• Topshiriqni qabul qildim: ___ _______ __________________
  • Mundarija 1.Kirish 2. Termometrlar 2.1 Haroratni termometrlar bilan o‘lchash asoslari va xususiyatlari 3.Kengayish termometrlari
  • Kurs ishining topshirig`i Variant№24




    Download 1.59 Mb.
    bet2/10
    Sana22.11.2022
    Hajmi1.59 Mb.
    #31373
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Harorat (Автосохраненный)
    Tadqiqot amaliy, tadqiqot, 1-amaliy mashg\'ulot, Слайд
    ___

    _______

    __________________




    sana

    imzo

    lavozimi F.I.O

    Topshiriqni qabul qildim:

    ___

    _______

    __________________




    sana

    imzo

    F.I.O


    Mundarija
    1.Kirish
    2. Termometrlar
    2.1 Haroratni termometrlar bilan o‘lchash asoslari va xususiyatlari
    3.Kengayish termometrlari
    3.1 Dilatometrik va bimetal termometrlar
    4. O`lchov vositasi yordamida olingan natijalarni qayta ishlash
    5.Xulosa
    6.Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    So'nggi yillarda mikroelektronikada jadal rivojlanish turli yo'nalishdagi uskunalarni "intellektualizatsiya qilish" uchun mo'ljallangan bitta chipli mikrokontrolderlarni chiqarish bilan bog'liq yo'nalishni oldi. OEVM-bis shaklida konstruktiv ravishda ishlab chiqarilgan va mikroevmning barcha tarkibiy qismlarini o'z ichiga olgan qurilmalar: mikroprosessor, dastur xotirasi va ma'lumotlar xotirasi, shuningdek tashqi muhit bilan bog'lanish uchun programlanadigan interfeys sxemalari. Turli maqsadlar uchun tizimlarda mikrokontrolllardan foydalanish past narxlarda juda yuqori ishlash ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib, mikroprotsessor vositalarining jahon bozorining uchdan ikki qismidan ko'prog'i yagona chipli kompyuterlardir. Bugungi kunga kelib, bir necha o'nlab turli xil mikroprotsessor to'plamlari va bitta chipli mikro elementlar mavjud bo'lib, ular bit chuqurligi, buyruqlar tizimi, tezlik, quvvat iste'moli, quvvat qiymatlari va boshqalar bilan ajralib turadi. Bu daraja bir qator texnologik jarayonlarda muhim parametrlardan biridir. Yuqori bosim va haroratda (energiya bloklari barabanlari, bug'lanish qurilmalari va boshqalar), agressiv suyuqliklar (kislotalar, gidroksidi, suyuq xlor va boshqalar), korroziv bo'lmagan suyuqliklar. Haroratni o`lchash eng muhim vazifalardan biri. Haroratni o`lchashning bir qancha usullari va harorat o`lchash vositalarining bir qancha turlari mavjud.
    1.Kengayish termometrlari.
    2.Termojuftlar
    3.Pirometrlar
    4.Qarshilik termometrlari

    Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham


    past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi. Haroratni o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma’lum bo‘lgan ikki jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina mumkin bo‘ladi. Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq bo‘lgan va osongina o‘lchanadi gan fizik xossalaridan birortasini o‘zgartirishdan foydalaniladi. Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

    bu erda, K. — 1,380·10-23 J·K-1, — Bolsman doimiysi; T — jism mutlaq harorati, 0K. Agar jismning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida energi- yalarning tenglashuvi ro‘y beradi: yuqoriroq haroratga va, demak,molekulalarining ko‘proq o‘rtacha kinetik energiyasiga ega bo‘lgan jism o‘z issiqligini (energiyasi- ni) kamroq haroratga va, demak, molekulalarining kamroq o‘rtacha kinetik energiyasiga ega bo‘lgan jismga beradi. SHunday qilib, harorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini xarakter- laydigan parametrdir. Ammo haroratni bevosita o‘lchash mumkin emas: uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan qandaydir boshqa fizik parameter- lari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga masalan, hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik ravshanligi va hokazolar kiradi.
    Harorat o‘lchaydigan asbobni 1598 yilda Galiley birinchi bo‘lib tavsiya etgan.
    So‘ngra M. V. Lomonosov, Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan. O‘lchanayotgan haroratning son qiymatini topish uchun haroratlar shkalasini
    o‘rnatish, ya’ni sanoq boshini va harorat oralig‘ining o‘lchov birligini tanlash
    lozim. Kimyoviy toza moddalarning oson tiklanadigan (asosiy reper va tayanch)
    qaynash va erish nuqtalari bilan chegaralangan harorat oraligidagi qator belgilar,
    harorat shkalasini hosil qiladi. Bu haroratlarga t' va t’’ qiymatlar berilgan. U holda
    o‘lchov birligi:
    1-formula
    bu erda t'' va t '—oson tiklanadigan o‘zgarmas haroratlar: n— t '', t'tayanch nuqtalar orasidagi harorat oralig‘I bo‘linadigan butun son.
    Harorat shkalasining tenglamasi:
    2-formula
    bu erda, t' va t" — moddannng tayanch nuqtalari (760 mm sim. ust. bosimida va og‘irlik kuchining 980, 665 sm/s2 tezlanishida muzning erish va suvning kaynash haroratlari); υ' va υ"—t', t" haroratlardagi moddaning (suyuqlikning) hajmi; υ — t haroratdagi moddaning (suyuqlikning) hajmi.
    Tabiatda hajmiy kengayishi va harorati chiziqli bog‘langan suyuqliklar bo‘l- maydi. SHuning uchun, haroratlarning ko‘rsatishi termometrga solinadigan mod- daning (simob, spirt va boshqalar) tabiatiga bog‘liq. Fan va texnikaning rivoj- lanishi bilan termometrga solinadigan moddaning bironta xususiyati bilan bog‘- lanmagan yagona harorat shkalasini yaratish zarurati paydo bo‘ladi. 1848 yilda ingliz fizigi Kelvin termodinamikaning ikkinchi qonuni asosida yangi harorat
    shkalasini tuzishni taklif qildi. Termodinamik haroratlar shkalasining tenglamasi:
    3-formula
    bu erda, Q100 va Q0 — suvning qaynash va muzning erish haroratlariga mos
    issiqlik mikdorlari; Q — T haroratga mos issiqlik mikdori.
    O‘lchov va vaznlar bo‘yicha 1960 yilda o‘tkazilgan XI xalqaro konferensiya
    qarorlarida ikki harorat shkalasi: Kelvin gradusi (0K) o‘lchov birligi bilan o‘lcha nadigan termodinamik shkala va Selsiy gradusi (°S) o‘lchov birligi bilan
    o‘lchanadigan xalqaro amaliy shkalalarning qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Kelvin
    termodinamik shkalasidagi pastki nuqta — mutlaq nol nuqta (K) bo‘lib, yagona.
    eksperimental asosiy nuqta esa suvning uchlik nuqtasidir. Bu nuqtaning son qiyma
    ti 273,15 0K. Suvning muz, suyuq, gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi bo‘lgan suvning uchlik nuqtasi muz erish nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi. Termodinamik harorat T harfi bilan son qiymatlari esa 0K bilan ifodalanadi.
    Amaliy o‘lchashlarda ishlatiladigan xalqaro amaliy harorat shkalasi termodinamik shkala ko‘rinishida ishlangan. Bu shkala kimyoviy toza moddalarning bir qadar oson tiklanadigan o‘zgarmas qaynash va erish nuqtalari asosida tuzilgan. Ularning sonli qiymati gazli termometrlar orqali aniqlangan bo‘lib, xalqaro amaliy harorat shkalasi o‘lchov va vaznlar bo‘yicha o‘tkazilgan XI umumiy konferensiyada
    qabul qilingan. Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha o‘lchanadigan harorat t harfi bilan, sonli qiymati esa °S belgisi bilan ifodalanadi. Mutlaq termodinamik shkala bo‘yi-
    cha ifodalangan harorat bilan shu haroratning xalqaro shkala bo‘yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
    T=t+273,15 4-formula
    bu erda, T — mutlaq termodinamik shkaladagi 0K harorat; t — xalqaro amaliy shkaladagi °S harorat.
    Angliya va AQSH da 1715 yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°G‘)
    qo‘llanadi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32°G‘) va suvning
    qaynash niqtasi (212°G‘) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, mutlaq termo- dinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‘yicha hisoblangan harorat munosabati quyidagicha:
    t nC=T0 K-273,15=0,556(n0 F-32) 5-formula
    bu erda, n — Farengeyt shkalasi bo‘yicha graduslar soni.

    Hozir 1968 yilda qabul qilingan va 1971 yil 1 yanvardan majburiy joriy etilgan


    Xalqaro amaliy harorat shkalasi (MPTSH-68) qo‘llaniladi. MPTSH-68 haroratni
    13,81 dan 6300°K gacha oraliqda o‘lchashni ta’minlaydi. Zamonaviy termometriya o‘lchashning turli usul va vositalariga ega. Har bir usul o‘ziga xos bo‘lib,universal- lik xususiyatiga ega emas. Berilgan sharoitda optimal o‘lchash usuli o‘lchashga qo‘yilgan aniqlik sharti va o‘lchashning davomiyligi sharti, haroratni qayd qilish va avtomatik boshqarish zarurati yordamida belgilanadi. Nazorat qilinadigan muhitlar tashqi sharoitni o‘zgartirganda fizik xossalarining turli agressivligi va turg‘unligi darajasi bilan suyuq, sochiluvchan, gazsimon yoki qattiq bo‘lishi mumkin.

    Download 1.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining topshirig`i Variant№24

    Download 1.59 Mb.