Kurs ishining topshirig`i Variant№24




Download 1.59 Mb.
bet5/10
Sana22.11.2022
Hajmi1.59 Mb.
#31373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Harorat (Автосохраненный)
Tadqiqot amaliy, tadqiqot, 1-amaliy mashg\'ulot, Слайд
bu erda, R0 va Rt — 0 va t°S haroratdagi qarshilik.
Temperatura koeffisienti °S -1 yoki 0K-1 larda ifodalanadi. Ko‘pgina sof
metallar uchun harorat koeffisienti 0,0035 ... — 0,065 K-1 chegaralarda yotadi.
Yarim o‘tkazgichli metallar uchun harorat koeffisienti manfiy va metallarnikidan bir tartibga ko‘p (0,01 . . . 0,015 K-1) bo‘ladi. Hozir qarshilik termometrlarini tayyorlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi. Mis arzon material bo‘lib, uning qarshiligi amalda haroratga chiziqli bog‘liq, ya’ni
2-formula
bu erda, Rt va R0 - t va 0°S haroratda termometr qarshiligi; a — mis simning harorat koeffisienti: a = 4,28·10-3 K-1
Mis oksidlanishi tufayli u 200°S dan ortiq bo‘lmagan haroratlarni o‘lchashda
qo‘llaniladn. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini
kiritsa bo‘ladi; σ=17·10-7 Om·m. Solishtirma qarshilik termometrning o‘lchamiga
ta’sir etadi: solishtirma qarshilik qancha kam bo‘lsa, sim shuncha ko‘p kerak bo‘ladi, shuning uchun, termometr o‘lchami shuncha katta bo‘ladi. Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari —200 dan + 200°S gacha haroratlarni uzoq vaqt davomida o‘lchashda qo‘llaniladi. Nominal qarshiliklar 0°S da 10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi. Amaliyotda yana R0=53 Om li termometr ishlaydi. Bu qarshilik termometrlari uchun quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1 Om, 5 Om, 10 Om (R0=53 Om qarshilik termometri Gr. 23 deb belgilangan).
Platina — qimmatbaho material. Kimyoviy jihatdan inert va sof holda osonlik
bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari—260 dan +1100°S
gacha haroratlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Platina qarshiligining haroratga
bog‘liqligi murakkab bog‘lanishdan iborat bo‘lib,—183 dan 0°S gacha harorat
oralig‘ida quyidagicha yozilishi mumkin:
3-formula
0 dan + 630°S gacha oralikda esa, quyidagicha ifodalanadi:
4-formula
bu erda, Rt va R0 — mos ravishda t va 0°S haroratlarda platina karshiligi; A, B, C — o‘zgarmas koeffisientlar
bo‘lib, ularning qiymati termometrni darajalashda kislorod, suv va oltingugurtning qaynash nuqtalari bo‘yicha aniqlanadi.
Standart qarshilik termometrlarida qo‘llaniladigan PL- 2 markali platina uchun
(2.50) va (2.51) tenglamalardagi koeffisientlar quyidagi qiymatlarga ega:
A = 3,96847·10 -3 1/°S; V = — 5,847·10-7 1/0S; S = — 4,22·10-121/°S.
Texnik termometrlarni tayyorlashda ishlatiladigan PL-2 markali platina uchun
R100/R0 = 1,391
0°S da platinali qarshilkk termometrlari quyidagi qarshiliklarga ega bo‘lishi
mumkin: 1, 5, 10, 50, 100 , 500 Om (amalda R0 = 46 Om li termometr ishlatiladi).
Bu qarshilik termometrlari uchun o‘zgarishning nominal statistik xarakteristikasiga
quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1P, 5P, 10P, 50P, 100P va 500P (R0==46 Om
qarshilikli termometr deb belgilangan). Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug‘lari, u glerod oksidi va boshqa moddalar bilan
ifloslanishidir. Bu ayniqsa yuqori haroratlarda namoyon bo‘ladi. Nikelli va temirli qarshilik termometrlari —60 dan + 180°S gacha haroratlar oralig‘ida ishlaydi. Nikel va temir qarshilik termometrlari katta harorat koeffisientiga ega:
=(6,21-6,34)·10-3 K-1
=(6,25-6,57)·10-3 K-1
va solishtirma qarshiligi katta:
δN1=1,18-1,38·10-7 Om·m;
δFe=0,55-0,61·10-7 OM·m.
Ammo bu metallar quyidagi kamchiliklarga ega: ularni sof xolda olish qiyin, bu esa bir-birini almashtira oladigan qarshilik termometrlari tayyorlashda qiyinchilik tug‘diradi; temir va, ayniqsa, nikel qarshiligining haroratga bog‘liqligi oddiy empirik tenglamalar bilan ifodalanadigan egri chiziqlardan iborat emas; nikel va, ayniqsa, temir nisbatan past haroratlarda ham osongina oksidlanadi. Bu kamchiliklar qarshilik termometrlarini tayyorlashda nikel va temir qo‘llashni cheklab qo‘yadi. 1-rasmda yuqorida ko‘rilgan solishtirma elektr qarshilikning metallar haroratga bog‘lanishi berilgan.




Download 1.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishining topshirig`i Variant№24

Download 1.59 Mb.