|
Labarotoriya ishi №11. Mavzu: Dart tili tamoyillaridan foydalanib ilovalar ishlab chiqish. Ishdan maqsad
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #229545 |
Bog'liq 19,20
Labarotoriya ishi №11.
Mavzu: Dart tili tamoyillaridan foydalanib ilovalar ishlab chiqish.
Ishdan maqsad: Dart tili tamoyillaridan foydalanib ilovalar ishlab chiqish.
Nazariy qism:
Aynan hozirgi kunda dunyo bo’ylab bir necha yuzdan ziyod dasturlash tillari mavjud. Har bir dasturlash tili qaysidir sohadagi muammoga yechim topish maqsadida yaratiladi yoki maqsadsiz holatda ham vujudga kelishi mumkin. Hamda dasturlash tillari endi yaratilgan vaqtda, ko’p holatlarda ular faqat aynan bitta yo’nalish uchun xizmat qiladi. Keyinchalik asta-sekin bir qancha vaqt mobaynida qo’shimcha o’zgartirish va yangilanishlar kiritilgandan so’ng, boshqa yo’nalish va sohalarga kirib boradi. Siz aynan IT da biror yo’nalishda mutaxassis bo’lishingiz uchun bitta dasturlash tilini o’rganishingiz talab etiladi. Yana boshqa yo’nalishga o’tmoqchi bo’lsangiz, esa boshqa dasturlash tilini o’rganish uchun majburiyati tug’ilishi mumkin. Masalan, olib qaraydigan bo’lsak,
C, C++, C# - C oilasiga kiruvchi bu dasturlash tillari asosan kompyuter uchun ilovalar yozishga imkon bersa, qolganlari
Java, Kotlin – Android mobil qurilmalar uchun ilovalar
JS, Php – veb saytlar, veb ilovalar
Python – sun’iy intellekt, veb dasturlash backend qismi uchun
asosan ishlatiladi. Mutaxassislar shunday o’z fikrlarini beradi ya’ni siz aynan biror sohaning yaxshi mutaxassisi bo’lib olgandan so’ng, keyin boshqa sizni qiziqtirayotgan yo’nalishga o’tishni. Sizda ayrim fikrlar tug’ilishi mumkin. Misolda berib o’tilgan dasturlash tillari hozirda boshqa yo’nalishlarda ham qo’llanilmoqda-ku. Ha to’g’ri, lekin u dasturlash tili o’zi nima uchun yaratilgan edi. Ushbu savolni o’zingizga bir berib ko’ring. Endi asosiy mavzuga o’tamiz.
Dart - bu Google kompaniyasining umumiy maqsadli dasturlash tili bo'lib, u asosan tezkor ilovalarni turli xil platformalarga ishlab chiqish uchun mo'ljallangan eng samarali kross platformali dasturlash tilini taklif etadi.
Lars Bak
Dart dasturlash tili 2011-yilning 10-12-oktabr kunlari Daniyaning Orxus shahrida bo’lib o’tgan, GOTO konferensiyasida taqdim etildi. Loyihaga Lars Bak va Kasper Lund asos solgan va Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dart 1.0 versiyasi 2013-yil 14-noyabrda chiqarilgan. Keyin esa Dart 2.0 versiyasi 2018-yil avgust oyida til o‘zgarishlari, shu jumladan tip tizimi bilan chiqarildi. Dart dasturlash tili o'z rivojlanishida Smalltak, Java, JavaScript kabi oldingi tillardan ta'sirlangan. Uning sintaksisi boshqa C ga o'xshash tillarnikiga o'xshaydi. Demak, agarda siz avval C oilasiga kiruvchi biror dasturlash tilini o’rgangan bo’lsangiz, Dart dasturlash tilini o’rganish siz uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Bundan tashqari, Dart ham obyektga yo'naltirilgan dasturlash tilidir.
Dart dasturlash tilini qo'llashning asosiy sohasi bugungi kunda turli platformalar uchun Flutter freymvorkidan foydalangan holda grafik ilovalarni ishlab chiqishdir. Xususan, Flutter veb-ilovalari, Android va IOS uchun mobil ilovalar va Windows, MacOS va Linux uchun ish stoli ilovalarini yaratish imkonini beradi. Shunday qilib, biz Dart-da umumiy kod bilan dastur yozishimiz va ushbu dasturni barcha qo'llab-quvvatlanadigan platformalar - Android, IOS, Windows, Linux, MacOS, veb-brauzer uchun darhol kompilyatsiya qilishimiz mumkin. Lekin, albatta, Dart tilidan foydalanish faqat Flutter freymvorki bilan cheklanmaydi.
Dart dasturlash tilini nima uchun o’rganish kerak :
Hozirgi kunda tez rivojlanib borayotgan va kelajagi bor dasturlash tillaridan biri
Kross platformali (Android, IOS, Windows, Linux, MacOS, veb-brauzer)
Dartning kompilyator texnologiyasi kodni turli usullarda ishlatish imkonini beradi
Dart ko’plab kundalik dasturlash vazifalari uchun zarur bo’lgan asosiy kutubxonalarning boy to’plamiga ega
O’zbekistonda endi rivojlanayotgan dasturlash tili
Dartni o’rganish uchun sizda juda ko’p tanlov mavjud. Sizga esa ba'zilarini tavsiya etamiz :
Dart kodi uchun vebga-asoslangan ijro muhiti DartPad orqali brauzerda Dartni o'rganing.
Dart tiliga sayohat qiling, bu sizga Dartning har bir asosiy funksiyasidan qanday foydalanishni ko'rsatadi.
Buyruqlar satrini yaratishda Dartdan foydalanish asoslarini o'z ichiga olgan Dart qo'llanmasi .
Dartdan foydalanishni osonlashtirish uchun Dart jamoasi 2015-yil boshida DartPad ni yaratdi. Ushbu onlayn muharrir ishlab chiquvchilarga Dart ilovalarini dasturlash interfeyslari (API) bilan tajriba qilish va Dart kodini ishga tushirish imkonini beradi. U sintaksisni ajratib ko'rsatish, kodni tahlil qilish, kodni to'ldirish, hujjatlar tahrirlashni ta'minlaydi.
01.01.2022-31.05.2023 vaqt oralig’i uchun eng koʻp talab qilinadigan dasturlash tillarida ish soni bo’yicha quyidagi statistika tuzilgan va unda Dart dasturlash tili 12-o’rinni egallagan.
|
| |