• Mavzu:7. Modellashtirish asoslari Reja
  • Elektron pochtadan foydala-nishda xavfsizlik choralari




    Download 12,89 Mb.
    bet67/72
    Sana20.02.2024
    Hajmi12,89 Mb.
    #159157
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    ‘l texnikumi “Axborot texnilogiyalari

    3.Elektron pochtadan foydala-nishda xavfsizlik choralari.
    ► Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz.
    ► Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog`ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang.
    ► Jamoat kompyuterlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo`lgandan so`ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Buning uchun “Chiqish”, Logout” yoki “Vxod” tugmalarini bosishingiz kerak. Tizimdan chiqmasdan turib oynani (brauzerni) yopsangiz, undagi barcha ma`lumotlaringiz saqlab qolinadi va sahifani kimdir qayta ochganda sizning ma`lumotlaringiz chiqib keladi. Jamoat kompyuterlari deganda kutubxona, internet kafelardagi yoki birovga tegishli bo`lgan kompyuterlarni tushunish mumkin.
    ► Bir necha odamga bitta maktubni yuborishni istasangiz, e-mail manzillari hammaga ko`rinishi mumkinligini hisobga oling. Maktub olgan tomon bu maktub yuborilgan boshqa e-maillarni ko`rmasligini istasangiz, pochta manzillarini “Bcc” (Gmail va Yahoo kabi ingliz tilidagi pochta xizmatlarida) yoki “Skrtaya kopiya” (Mail.ru kabi rus tilidagi pochta xizmatlarida) qatoriga kiriting. Shunda bitta maktubni olgan bir necha odam bir-birining elektron pochta manzilini ko`rmaydi. Bu muhim, chunki maktub yuborilgan tomonlar elektron manzilining o`zi bilmagan boshqa odamlarga ko`rinishini istamasligi mumkin.

    Mavzu:7. Modellashtirish asoslari
    Reja:

    1. Model tushunchasi va turlari.


    2. Modellashtirish turlari.
    3. Hodisa-jarayon modelini yaratish.


    Model va modellashtirish. Model turlari

    Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.


    Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
    Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir.
    Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
    Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
    Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.

    Download 12,89 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 12,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron pochtadan foydala-nishda xavfsizlik choralari

    Download 12,89 Mb.