• KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI
  • Maʼlumotlar to‘plami jadvallari (MTJ)
  • XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR




    Download 0,64 Mb.
    bet4/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #104751
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Umarov R
    11-sinf-test-va-yozma-ish-informatika-baxtiyoruz, Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni, Mustaqilishgesrgse4g (1), Egamqulova Charosxon 2, 2-1429-Semi-Radial-5Parts-PGo-16 9, 3 labaratoriy.doc, Unsolved-Differential-Equations-with-Respect-to-the-Product (1), Техnologiya ta’limining shakl va metodlari p f. f d. Pulatova Di-fayllar.org, portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari, Qiz bolalar kuylagi asos chizmasini konsturuksiyalash va murakka, auto-cad-grafik-dasturida-mahkamlash-detallarini-modellashtirish, 43728 тест 200 та -- 2018 йил
    XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR
    Menga berilgan hudud yani o‘zim yashayotgan Qayirma MFY Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani joylashgan hisoblanadi viloyat va tuman bo‘yicha umumiy tafsiflaydigan bo‘lsam.


    Oltiariq tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargʻona, shim.dan Namangan viloyati, gʻarb va shim.gʻarbdan Rishton, Buvayda hamda Bagʻdod, shim.-sharkdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va jan.dan Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km². Aholisi 166 ming kishi (2003). Oltiariq tumanida 1 shahar (Tinchlik), 1 shaharcha (Oltiariq), 15 qishloq fuqarolari yigʻini (Azimobod, Boʻrbaliq, Joʻrak, Zilxa, Katput, Oltiariq, Oqboʻyra, Povulgʻon, Polosoy, Fayziobod, Yangiarab, Yangiqoʻrgʻon, Qapchigʻay, Qiziltepa, Eskiarab) bor. Markazi — Oltiariq shaharchasi.
    Tabiati. Tuman hududining jan. adirlar, soylarning yoyilmalari, kumli shoʻrxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500-700 m. Bu yerlar togʻlardan oqib tushadigan koʻp soylarning qad. konglomeratlaridan — Soʻx svitasi komplekslaridan tarkib topgan (qalinligi 80-200 m). Adirlarning Markaziy Fargʻona tekisliklariga qoʻshilib ketgan qanotlari yoyilma koʻrinishida boʻlib, toshli-shagʻalli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shim. qismining relyefi keng tekislik boʻlib, yuzasini qum, gil, oʻnlab m chuqurlikda toshli-shagʻalli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 m kalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz choʻkindilari bor. Iklimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol boʻladi (tezligi sekun-diga 12-15 m). Yillik oʻrtacha temperatura18°, iyulda 31—40°, eng yuqori temperatura 55°, yanvarda oʻrtacha temperatura —2°, eng past temperatura —23°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100-180 mm. Adir va adir etaklarida och boʻz, toʻq boʻz, qoʻngʻir boʻz, markaziy va shim. qismida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq shoʻrxok tuproklar tar-qalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemer-oidlar, markaziy va shim. qismidagi qumliklarda shoʻra, yulgʻun, selin, yan-toq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, quyon, tulki, olmoxon, tipratikan, oʻqilon, chiporilon, burgut, boyoʻgʻli, kalxat, qiygʻir va boshqa bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Jan. Fargʻona, Katta Fargʻona, Katta Andijon, Soʻx-Shohimardon kanallaridan suv oladi. „Qoʻrgʻontepa“, „Keng koʻl“ suv omborlari qurilgan. Choʻl qismida yirik mineral suv havzasi bor.
    Aholisi, asosan, oʻzbeklar (93,5%), shuningdek, tojyk (4, qirgʻiz (1,9%), rus, koreys, ar-man, yapon, xitoy, nemis, chuvash, qozoq, ozar-bayjon, ukrain va boshqa millat vakillari (1,1%) Ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 263 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 22 ming 500 kishi (14%), qishloqaholisi 143 ming 500 kishi (86%; 2003).
    Oltiariq iqtisodiyoti. Oltiariq tumani viloyatning markaziy qismida joylashganligi, muhim transport yoʻllarining oʻtganligi, iqlim sharoitining qulayligi tu-manda ishlab chiqarish, dehqonchilik va tadbir-korlik, madaniymaishiy sohalari va savdo-iqtiso-diy munosabatlarining rivojlani-shiga muhim omil boʻlmokda. Oltiariq tumani korxonalari va turli muassasalar Oltiariq shaharchasi, Tinchlik shahri, Qapchigʻay, Fayziobod qishloqlarida joylashgan. Tumanda respublikadagi dastlabki korxonalardan hisoblangan Oltiariq neftni qayta ishlash va Oltiariq paxta tozalash zavodlari, shuningdek, „Qiziltepa“ mineral suv qadoqlash zavodi, , „ Xamza“ mineral suv qadoqlash zavodi, „Spring“ suv qadoqlash zavodi, vagonlarni bugʻlab yuvish korxo-nasi, Qapchigʻay temir-beton buyumlari zavodi, Poʻlatobod gʻisht ishlab chiqarish zavodi, Fayziobod qurilish kombinatlari (2 ta), 2 mexanizatsiyalashgan qurilish tashkiloti, MTP lari, 2 avtokorxo-na, avtomobil yoʻllarini qurish, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa mavjud.
    Tumandagi 1051 xoʻjalik yurituvchi subyektlardan 18 tasi aksiyadorlik jamiyati, 15 shirkat xoʻjaligi, 6 yirik sanoat korxonalari, 145 kichik va oʻrta korxonalar, 326 fermer xoʻjaliklardir.
    Tuman hududida respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Toshkent—Fargʻona hamda mahalliy Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Qoplamali asfalt yoʻllarining umumiy uz. 392 km.
    Qishloq xoʻjal igining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumandagi 24 ming ga sugʻoriladigan yer maydonidan 20,6 ming ga yerga ekin ekiladi. Oltiariq tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, Qiziltepa fermerlar birlashmasi, tuman fermerlar uyushmasi tomonidan 7895 ga yerga paxta, 8520 ga yerga don ekinlari ekiladi (2002). 534 ga oʻrmonzor, 1530 ga koʻp yillik daraxtzor, shundan 1250 ga bogʻ, 21 ga tokzor, 250 ga tutzor bilan band.
    Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 29,8 ming qoramol (shu jumladan, 12,8 ming sigir), 13,9 ming qoʻy, 32,6 mingdan ziyod parranda boqiladi (2003). Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.
    Oltiariq tumanida 41 umumiy taʼlim maktabi, 9 yillik tayanch maktabi, 4 litsey va gimnaziya, 5 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida 41 mingdan ziyod oʻquvchiga 3 mingdan ziyod oʻqituvchi taʼlimtarbiya beradi. Tumanda 2 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, futbol maktablari ishlab turibdi.

    KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI


    Kurs ishining asosiy bajarish qismiga kelsak buning uchun biz birinchi ishni hudud to’g’risida ma’lumotlarni to’plashdan foydalanamiz.
    Buning uchun biz o’zimizga tushgan xududning kartasini tanlab olib ArcGIS dasturiga olib hududning sxematik kartasini olishimiz kerak. ArcGIS dasturida katologdan baza yaratib uning ichiga naborlar yaratishimiz kerek. Naborni ichiga biz uchun kerak bo’ladigan (chiziqli, nuqtali, maydonli elementlar kerek bo’ladi. Maʼlumotlar to‘plami jadvallari (MTJ). Geomaʼlumotlar bazasida har bir maʼlumotlar to‘plami bir yoki bir necha jadvallarda saqlanadi

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR

    Download 0,64 Mb.