• 2 – rasm. Minorasi burilmaydigan minorali kranlar
  • 3 – rasm. Qoʻyma (stasionar) kran
  • Minorasi burilmaydigan minorali kranlar




    Download 447,23 Kb.
    bet3/6
    Sana23.05.2024
    Hajmi447,23 Kb.
    #250806
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kamoldinov A , MTTM .

    Minorasi burilmaydigan minorali kranlar.
    Kran minorasi 1 tayanch qismi ramasi yoki portal 2 orqali kranni relps boʻylab
    harakat qildiruvchi aravacha 3 ustiga oʻrnatiladi. Tayanch qismiga kranni ishchi va
    salt rejimlarda ustuvorligini ta'minlash uchun muvozanatlovchi yuk 4 oʻrnatiladi.
    Burilish kallagi 12 tayanch–burilish kurilmasi 6 orqali minoraning yuqori
    seksiyasiga tayanadi. Strela 14 va muvozanatlovchi konsol 7 burilish kallagiga
    sharnirli biriktirilgan va tortqi 10 orqali ushlab turiladi. Muvozanatlovchi konsolda
    yuk chigʻiri 9, muvozanatlovchi yukni siljituvchi chigʻir 11 va kranning yuqori
    qismini muvozanatlovchi yuk 8 joylashgan. Strelani pastki chizigʻi boʻylab yuk
    karetasi 15 strela ichida joylashgan tortuvchi kuch chigʻiri 13 orqali harakat qiladi.
    Minorani koʻtarish montaj tutgichi 5 yordamida amalga oshiriladi.
    Yukni koʻtarish uchun ikki karrali (2-rasm, d) yoki toʻrt karrali (2-rasm, g) yuk
    polispastlari ishlatiladi. 2-rasmlar, b,v larda siljish mexanizmi va yuk karetkasida
    poʻlat arqonni oʻrash sxemasi koʻrsatilgan.
    Burilmaydigan minorali kran KB-674A ning oʻndan ortiq turi boʻlib, ular minora
    balandligi, strela uzunligi va yuk xarakteristikalari bilan farq qilib fuqaro va sanoat
    qurilishida keng qoʻllaniladi.

    8




    2 – rasm. Minorasi burilmaydigan minorali kranlar

    a – kran va poʻlat arqon zaxirasi sxemasi; b – muvozanatlovchi yukni siljitish


    mexanizmi; v – aravachani siljitish mexanizmi; g – toʻrt karrali polispastda yuk
    koʻtarish; d – xuddi shuning oʻzi ikki karrali polispastda;
    e – yuk koʻtarish grafigi.
    1 – kran minorasi; 2 – portal; 3 – aravacha; 4 – ballast; 5 – tutgich; 6 – burilish
    qurilmasi; 7 – konsol; 8 – muvozanatlovchi yuk; 9 – yuk chigʻiri; 10 – tortgich;
    9
    11 – siljituvchi chigʻir; 12 – burilish kallagi;13 – yuk karetasini tortuvchi chigʻiri; 14 – strela; 15 – yuk karetasi.
    Qoʻyma (stasionar) minorali kranlar (62–rasm). Ular baland (150 m va undan
    yuqori) inshootlarni qurishda ishlatiladi. Stasionar kranlar buriluvchi kallak,
    gorizontal strela va unda harakatlanuvchi yuk karetasidan iborat. Bunday kranlar
    maxsus fundamentga yoki bino fundamentining bir qismiga oʻrnatiladi. Minora
    balandligining uzunligi 2,5...7 metr boʻlgan seksiyalarni pastdan yoki yuqoridan
    qoʻshish yoʻli bilan orttiriladi. Yuk il¬mogʻining koʻtarilish balandligi nisbatan katta
    boʻlgan stasionar va minorasi burilmaydigan kranlarda minorani uzaytirish
    yuqoridan amalga oshiriladi. Minoraga qoʻshimcha seksiya oʻrnatishda yuqoridan
    oxirgi ikkita seksiya montaj tutgichi 2 ga qotiriladi va oʻzaro bir–biridan ajratiladi.
    Shrtadagi seksiya 4 oldindan ilmoq osmasi yordamida koʻtariladi va siljuvchi rama
    3 ga osiladi.

    10
    3 – rasm. Qoʻyma (stasionar) kran


    a – kran sxemasi; b – ikkita elektroreversiv chigʻirda yuk arqonini oʻrash sxemasi;
    v – kranni binoga biriktirilishi; g – montaj polispasti arqonini oʻralish sxemasi.
    11
    1 – mahkamlovchi qurilma; 2– tutgich; 3 – rama; 4 – seksiya; 5, 6, 7 – baraban.
    Montaj polispasti arqonini oʻralish sxemasi 62-rasm, g da keltirilgan. Montaj
    chigʻiri 7 orqali kranni yuqori qismiga kallag, strela va muvozanatlovchi konsol
    koʻtariladi. Natijada oʻrtada boʻshliq xosil boʻladi. Dastaki chigʻir orqali qoʻshimcha
    seksiya ana shu boʻshliqqa oʻrnatiladi. Kran minorasi rama 1 yordamida bino
    devoriga mahkamlanadi (3-rasm, v).



    Download 447,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 447,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Minorasi burilmaydigan minorali kranlar

    Download 447,23 Kb.