KUZATUVCHI: Toshkent viloyati Ohangaron tumani XTB ga qarashli
26-umumiy o’rta ta’lim maktabi geometriya fani o’qituvchisi
Abduraxmanov Munavvar Uralbayevichning 11-sinf geometriya fanidan yozgan tezislari.
|
Sana
|
Mavzu
|
Uyga vazifa
|
Tezis
|
30.03.2020
|
Sharning hajmi.
|
Tarvuzlarga
oid masala berildi.
|
O'qituvchi: Bahodir Haydarov
Mavzu: Sharning hajmi.
Dars avvalida sharga hayotiy misollar keltirildi. Boshqa aylanish jismlarining hajmlari formulalari eslatildi. Kavalyeri prinsipini pechenyelar modelida tushuntirdi.Shundan keyin shar hajmi formulasi keltirib chiqarilib, apelsin yordamida hayotda tadbiq etildi.Uyga vazifa qilib tarvuzlarga oid masala berildi.
|
2.04.2020
|
Sfera sirtining yuzi.
|
619, 620-misollar
|
Mavzu: Sfera sirtining yuzi.
O'qituvchi: Bahodir Haydarov
Sfera va uning sirtiga ta'rif berildi. Sferik shakllarga hayotiy misollar keltirildi. Ko'pyoqqa ichki va tashqi chizilgan Sfera radiuslari yordamida sfera yuzi formulasini keltirib chiqardi. Mavzuga doir misollar tushuntirildi.
Uygavazifa: 619, 620-misollar
|
6.04.2020
|
Aylanish jismlari
|
620-623-misollar berildi.
|
O‘qituvchi : Bahodir Haydarov.
Mavzu :Aylanish jismlari. Aylanish jismlarni hosil qilinishi , yon sirti va to‘la sirti, hajmi formulasi hayotiy misollar orqali keltirilib chiqarildi. Uyga vazifa qilib 620-623-misollar berildi.
|
9.04.2020
|
Aylanish jismlari
|
Masalalar yechish
|
O‘qituvchi : Bahodir Haydarov.
Mavzu: Aylanish jismlari Dars muammoli vaziyatni yechish bilan boshlandi.STEAM texnologiyasidan foydalanildi. Masalalar hayotiy voqealar bilan tushuntirilib uyga vazifa berildi
Uyga vazifa masala yechish
|
13.04.2020
|
Шар ва унинг бўлаклари
|
Amaliy mashq
|
O‘qituvchi : Ҳайдаров Баходир томонидан
Mavzu: ''Шар ва унинг бўлаклари'' мавзусида онлайн дарс бўлди.Ўтилган мавзу ва уйга вазифа такрорланиб, янги мавзу ҳаётий мисоллар орқали тушунтирилди. Мавзу ўқувчилар тушунадиган содда қилиб мисоллар билан шар ва бўлакларининг ҳажми, формуласи кўрсатиб берилди. Уйга топшириқ берилди.
|
16.04.2020
|
Masalalar yechish
|
Muzqaymoq haqida, yog‘och bo‘lagidan eng katta shar hosil qilinsa qanchasi chiqitga chiqadi va tarvuz haqida amaliy vazifalar berildi.
|
O‘qituvchi: Bahodir Haydarov
Mavzu: Masalalar yechish. Baklashkaga suv quyib mayiz solindi. 603 -masala STEAM ta'limi bo‘yicha Arhimed qonunug aasoslanib, fizika faniga bog‘lab ishlab ko‘rsatildi. Savollar berildi. Nima uchun kemaning pastki qismi qizil rang, havo shari haqida, suvostikemalari qanday harakatlanadi? Uygavazifa : muzqaymoq haqida, yog‘och bo‘lagidan eng katta shar hosil qilinsa qanchasi chiqitga chiqadi va tarvuz haqida amaliy vazifalar berildi.
|
20.04.2020
|
Fazoda vektorlar
|
129-bet 42-48-masala
|
O'qiituvchi: Bahodir Haydarov
Mavzu: Fazoda vektorlar
Mavzu rejasi ko’rsatildi va aytib o’tildi.Fazoda vektorlar tushunchasi aytildi,fazoda vektorning koordinatalari qanday aniqlanishi haqida tushuntirildi.Vektorning uzunligiga ta’rif berildi.Kollinear, bir xil yo’nalgan,o’zaro teng, komplanar, qarama-qarshi yo’nalgan vektorlarga ta’rif berildi, chizmalar yordamida tushuntirildi. Vektorlarni qo’shish usullari tushuntirildi.Uyga vazifa Matematika 1-qism,129-bet 42-48-masalalar.
|
23.04.2020
|
Vektorlarning songa ko’paytmasi
|
Matematika 2-qism 1-12 testlarni yechish
|
O'qiituvchi: Bahodir Haydarov
Mavzu: Vektorlarning songa ko’paytmasi chizmalar orqali tushuntirildi.Misollar ko’rildi.Vektorlarning skalyar ko’paytmasiga tariff berildi va formulasiga izoh berildi.Koordinatalari berilgan vektorlarning skalyar ko’paytmasi,collinear,qarama-qarshi yo’nalgan kollinear vektorlar va ularning skalyar ko’paytmasi,vektorlarning uzunligi,vektorlar orasidagi burchakning kosinusi,vektorlarning perpendikulyarlik sharti haqida tushunchalar berildi.Uyga vazifa: Matematika 2-qism 1-12 testlarni yechish
|
27.04.2020
|
Amaliy mashqlar yechish. (Nazorat ishiga tayyorlanish)
|
176-sahifadagi nazorat ishi masalalari
|
Mavzu: Amaliy mashqlar yechish. (Nazorat ishiga tayyorlanish)
O'qituvchi: Mohizabon Turg'unova
Dars nazorat ishiga tayyorgarlik darsi bo'lgani uchun nazorat ishi masalalariga mos masalalar ishlandi. 5 ta masala ko'rib chiqildi. 3-masalada xatolikka yo'l qo'yildi.
r=3 da
V=2*p*r^3=2*p*3^2=18*p
deb olishdi.
Uyga vazifa: 176-sahifadagi nazorat ishi masalalari.
|