Kvadratura fazasini almashtirish kaliti (qpsk) a modulyatsiya ishlatiladigan texnika raqamli aloqa tizimlar. Qpsk ma'lumotlarni faza va amplituda ma'lumotlari yordamida tashiydi




Download 247,39 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2024
Hajmi247,39 Kb.
#131680
1   2   3   4
Bog'liq
Raxmatullayev 1

4.6-rasm. Zichlash tavsifi.

Bu formula asosida quyidagi formulani hosil qilsa bo‘ladi:


Y = C0 ln (C1x),
Bu erda: S0 – o‘zgarmas kattalik.
Bu zichlash logarifik tavsif signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan signal/shovqin nisbati olishga yo‘l beradi.
Texnik bunday tavsifni olish mumkin emas, chunki u koordinata boshidan o‘tmay, uzluksiz kamayadigan qadamga olib keluvchi shu nuqtaga yaqin joylashgan nuqtadan o‘tadi.
Koordinat boshi atrofidagi bu tavsifni umumiy logarifmik grafiga tegib o‘tuvchi to‘g‘ri liniya bilan almashtiriladi. (4.6 b - rasm.).
uchun
Bu erda: A = 87,6-o‘zgarmas kattalik.
Bu logarifik tavsif A turi Evropa davlatlarida va Polshada ishlatiladi. Bu tavsif X kichik qiymatlari uchun to‘g‘ri liniyali va X katta qiymatlariga logarifmik hisoblanadi.
A = 87,6 tavsifli kompander natijalar bo‘yicha nolli liniya yaqinida kvantlash qadami 16 qismga bo‘linishda erishilgan samaraga ekvivalent bo‘ladi. Bu kod kombinatsiyasiga 4 ta simvol qo‘shishga mos keladi. Bu usulda kod kombinatsiyasi 12 simvolgacha ko‘payadi, shovqin quvvati 256 barobar kamayadi (sust signallar uchun, kompenderlashda 24,1 db ga teng yutuq beradi).
AQSHda bu tavsif μ qonuni bo‘yicha 15 sigmentli tavsifga almashtirilgan. μ ning qiymati 1972 yilgacha 100 teng edi, undan keyin 255 ga teng qilib olindi.
Kompressor tavsifini Y = f(X) funksiya ko‘rinishida tasavvur qilamiz, bu erda: Y-kompressor chiqishida normallashtirilgan kuchlanish, X-uni kirishidagi normallashtirilgan kuchlanish, ya’ni:
Y = U chiq/ U chiq maks (2.4)
X = U kir/ U kir maks (2.5)
deb qabul qilamiz. Ravshanki, X ham Y ham “-1” va “+1” qiymatlar o‘rtasida yotadi, bunda x = ± 1 hamda u = ± 1 uchun x = 0 va y = 0.
Kompressorga quyiladigan talablarni qoniqtiradigan eng yaxshi tavsif sifatida logarifmik tavsif bo‘lishi mumkin.
Y = lg (x)
X- qiymati R ga ortganda ΔY orttirima x-dan emas faqatgina r-kattalikga bog‘liq bo‘ladi. Biroq tavsif (0.0) va (1.1) nuqtalar orqali o‘tuvchi yuqorida ko‘rsatilgan shartlarni qoniqtirmaydi, shuning uchun quyidagi modifikatsiyalashgan ifoda ishlatiladi.

Tenglama kvadrantdagi kompressiyaning egri chizig‘ini belgilaydi, uchinchi kvadrantdagi kompressiyaning egri chizig‘i (0,0) koordinatali nuqtaga nisbatan birinchi kvadrantdagi egri chiziqqa simmetrik tarzda quriladi.
Qabul qilgichda kodli kombinatsiyalar dekodlanadi, so‘ngra olingan diskretlar kompressor tavsifiga teskari tavsifga ega ekspanderga kiritiladi.

4.7-rasm. Normallashtirilgan tavsif

Natijada diskret kompressor va ekspander orqali o‘tgandan so‘ng, kompressordan avval ega bo‘lgan dastlabki qiymatini qabul qiladi. Kompressiya normallashgan egri chizig‘ini tahlil qilar ekanmiz, uni ishlatishdan olinadigan (kuchsiz signallar uchun), yutuq (ya’ni signal darajasining halaqitlar darajasiga nisbatining ortishi) 450 burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa nisbatan kompressiya egri chizig‘ining egilishi (naklon) qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘ladi. Egri chiziq (0.0) va (1.1) koordinatali nuqtalar orqali o‘tishi kerak bo‘lgani uchun, ravshanki egri chiziqning egilishi burchak tangensi qandaydir qismida birdan katta, qandaydir qismida esa birdan kichik bo‘lishi kerak. Bu degani, kvantlashning signal/shovqin nisbatining biron-bir qismida ortishi, bu nisbatining biron-bir boshqa qismida kamayishi hisobiga mumkin bo‘ladi. Diapozonni hammasini teng kenglikdagi oraliqlarga bo‘lish holida signalning kichik darajalarida kvantlashning nisbati kichik signalning katta darajalarida nisbatan katta bo‘lganligi tufayli, signalning kichik darajalarida kvantlashning nisbatini belgilovchi kompressiyaning egri chiziqlari nol yaqinida eng katta-egilish qiymatiga ega bo‘ladi, egilishning kattaligi signal darajasining o‘sib borishi sari kamayib boradi, bu esa yuqori darajali signallar uchun nisbatini kamayishiga olib keladi (4.8-rasm).





1 – kompanderdan foydalanmay diapazonini 128 ta teng oraliqlarga bo‘lish;


2 – xuddi shuni o‘zi, kompanderdan foydalanganda.

Download 247,39 Kb.
1   2   3   4




Download 247,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kvadratura fazasini almashtirish kaliti (qpsk) a modulyatsiya ishlatiladigan texnika raqamli aloqa tizimlar. Qpsk ma'lumotlarni faza va amplituda ma'lumotlari yordamida tashiydi

Download 247,39 Kb.