• Internet xavfsizligi nima uchun kerak
  • Kiber hujumlar ortida kimlar turadi?




    Download 12,89 Mb.
    bet66/72
    Sana20.02.2024
    Hajmi12,89 Mb.
    #159157
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
    Bog'liq
    ‘l texnikumi “Axborot texnilogiyalari

    Kiber hujumlar ortida kimlar turadi?
    Oddiy odamlarni nishonga oluvchi internet xurujlari ortida, asosan, moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron pochtalari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma'lumotlarni o'girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma'lumotlarini topib, ulardan pul o'marishadi. Shaxsiy ma'lumotlar, surat va videolarni o'g'irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi bilan odamlarni shantaj qilib, pul talab qilishlari ham mumkin.
    Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxslarni topish uchun internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo'llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e'tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Internet xavfsizligi nima uchun kerak?
    Yuqorida tilga olingan noxush holatlarning oldini olish uchun internetdan xavfsiz foydalanish yo'l-yo'riqlarini bilish kerak.
    Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya'ni, internetdan to'g'ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo'lishingiz ehtimoli juda kam.
    ► E-mail manzilingizga kuchli parol o`rnating. Parol uchun sodda so`z yoki raqamlardan foydalanmang. “SplashData” firmasi ma`lumotiga ko`ra, o`tgan yili eng ko`p ishlatilgan parollar 12345, 12345678 va qwerty bo`lgan. Bunday parollarni buzish yoki qo`lga kiritish uchun esa xaker bo`lish shart emas. Iloji boricha parolingizda bosh harflar, raqamlar va maxsus belgilar jamlanmasidan foydalaning. Masalan, “yaxshilik” degan oddiy so`z va harflardan iborat parolni “YaxshiliK1!” shaklida har xil belgilardan iborat murakkab parolga aylantirishingiz mumkin.

    Download 12,89 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




    Download 12,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiber hujumlar ortida kimlar turadi?

    Download 12,89 Mb.