-rasm. YoQShdagi orolcha va unga o’rnatilgan yonilg’i tarqatish kalonkasi




Download 1.29 Mb.
bet13/28
Sana29.03.2017
Hajmi1.29 Mb.
#2612
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
2-rasm. YoQShdagi orolcha va unga o’rnatilgan yonilg’i tarqatish kalonkasi.

Yonilg’ilar saqlash sig’imlari joylashgan mintaqa. Yonilg’ilarni saqlash jarayoni eng xavfli jarayonlardan bo’lganligi uchun muqim joylashgan yonilg’i quyish shoxobchalarida yonilg’i sig’imlari alohida mintaqaga joylashtiriladi.

Ular yer ostiga, yer ustiga yoki qisman yer ostiga tushirilgan holatlarda joylashtiriladi.

Yonilg’i quyish shoxobchalarida asosan gorizontal joylashgan turli hajmli sig’imlar ishlatiladi.

Sig’imlar soni loyiha asosida qabul qilinadi va tarqatiladigan yonilg’ilar navlari sonidan kam bo’lmasligi kerak.

YoQSh inshootlarining umumiy ko’rinishlaridan namunalar 2-rasmda keltirilgan.

Yer ostiga o’rnatilgan sig’imlar maxsus beton shaxtalarga o’rnatilib usti tom qilib yopilishi yoki beton fundamentga o’rnatilib ostidan quruq qum, ustidan qum va tuproq bilan to’ldirilishi ham mumkin.

Bunda rezervuar jihozlari joylashgan maxsus bo’yin qismi alohida shaxta yordamida yer ustigacha chiqariladi va undan foydalanishga qulay sharoit yaratiladi.

Yonilg’i saqlash sig’imlari boshqa bino va inshootlardan shaharsozlik me’yorlarida keltirilgan masofada joylashtiriladi (O’zRda ShNK 2.09.20-08).

Po’lat sig’imlar yer ostiga o’rnatilsa, ularning asosiy ustki devori yer ustidan 1-2 metrdan chuqur joylashtirilmasligi lozim. Sig’imlarni yer ostiga joylashish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.









Download 1.29 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Download 1.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. YoQShdagi orolcha va unga o’rnatilgan yonilg’i tarqatish kalonkasi

Download 1.29 Mb.