|
Shaybel ekstraksiya kolonnasi hisoblanadi
|
bet | 6/7 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #250813 |
Bog'liq Kamoldinov A TJAShaybel ekstraksiya kolonnasi hisoblanadi.
Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish va tindirish seksiyalaridan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar o’rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to’qilgan to’rlar) bilan
to’ldiriladi. Pulsasiyali ekstraktorlarda ham ikki fazali oqimga qo’shimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktorning ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsasiya tebranishlari ta’sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, natijada nasadkali va g`alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o’tkazish jarayonining samaradorligi ko’payadi.
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar yoki maxsus pnevmatik qurilmalar ishlatilan. Havo yoki inert gaz kompressor yordamida resiver va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm orqali ekstarksiya kolonnasining pulsasiya kamerasiga yuboriladi. To’g`ri impuls paytida kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko’tariladi. Teskari impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko’tarilganda tarelkadagi teshiklar orqali yengil faza EF o’tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa og`ir faza OF ga o’tadi.
Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g`alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi. G`alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa kolonna ko’ndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo’ladi (eng ko’pi bilan 600; 800 mm).
19
Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog`liq. Pulsatorlarning ko’pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashkil qiladi, bunda amplituda 1-2 mm ga teng bo’lishi kerak.
|
| |