Kvadratura fazasini almashtirish kaliti (qpsk) a modulyatsiya ishlatiladigan texnika raqamli aloqa tizimlar. Qpsk ma'lumotlarni faza va amplituda ma'lumotlari yordamida tashiydi




Download 247,39 Kb.
bet4/4
Sana07.01.2024
Hajmi247,39 Kb.
#131680
1   2   3   4
Bog'liq
Raxmatullayev 1

4.8 – rasm. Kirish signali sathi funksiyasidagi signal / kvantlash shovqini nisbati.

Komponderdan foydalanilganda erishiladigan yutuq 4.8-rasmda ko‘rsatilgan (kompressor va eksponderdan tashkil topgan sxema komponder deyiladi). Bu rasmda absissalar o‘qida signal darajasi detsibellarda ko‘rsatilgan, ordinatalar o‘qida esa signalning R-darajalari va kvantlash shovqini (detsibellarda) ko‘rsatilgan. Abssissalar o‘qiga 450 burchak ostida egilgan bir-to‘g‘ri chiziq kompander bo‘lmaganligida va butun diapozon 128 ta teng oraliqlarga bo‘lingan holdagi signal darajalari va kvantlash shovqini nisbati R (detsibellari) ni ifodalaydi. 2-egri chiziq ham diapozonni 128 ta oraliqlarga bo‘lishiga mos keladi, lekin bu holda komponder ishlatilishi ko‘zda tutiladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, komponderning ishlatilishi past darajali signallar uchun kvantlashning signal/shovqin nisbatini ortishiga olib keladi (Ps1 dan kichik), Rs>Ps1, signal darajasida esa-bu nisbatning kamayishiga olib keladi. 0db atrofida signal darajalari uchun kvantlashning signal/shovqin nisbatining sezilarli (darajalari uchun) kamayishi kompaderli sxema yuzaga keltiradigan cheklanishlarni keltirib chiqaradi, bu esa kvantlash shovqiniga o‘xshash buzilishlarga olib keladi. Komponderlashdan hosil bo‘ladigan yutuq quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.


G = 20lgtg Qa.
Bu erda, G- detsibellarda ifodalangan komponderlashdagi yutuq.
Qa-x=0 nuqtadagi (4.8-rasm) X o‘qiga nisbatdan kompressiyaning normallashgan tavsifining egilishi burchagi.
Komponderlashdan hosil bo‘ladigan yutuq faqatgina X = 0 nuqtada emas, hatto X ning katta qiymatlarida ham mavjud bo‘lib, asta-sekin nolgacha kamayib boradi, so‘ngra esa manfiy qiymatlarga ega bo‘ladi, ya’ni kvantlashning signal/shovqin nisbatini kamayishiga olib keladi.
Komponderlashdan olinadigan yutuq tavsifining birinchi hosilasi birga teng bo‘lgan X ning qiymatlari uchun yutuq ham yo‘qotishlar ham bermaydi.
Bu tavsifni texnik realizatsiya qilish muammosi hosil bo‘ladi.
SHuning uchun, logarifmik tavsif raqamli sxema yordamida olish mumkin bo‘lgan bo‘lak-chiziqiy tavsifga almashtiriladi. Boshqa so‘z bilan aytganda i- segmentli tavsif hosil qilinadi. Bunda har bir keyingi segment diapozonni oshirib boriladi.



4.9-rasm. Segmentlarga bo‘linishi bilan kodlash tavsifi.

Oxirgi signalni o‘zgartirish tadbiri-bu kodlash.


Kvantlash darajasi soni oxiri bo‘lganligi uchun, ularning hammasiga nomer qo‘yish mumkin (0 dan n-1 gacha) va har bir nomerni ikkilangan kod so‘zi ko‘rinishida keltirish mumkin (kod kombinatsiyalari mantiqiy “1” va “0”dan). Natijada signal n- bitli so‘zlar ketma-ketligiga aylandi, ya’ni raqamli bo‘ladi.
Agar mantiqiy “1” mos elektrik impuls va mantiqiy “0”ga pauza qo‘yilsa, amplitudaning diskretlarini signallar kodli guruhi ko‘rinishida aloqa liniyasidan uzatish mumkin. Bunda signal impulslari bir xil amplituda va bir xil pauzalar kombinatsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi (2.10-rasm).





4.10-rasm. Liniyali kvantlashda kodlash.

AIM signalni liniyali o‘zgartirishdan tashqari kompressiya va ekspanderlash, nochiziqiy koder va dekoder hamda liniyali kodlashdan so‘ng kodni raqamli o‘zgartirish yo‘li bilan (raqamli kompressiya) usullari mavjud.


Raqamli kompressiyada signal liniyaviy koderda anologli kompressiyada qabul qilingan (masalan, 256) dan, ko‘p sonli kvantlash qadami (masalan, qadam soni 4096) bilan kodlanadi. Keyin olingan 4096 kombinatsiyadan faqat 256 tasi tanlab olinadi. 4.1-jadvalda o‘n ikki simvolli kodli kombinatsiyalarni sakkiz simvollikka o‘zgartirish usuli keltirilgan.
Download 247,39 Kb.
1   2   3   4




Download 247,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kvadratura fazasini almashtirish kaliti (qpsk) a modulyatsiya ishlatiladigan texnika raqamli aloqa tizimlar. Qpsk ma'lumotlarni faza va amplituda ma'lumotlari yordamida tashiydi

Download 247,39 Kb.