushuntirish xatida materiallarni joylashtirish tartibi: Muqova (2-ilova), o‘qituvchi imzolagan kurs ishi vazifasi, kirish, hisob qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija.

    Download 0.62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.62 Mb.