|
-rasm Uzi koʻtariluvchi kran sxemasi
|
bet | 4/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 447,23 Kb. | | #250806 |
Bog'liq Kamoldinov A , MTTM .4-rasm Uzi koʻtariluvchi kran sxemasi
Portal bilan jihozlangan minorali kranlarning minorasini uzaytirish jarayoni
pastki qismdan seksiya qoʻshish bilan olib boriladi. Bunday usul sodda, ammo oʻta
kuchli chigʻirlardan foydalanishni talab qiladi.
12
Uzi koʻtariluvchi kranlar.
Yuk koʻtarish qobiliyati 15 tonnagacha, yuk momenti esa 3300 kNm gacha
boʻladi. Kranning vertikal siljishi quyidagi tartibda amalga oshadi (63–rasm). Kran
minorasi 1 chiqarma tayanchlari boʻlgan tayanch balkasi 3 ga tayanadi.
Bulardan tashqari kran vertikal siljuvchi oboyma 2 va chiqarma tayanch 4 bilan
jihozlangan. Maxsus chigʻir 5 yordamida oboyma tayanchdan echiladi, ikki qavatga
koʻtariladi va yana tayanchga oʻrnatiladi. Soʻngra minora va tayanch balkalari
oʻzining tayanchlaridan echilib ikki qavatga koʻtariladi va bino karkasiga oʻrnatiladi.
Kranni pastga tushirish, ya'ni demontaj qilish teskari tartibda olib boriladi. O’zi
koʻtariladigan kranlar metall karkasli binolarda qoʻllaniladi.
Qurilish kranlarining ish unumdorligi.
Qurilish kranlarining oʻrtacha ish unumdorligi (t/soat) mashina bir soatda
koʻtarayotgan yukning massasi bilan xarakterlanadi.
Pe=60 Q kyuk kv /ts,
bu erda: Pe - soatlik ekspluatasion ish unumdorligi t/soat; Q- yuk koʻtarish
qobiliyati, t; kyuk - krandan yuk koʻtarish qobiliyati boʻyicha foydalanish
koeffisienti; kV - krandan vaqt boʻyicha foydalanish koeffisi¬enti; ts- siklning
davomiyligi
ts= tm+ tdo,
bu erda: tm- mashina vaqtining sikldagi oʻrtacha davomiyligi; tdo – qoʻlda
baja¬riladigan jarayonlarining davomiyligi.
Sikl vaqti yuk koʻtarish balandligi, burilish burchagi, yuk gabaritlari va shu kabi
koʻrsatkichlarga bogʻliq. Kranning yillik ish unumdorligi quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi.
Pey=Pe Tkv,
bu erda: T - kranning yil davomidagi ish vaqti, soat; kv - smena vaqtidan
13
foydalanish koeffisienti, bu vaqt oʻrtacha 0,85 ga teng.
|
| |