• 1 - rasm. Minorasi buriluvchi minorali kranlar
  • Kurs loyihasi hisob tushuntirish xati




    Download 447,23 Kb.
    bet2/6
    Sana23.05.2024
    Hajmi447,23 Kb.
    #250806
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kamoldinov A , MTTM .

    Minorali kranlar - strelasi vertikal minoraning yuqori qismiga mahkamlangan
    mashina boʻlib, u konstruksiyalarni siljitish va montaj qilishda foydalaniladi.
    Minorali kranning ishchi harakati yukni koʻtarib-tushirish, strela qulochini
    oʻzgartirish, yukli strelani burish va kranni relps boʻylab harakatlantirishdan iborat.
    Kranlarning xizmat koʻrsatish maydoni¬ning kattaligi ulardan qurilish ishlarida keng
    foydalanish imkonini beradi. Xizmat koʻrsatish maydonining uzunligi relpsli yoʻl
    uzunligi va eni strela qulochining ikki barobariga teng qilib olinadi.

    Minorali kranlarning turlari va asosiy koʻrsatkichlari qurilish ishlari texnologiyasi


    boʻyicha aniqlanadi. Ularning asosiy koʻrsatkichlari yuk koʻtarish qobiliyati,
    strelaning minimal va maksimal qulochi, ilmoqni koʻtarish va tushirish
    ba¬landliklari, ishchi harakatlar tezligi, tashqi oʻlchamlari, vazni, quvvat va
    tayanchlaridagi zoʻriqishlar qiymatlaridir. Fuqaro qurilishida yuk koʻtarish qobiliyati
    3-10 t., strela qulochi 25 m, ilmoqni koʻtarilishi 50 metrgacha boʻlgan, koʻp qavatli
    uylarni qurishda mos ravishda yuk koʻtarish qobiliyati 6,3...12,5 t., qulochi 45 m va
    ilmoqning koʻta¬rilishi 150 m boʻlgan minorali kranlar qoʻllaniladi. Sanoat
    qurilishida misol uchun elektrostansiyalar, suv inshootlari qurilishida va shu kabi
    yirik qurilishlarda yuk koʻtarish qobiliyati 80 tonna va yuk momenti 15000 knm,
    strela qulochi 25…45 m va koʻtarish balandligi 50...80 m boʻlgan maxsus montaj
    kranlari qoʻllaniladi.

    4


    1 - rasm. Minorasi buriluvchi minorali kranlar

    a - koʻtariluvchi strelali kran sxemasi; b - toʻrt karrali polispastli strelada yuk


    5
    koʻtaruvchi poʻlat arqon zaxirasi sxemasi; v - xuddi shuning oʻzi ikki karrali
    polispastda; g- gorizontal va ogʻma siniq oʻqli balka strela sxemasi; d- gorizontal
    streladagi tortish poʻlat arqoni zaxirasi sxemasi; e - xuddi shuning oʻzi yuk
    arqonida; j - xuddi shuning oʻzi ogʻma si-niq oʻqli balka strelada. 1 - strela; 2 - kran
    minorasi; 3 - burilish platformasi mexanizmi; 4 - burilish platformasi; 5 - yurish
    qismi; 6 – tayanch–burilish qurilmasi;

    7 - muvozanatlovchi yuk; 8 - yuk chigʻiri; 9- strela chigʻiri; 10 - strela polispasti; 11


    – kabina; 12 - arqonli tortqi; 13 - yuk polispasti; 14 - elektroreversiv chigʻir; 15 –
    karetka.
    Minorali kranlar quyidagi turlarga boʻlinadi: relpsli yoʻlda harakat¬lanuvchi,
    stasionar, oʻzi koʻtariluvchi. Strela qulochining oʻzgarishi boʻyicha esa koʻtariluvchi
    strelali va gorizontal balkali strelalilarga boʻlinadi. Minora konstruksiyasi boʻyicha
    esa minorasi buriladigan va burilmaydigan kranlar ishlab chiqariladi.
    Minorasi buriladigan minorali kranlar. Kran minorasi 2 burilish
    platformasi 4 ga mahkamlanadigan va burilish platformasi esa yurish qismi 5 ga
    tayanuvchi tayanch–burilish qurilmasi 6 orqali mahkamlanadi. Burilish
    platformasiga muvozanatlovchi yuk 7, yuk 8 va strela 9 chigʻirlari hamda burilish
    platformasini aylantiruvchi mexanizm 3 joylashgan. Strela 1 minoraga sharnirli
    mahkamlangan boʻlib, poʻlat arqonli tortqilar 12 orqali tortib olinadi. Poʻlat
    arqonlar esa yoʻnaltiruvchi bloklar orqali strela polispastiga ulanadi. Yukni
    koʻtarib–tushirish esa yuk polispasti 13 hamda yuk chigʻiri va osma ilmoq
    yordamida amalga oshiriladi. Kran esa kabina 11 dan boshqariladi. Yuk koʻtarish
    qobiliyatiga koʻra kranlarda bir, ikki, uch va koʻp karrali yakka va ikkilan¬gan
    polispastlar qoʻllaniladi. Il¬moq osmasi yuk ilmogʻi, traversa, oʻq va bloklardan
    iborat. Yukning qulochini strelaning qiyaligini yoki yuk aravachasini
    6
    gorizontal strela boʻylab harakatlantirib oʻzgartiriladi.
    Gorizontal balka strelali kranlarda yuk aravachasi strela boʻylab elektroreversiv
    chigʻir 14 orqali harakatlanadi. Gorizontal strelali kranni yuk koʻtarish balandligi
    qiya strelalinikidan past, lekin kam energiya talab qiladi va montaji oson. Strelasi
    qiya joylashgan kranlarda quloch oʻzgarti¬rilganda yuk oʻzining holatini xam
    oʻzgartiradi. Bu kamchilikni yoʻqotish uchun strela qulochini oʻzgarishi bilan yukni
    gorizontal siljitishni ta'minlash talab qilinadi. 1-rasm b va e da 4 va 2 karrali
    polispastlarida yuk arqonining harakat sxemasi keltirilgan.
    Bu holatda, 1-rasm, j da koʻrsatilgandek, yuk karetasi qiya strela boʻylab yukning
    gorizontal yoʻlini va balandligini saqlagan hol¬da harakat qiladi. Tayanch–burilish
    qismi pastda joylashgan kranlarda kran burilganda yurish qismidan boshqa hamma
    qismi birgalikda burilgani uchun, ogʻir yuk koʻtarish va baland binolarga yuk
    koʻtarishda kranga ogʻirlik koʻproq tushadi. Bu esa xavfli holatga olib keladi.
    Shuning uchun ham 10 tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan minorali kranlar minorasi
    burilmaydigan va faqat yuqori qismi buriladigan qilib ishlab chiqariladi.

    7


    Download 447,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 447,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs loyihasi hisob tushuntirish xati

    Download 447,23 Kb.