|
Labarotoriya ishi №11. Mavzu: Dart tili tamoyillaridan foydalanib ilovalar ishlab chiqish. Ishdan maqsad
|
bet | 4/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #229545 |
Bog'liq 19,20 Dart Sintaksis
Oldin aytib o’tilgani kabi, dart dasturlash tili sintaksisi C oilasiga kiruvchi dasturlash tillarnikiga o’xshab ketadi. Sizda ayrim savollar tug’ilishi mumkin. Ya’ni qanday Pyhton C++ orqali, C++ C orqali yaratilgan bo’lsa, Dart dasturlash tili aynan qaysi dasturlash tili asosida yaratilgan.
Dart aynan bitta dasturlash tili asosida yaratilmagan. Dart Algol tillar doirasiga tegishli hisoblanadi. Uning a’zolari orasida C, Java, C#, Javascript va boshqalar mavjud. Usul kaskad sintaksisi Smalltak dan qabul qilingan. Ushbu sintaksis bir obyektga bir nechta usullarni birin-ketin chaqirish uchun imkon beradi.
Dart dasturlash tili sintaksisi bilan endi tanishib chiqsak. Quyidagi kodni ko’rib bir tahlil qilaylik hamda C++ dasturlash tili bilan sintaksisni solishtirib ketaylik.
void main(List args) {
print("Hello, Uzbekdevs.uz!");
}
>>> Hello, Uzbekdevs.uz!
main() – bu asosiy funksiya hisoblanib, xuddi C++ dagi kabi. Kod ishga tushirilgan vaqtda aynan mana shu funksiya orqali boshqa barcha funksiya, sinf, fayllar ham ishlatilinishni boshlaydi. Birinchi o’rinda Dart kompilyatori mana shu funksiyaga murojaat qiladi. Uni topa olmasa kod fayli ishga tushmaydi.
void – funksiya qaysi turda ekanini ko’rsatadi. Hozirda bu funksiya qiymat qaytarmaydigan funksiya hisoblanadi.
() - qavslar ichida berilgan List args bu main funksiyasining argumenti hisoblanadi. Bu yozilmay ketsa ham bo’ladi.
{} – bu kabi jingalak qavslar main funksiyasining tana qismi ekanligini ifodalaydi. Shu orqali funksiyalar { qavs bilan tana qismi ochiladi va } qavs bilan esa tana qismi yopiladi. Keyin tana qismida kod yoziladi.
print() – funksiyasi natijalarni ekranga chiqarish uchun qo’llaniladi. Uning ichki qismidagi qiymat, Hello, Uzbekdevs.uz! esa ekranga chiquvchi natijadir.
; - nuqta-vergul ko’rsatma yakunlanganligini bildiradi.
Funksiya bo’yicha hali ma’lumotga ega bo’lmasangiz. Hozircha aytib o’tilgan ba’zi bir ma’lumotlarga tushunmasligingiz mumkin. Xavotirlanmang bularning barchasini funksiyalar uchun alohida bag’ishlangan mavzumizda yanada aniq va to’liqroq bilib olasiz.
Oddiy holatda kodni ishlatganimizda kod fayliga hech qanday dart kutubxonasini chaqirib olishimiz talab etilmaydi.
Xo’p endi main funksiyasi nomini func ga o’zgartiraylik va kod faylini ishga tushurib ko’raylik. Qanday natijani ko’rar ekanmiz.
|
| |