Yonilg’i quyish shoxobchalarini loyihalash asoslari va meyorlari




Download 1.29 Mb.
bet16/28
Sana29.03.2017
Hajmi1.29 Mb.
#2612
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Yonilg’i quyish shoxobchalarini loyihalash asoslari va meyorlari

YoQShlarni loyihalash kapital qurilishlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosida amalga oshiriladi.

Asosiy talab loyihalanayotgan YoQShning bino va inshootlarini fan va texnikani yangi yutuqlaridan foydalanilgan holda yuqori texnik daraja va yuqori iqtisodiy samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.

Yuqori sifatli loyihalashning zarur shartlari – YoQShning vazifasi, quvvati va hududda joylashishini to’liq asoslash hamda zamonaviy, ilg’or texnologik jihozlarni qo’llashdan iboratdir.

Topshiriqda loyihalashda kerak bo’ladigan barcha asosiy ma’lumotlar keltiriladi:


  • loyihalash uchun asos (qaror yoki buyruq);

  • qurilish uchastkasi, joylashgan hududi;

  • YoQShning vazifasi, ish tartibi;

  • xizmat ko’rsatiladigan ob’ekt va mahsulot turlari;

  • loyihalanayotgan YoQShning ko’rsatkichlari;

  • qo’llanilishi mumkin bo’lgan andozaviy loyixalar;

  • YoQShni suv, elektr quvvati va boshqalar bilan ta’minlash manbalari.

Loyihaning texnologik qismi hisoblash-tushintirish xatidan, YoQSh bosh rejasi chizmasidan va asosiy texnologik jihozlarni tanlash hamda rejalashtirishdan iborat bo’ladi.

Hisoblash – tushuntirish xati quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • loyihalash uchun topshiriq (loyihalanayotgan YoQSh vazifasi, tarkibi, ish tartibi, asosiy texnologik jarayon tavsifi va uni hisoblash me’yorlari va boshqalar);

  • YoQSh soni, yonilg’i quyish kolonkalar soni, yonilg’i saqlash rezervuarlar sig’imi va soni, texnologik jixozlar turi, rusumi, soni, egallagan maydon yuzalarining hisoblari;

  • YoQSh bosh rejasi, operator, texnik va boshqa yordamchi xonalar rejalari;

  • texnologik yechimning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari;

  • loyihaning boshqa qismlarini hisoblash uchun ma’lumot, topshiriq va boshqalar.

Texnik loyihaning bosh reja chizmasida YoQShning o’zi, bino va inshootlarining hududda joylashuvi, avtomobillarni harakat yo’nalishlari ko’rsatiladi.


Download 1.29 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Download 1.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yonilg’i quyish shoxobchalarini loyihalash asoslari va meyorlari

Download 1.29 Mb.